23
hisoblansa, 2018 yilda ularning hajmi taxminan 84,835.46 trln. dollarni (xarid
qobiliyati pariteti (XQP) bo‗yicha taxminan 90 trln. doll.) tashkil qiladi.
Jahon iqtisodiyotida uning eng dinamik qismi – global iqtisodiyot ajratiladi. Bu
milliy iqtisodiyotlarning resurslar va mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ni tashqi
dunyoga yetkazib beruvchi va (yoki) ulardan oluvchi qismidir. Iqtisodiy nazariya
bunday resurslar va mahsulotlarni, savdo qilinmaydigan, ya‘ni
milliy chegaralarni
hatlab o‗tmaydigan resurslardan farqli ravishda savdo qilinadigan resurslar va
mahsulotlar deb nomlaydi. Tushunarliki, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham eng
avvalo global iqtisodiyot bilan bog‗langan.
Global iqtisodiyotni miqdoriy baholashga urinib ko‗rilsa, uning hajmi jahon
iqtisodiyotidan bir necha marta kam bo‗ladi. Bu shuning uchun ro‗y
beradiki,
jahonning yetakchi iqtisodiyotlari (masalan, jahon YaIM hajmining 90 %ini ishlab
chiqaruvchi YaIM hajmi bo‗yicha eng yirik 20 ta mamlakat) avvalgidek, tashqi
bozordagi emas, balki ustun ravishda ichki bozordagi mahsulotlarga bo‗lgan talab va
taklifga yo‗nalgan bo‗ladi. Masalan, Rossiyada import,
tovarlar va xizmatlar
iste‘molining 13-14%ni ta‘minlaydi,
mamlakatda
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning 16-18% eksportga yo‗naltiriladi, to‗g‗ridan to‗g‗ri investitsiyalar oqimi
Rossiya iqtisodiyotiga umumiy kapital qo‗yilmalar hajmiga eng ko‗pi bilan 16%
(ya‘ni Xitoy va Braziliya darajasida) hissa qo‗shadi, mamlakatga doimiy va vaqtincha
ishlash uchun kirib kelgan ishchi kuchi, baholashlarga ko‗ra ish joylarining 10 %ga
yaqinini tashkil qiladi. AQSH va Xitoyda ushbu ko‗rsatkichlar bundan yuqori emas.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi ko‗p jihatan global muammolar
tushunchasi bilan bog‗liqdir. XX asrning ikkinchi yarmida insoniyat oldida juda ko‗p
murakkab muammolar vujudga keldi. Ularning asosiy qismi ta‘sir doirasining
miqyosi va ahamiyatiga ko‗ra global muammolar nomini oldi.
XX asrning 60 yillariga kelib global muammolar tor doiradan keng doirada
ishlatilishiga o‗tib qoldi. Ushbu davrdan boshlab jamiyatning
ushbu bobga qiziqishi
intensiv ravishda oshib bordi va uning muhokamasi keng doiradagi majlislarda
ko‗rila boshladi.
24
Ushbu bobga juda katta qiziqishning sababi bo‗lib birinchi o‗rinda
insoniyatning yer kurrasining hatto bir chekkasida yuzaga kelgan jiddiy muammo bir
kun kelib butun planetaga o‗z ta‘sirini o‗tkazishi mumkinligini tushunib yetganligi
bo‗ldi.
Global muammolarni o‗rganish va insoniyatni kelajagini tahminlash jarayoni
bo‗yicha ilmiy ishlarni olib borishda italiyalik menedjer Aurelio Pechchei tomonidan
tashkil etilgan xalqaro nohukumat tashkiloti bo‗lmish – Rim klubi alohida o‗rin
egallaydi.
Rim klubi a‘zolari o‗z oldilariga ikkita maqsadni qo‗yadi:
birinchisi, insoniyat oldida turgan asosiy global muammolarni aniqlash,
ikkinchisi, jamiyatga ushbu global muammolarni taqdim etib, ularning bartaraf
etish borasidagi eng dolzarb ishlarini belgilab olib amalga oshirish.
Rim klubidagi ma‘ruzalar ushbu izlanishlar natijasi bo‗ldi va ularda mashhur
olimlar global muammolarni hal etishning turli yo‗llarini yoritgan edilar.
Rim klubini birinchi ishlaridan biri bo‗lib,
umumjahon rivojlanishini
matematik modelga qo‗yish bo‗ldi. Ushbu model rivojlanishning asosiy parametrlari
bo‗lgan aholi, kapital qo‗yilma, qayta tiklanmaydigan resurslarning ishlatilishi, atrof
muhitning ifloslanishi, iste‘mol mollarini ishlab chiqarilishi kabilarni e‘tiborga olgan
edi.
Rim klubi a‘zolari orasidan keyinchalik bir qancha ma‘ruzalar tayyorlandi. Bu
ma‘ruzalarda sivilizatsiyani qayta tiklash va atrof muhitni ifloslovchi insonlar ongini
yangilash zarurligi alohida ta‘kidlangan.
Darhaqiqat, global muammolarni bu qadar chuqurlashib ketishiga asosiy
sabablardan biri bo‗lib, odamlar hayotining har jihatiga o‗z ta‘sirini o‗tkazib bo‗lgan
ilmiy - texnik taraqqiyoti desa bo‗ladi.
Uning ijobiy natijalari bilan birga, ilmiy, texnikaviy,
texnologik imkoniyatlar
insonlar uchun kimyoviy, baktereologik, yadroviy qurollarini yaratish imkonini ham
berdi.
Shu jihatdan, butun dunyoni va insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf
soluvchi, yechimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjihatlik bilan
25
birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb atash
mumkin.
Global muammolar, o‗z navbatida, aholi iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyoti va atrof
muhit o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar natijasidir.
Global muammolar:
birinchidan jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar,
ijtimoiy tabaqalar
manfaatlari va taqdirlariga ta‘sir ko‗rsatuvchi;
ikkinchidan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga
sabab bo‗luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudliligiga
ham xavf soluvchi;
uchinchidan yechimini topishga umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni
barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat
qilishini talab qiluvchi
muammolardir.
Global muammolarning orasida eng muhimlarini ko‗rsatib o‗tish mumkin:
rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqlikdan chiqarish muammosi;
tinchlik va qurolsizlanish muammosi;
ekologik muammolar;
energetik muammolar;
xom - ashyo muammosi;
gumanitar muammolar;
oziq - ovqat muammosi kabi muammolar alohida ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: