Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


Tashlab ketilgan (tashlandiq) bola



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

 
Tashlab ketilgan (tashlandiq) bola 
“Tashlab ketilgan bola” modeli yapon shamlari modellarining ko‘p jihati bilan 
tong va oqshom yulduzlari modellariga o‘xshaydi. Ko‘pincha ularni hatto bir-biri bilan 
adashtirishadi. O‘z nomi bilan - bu avvalgi va keyingi shamga nisbatan narxlar farqi 
shakllanishi bilan hosil bo‘lgan yolg‘iz sham (doji) ni tasvirlaydi. 


269 

Bu model uchta shamni o‘z ichiga oladi. O‘rtadagi sham signal beruvchi 
hisoblanadi. Biroq, model to‘liq shakllanmaguncha, u bilan savdo qilish tavsiya 
etilmaydi. O‘rtadagi sham albatta doji bo‘lishi kerak. 
Birinchi sham ayiq bo‘lishi mumkin (agar oldingi trend ayiq bo‘lgan bo‘lsa) yoki 
buqa bo‘lishi mumkin (agar bozorda o‘sish trendi kuzatilgan bo‘lsa). Keyin doji keladi 
va undan keyin yana ayiq yoki buqa shami keladi (albatta birinchisiga qarama-qarshi). 
Ya’ni, agar birinchisi ayiq bo‘lsa, unda uchinchisi buqa va aksincha, agar birinchi buqa 
bo‘lsa, uchinchisi ayiq bo‘ladi. 
Kombinatsiyani shakllantirishni tugatgandan so‘ng, qaysi model paydo 
bo‘lishiga qarab, bitim ochish mumkin. Garchi ba’zi mutaxassislar yana bir nechta 
shamni kutishni maslahat berishsa-da, bunday qilish kerak emas, chunki bozorga kirish 
uchun yaxshi imkoniyatni boy berish mumkin. Boshqa tomondan, qabul qilinayotgan 
qarorga yanada ishonchliroq bo‘lish uchun qo‘shimcha indikatorlardan foydalanish 
tavsiya etiladi. Shuni esda tutish kerakki, ushbu pattern faqatgina kerakli darajaga 
yetgan paytda paytda burilish hosil bo‘lganini ko‘rsatishi mumkin. 
Belbog‘dan ushlash 
Yapon shamlarining kombinatsiyasi bo‘lmish “Belbog‘dan ushlash” jadvalda kam 
uchraydi. Ammo, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, u juda ishonchli. Belbogdan ushlash 
ikki xil bo‘lishi mumkin - buqa va ayiq.
Buqaning “belbog‘dan ushlash”i sham paydo bo‘lishi bilan hosil bo‘ladi, uning 
ochilishi avvalgi shamga nisbatan narx farqi bilan ma’lum bir muddatda minimumda 
sodir bo‘ladi. Ushbu model paydo bo‘lgandan so‘ng, odatda o‘sish harakatli 


270 
boshlanadi. Buqaning “belbog‘dan ushlash”ining muhim xususiyati shuki, shamning 
pastki soyasi mavjud bo‘lmaydi, ya’ni sotuvchilar vaziyatni o‘z foydalariga 
o‘zgartirishga ham urinmaydilar. 
Ayiqning “belbogdan ushlash”iga kelsak, u avvalgi shamga nisbatan narx 
farqi bilan ma’lum bir muddatda maksimumda ochiladigan ayiq sham bilan hosil 
bo‘ladi. Ayiqning “belbog‘dan ushlash”i pasayish trendining boshlanishidan dalolat 
beradi. Haqiqatan ham ayiqning “belbogdan ushlash”i haqida so‘z 
yuritayotganimizni tushunish uchun signal shamining yuqori soyasi yo‘qligiga 
ishonch hosil qilishimiz kerak. Bu holatda xaridorlar hatto sotuvchilarning 
tashabbusiga qarshi chiqishga urinishmaydi. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish