Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

 
Yapon shamlari – 
narx chiziqlarining, intervalli grafiklarning bir turi bo‘lib, 
qimmatli qog‘ozlar, valyuta, hosilaviy moliyaviy instrumentlar, energotashuvchilar, 
xomashyo va boshqa tovarlar narxlari kotirovkalarining tebranishlarini o‘ziga xos 
grafik shaklida aks ettirishda qo‘llaniladi. 


241 
Shuningdek, yapon shamlari ko‘rinishidagi grafik (
Japanese Candlestick

chiziqli va intervalli grafiklar yig‘indisi bo‘lib, uning har bir elementi muayyan vaqt 
oralig‘ida narxlarning tebranish diapozonini ko‘rsatadi. Yapon shamlarining tahlili 
bozorning texnik tahlilida ham keng qo‘llaniladi. 
Oddiy qilib aytganda, yapon shamlari – bozor instrumentlari narxlarining 
harakatini yoki o‘zgarishini aks ettirishning qulay usuli bo‘lib, ular grafiklarda 
shamni eslatuvchi, tepa va past tarafida shoxchasi (dumchasi) bo‘lgan uzunchoq 
to‘g‘ri to‘rtburchaklardir. Har bir sham kotirovkalar o‘zgarishi sodir bo‘ladigan 
muayyan vaqt oralig‘iga mos keladi. Shamlar kombinatsiyasining tahlili turli 
murakkab matematik texnik indikatorlarni qo‘llamasdan turib ham bozordagi holat 
va harakatni bashorat qilish imkonini beradi. 
Shamli tahlilning oddiy standart chiziqli tahlildan farq qiladigan muhim jihati 
shundaki, unda birgina element (yoki shamning shakli) bir vaqtning o‘zida to‘rtta 
ko‘rsatkichni o‘zida mujassamlashtiradi. 
Volchok - bu o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi o‘yinchoq. Grafikdagi holat aynan shu o‘yinchoq 
ko‘rinishini eslatganligi sababli shunday nomlangan. 


242 
Shamning qora yoki oq tanasiga birrov nazar tashlashning o‘zidayoq aksiya 
savdolarining pozitiv yoki negativ to‘lqinda tugallanganligi haqida xulosa qilish 
imkonini beradi. Savdolar grafiklarini soatlab sinchiklab kuzatib o‘tiradigan 
insonlar, vaqt o‘tishi bilan yapon shamlari ko‘zni u qadar charchatmasligi bilan 
birga, turli xil ustunli grafik-chiziqlarda ham ilg‘ab bo‘lmaydigan aniq signallarni 
berishi mumkinligini tushunib etadilar. 
Yapon shamlari kombinatsiyalari, agar ular to‘g‘ri talqin qilinsa, savdodagi 
juda foydali bitimlar qilinishiga olib keladi. 
Shamlarning ko‘rinishi grafikni uzoq o‘rganib o‘tirmasdanoq undagi 
takrorlanuvchi grafik tarzidagi patternlarni (muayyan qonuniyat asosida 
takrorlanish) aniqlash imkonini beradi va bozordagi pozitsiyalarni ochishda 
qo‘llaniladi. Shu asnoda bozordagi grafiklarning ma’lumot yetkazib berish darajasi 
oshadi, bu esa bozorni kompleks tahlil qilish jarayonini osonlashtiradi. 
Bundan tashqari, shamning tuzilishi savdo-sotiqning juda muhim jihati 
bo‘lgan bozor psixologiyasini ilg‘ab olish imkonini beradi. Yapon shamlari 
yordamidagi grafikli tahlil bozor ishtirokchilarining o‘ziga xos qonuniyat ostidagi 
xatti-harakatlarini aniqlash va muayyan voqea-hodisalarga bozorning kelgusidagi 
reaksiyasini (munosabatini) bashorat qilishda qo‘l keladi.
Shamlarning texnik tahlilida shamlar va ularning kombinatsiyasi bozorning 
qulay va noqulay darajalarini, qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan yoki qarshilikka uchrash 
mumkin bo‘lgan nuqtalarini aniqlash mumkin. Savdo terminalidagi har qanday 
taymfreym(time-frame)da
66
tanlab olingan davrga ko‘ra har bir sham 1, 5, 15, 30 
minutga, 1 soatga va hokazo 1 oyga yoki 1 yilga teng bo‘ladi. 
66
time-frame – savdolar davri – narx grafigi elementlarining tuzilishida kotirovkalarni guruhlash uchun olinadigan 
vaqt oralig‘i. Tanlab olingan savdolar davri ichida kotirovkalar tarixidan faqatgina ochilish, eng yuqori, eng past, 
yopilish (ingl. open, high, low, close, volume) narxlari olinadi, shu bilan birga, bitimlarning umumiy hajmi, masalan, 
shu davrda sotilgan aktsiyalarning soni hisoblanadi. Chiziqli grafikda esa narxning tanlab olingan faqat bitta parametri 
(odatda, yopilish narxi) ishlatiladi.


243 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish