28
Bunga isbot sifatida Shimoliy yarim sharning o‗zida so‗nggi yillarda tabiiy
ofatlar suv bosish,
kuchli shamol, quruqlashish xolatlarini 2,5 barobar oshganini,
Arktika muzlarining qalinligi o‗zgarganligini keltirish mumkin. Oxirgi yillarda
qorning
erishi tezlashib, yiliga 10 sm ga etgan va bu jarayon kundan kunga o‗sib
bormoqda.
Ishlab chiqarish xajmi va sur‘atini nazoratsiz o‗sishini davom etilishi va bu
bilan bog‗liq bo‗lgan tabiatdan o‗ylamay foydalanish keyinchalik insonlarga zarur
bo‗lgan resurslarni ham topish imkonsizliligiga olib kelishi mumkinligini tushunish
zarur.
Resurslarni to‗xtamay va betartib iste‘mol qilinishi insoniyatni jahon
inqirozi
poyonida turganligini anglatmoqda. Planetaning ekologik ifloslanishiga alohida hissa
qo‗shayotgan manbalar butan, gaz, avtomobil gazlari, ximikatlardir.
Atmosferaga uglekislorod gazi kuniga 5 milliard tonna miqdorida
chiqarilmoqda. Natijada atmosferaning ozon qatlamini yo‗qolishi muammosi vujudga
kelmoqda. 1992 yili AQSH olimlarining fikriga ko‗ra, ozon qatlami Shimoliy yarim
sharda 30-40 % ga kamaygani tasdiqlangan. Yerlarning saxrolashishi davom etishi
bir milliarddan ortiq odamning hayotini xavf ostiga solmoqda.
Dunyo mamlakatlari bu jarayon oqibatida ko‗rayotgan zarari har yili 42
milliard AQSH dollarini tashkil etmoqda. Muammo global xususiyatga ega bo‗lib
Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham juda dolzarb hisoblanadi.
Energetik muammolar.
1973 yilda yuz bergan energetika inqirozi va uning oqibatlari hozirgi kungacha
sezilmoqda.
Mutaxassislarning
hisob-kitoblariga qaraganda, hozirgi kundagi yoqilg‗i
iste‘moli hajmida (agar yoqilg‗i iste‘molining hozirgi kundagi hajmi o‗zgarmasa) Yer
sayyorasida shu kungacha aniqlangan yoqilg‗i zaxiralari yana 150 yilga etishi
mumkin. Xususan, neft zaxiralari 35 yilga, tabiiy gaz – 50 yilga va ko‗mir 425 yilga
etadi.
29
Ma‘lumki, qazilma boyliklar konlari bir tekisda joylashmagan. Jahon neftining
35 % va tabiiy gazning 17 % O‗rta Sharqda jamlangan bo‗lib, Shimoliy Amerika
ham ushbu turdagi yoqilg‗i zaxiralariga boydir.
Jahon tabiy gaz zaxiralari esa neft zaxiralaridan ko‗ra nomutanosib joylashgan
bo‗lib – atigi uchta davlatga (Rossiya, Eron va Qatar) 60% to‗g‗ri keladi. 2007 yil 1
yanvar holatiga ko‗ra jahon bo‗yicha tabiiy gaz zaxiralari 175.1 trln.kub.m.ni tashkil
etadi.
O‗zbekiston Respublikasining hududlari ham neft va tabiiy gaz bo‗yicha
yuqori
potensialga ega, zero respublika hududining qariyb 60 % i istiqbolga egadir.
Neft va tabiiy gazga boy bo‗lgan bir qator mintaqalarda (Ustyurt, Buxoro-Xiva,
Surxondaryo va Farg‗ona) ko‗plab konlar ochilgan.
Ma‘lumki, hozirgi zamonda yonilg‗i-energetika resurslariga bo‗lgan talab
butun dunyoda oshib bormoqda.
Shu tariqa, jahon va milliy tabiiy zaxiralarning
kamayib borish tendensiyasining ob‘ektiv jihatlari, atrof muhitning ifloslanib borishi,
neft-gaz qazib chiqarishning globallashuvi, sanoati rivojlangan
davlatlar tomonidan
uglevodorod xom - ashyo bilan o‗zini ta‘minlanishining pasayib borishi, neft va gaz
narxlarining tez o‗sib ketishi natijasida va to‗lash qobiliyatga ega yirik
iste‘molchilarning paydo bo‗lishi global energetik xavfsilik muammolarini kelib
chiqishiga olib kelayapti
16
.
Do'stlaringiz bilan baham: