Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


Standard & Poor’s (S & P) Indexes



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

Standard & Poor’s (S & P) Indexes
 
Yirik reyting agentliklaridan bo‘lmish 
Standard & Poor’s
tomonidan hisoblab 
chiqiladigan indikatorlar dunyodagi eng tarqalgan indekslardir. Ularning tarixi 
1941-1943 yillarga borib taqalib, asosiylari quyidagilar:
1. 
Standard & Poor’s 500
– 500 yirik (kapitalizatsiya darajasi yuqori bo‘lgan) 
amerika kompaniyalari bo‘yicha hisoblanadigan bosh indeks bo‘lib, unda 
“kapitalizatsiya bo‘yicha mutanosib vaznlashtirish” texnologiyasi (metodikasi) 


203 
qo‘llaniladi. Hozirda bu indeks o‘z ichiga quyidagi tarmoqlar bo‘yicha 
kompaniyalar sonini o‘z ichiga oladi: 400 sanoat, 20 transport, 40 kommunal 
ho‘jalik va 40 moliya kompaniyalarini. Bu indeksda Nyu York fond birjasi 
savdosidagi kompaniyalarning 80 foizidan ziyod aksiyalari hisobga olinadi, unga 
AMEX 
va birjadan tashqari oborotda (muomalada) bo‘lgan aksiyalar ham kiradi. 
Ushbu indeks real sektor bilan bog‘liq bo‘lgan treyder va menejerlar o‘rtasida eng 
ko‘p qo‘llaniladigan indekslardan hisoblanadi.
2. 
Standard & Poor’s 100
– 100 yirik amerika kompaniyalari (Chikago tovar 
birjasida ular bo‘yicha optsionlar mavjud bo‘lganlari) bo‘yicha hisoblanadigan 
indeks bo‘lib, unda “kapitalizatsiya bo‘yicha mutanosib vaznlashtirish” metodikasi 
qo‘llaniladi. Bu indeksga asosan sanoat kompaniyalari aksiyalari kiradi.
3. 
Standard & Poor’s tarmoqlar bo‘yicha indekslari
– AQSh iqtisodiyotining 
barcha tarmoqlarini ifodalovchi 90-ga yaqin indeks.
4. 
Standard & Poor’s 
agentligi tomonidan hisoblab topiladigan boshqa ko‘p 
sonli indekslar ham mavjud. Geografik nuqtai nazardan 
Standard & Poor’s
indekslari dunyoning regionlarining ko‘p qismini qamraydi. Kompaniyalarni 
kapitalizatsiya hajmi bo‘yicha guruhlashtiruvchi indekslari ham mavjud. Bunday 
indekslar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
S&P Europe 350, S&P Latin 
America 40, S&P Asia Pacific 100, S&P MidCap 400, S&P SmallCap 600, S&P 
REIT Composite, S&P/BARRA Growth & Value, S&P/TOPIX 150, S&P/TSE 60, 
S&P/TSE Canadian MidCap, S&P/TSE Canadian SmallCap. 
Barcha 
S&P
indekslari umumiy metodologiyaga asoslanganligi uchun ularni 
o‘zaro solishtirish oson kechadi.
S&P 
indekslariga chiqariladigan fyuchers va optsionlar Chikago tovar birjasi 
(
Chicago Mercantile Exchange
) savdolariga kiritilgan.
Russel Indexes
Frank Russel Company (Tacoma, WA)
kompaniyasi tomonidan chop 
etiladigan indekslar kapitalizatsiya miqdori belgisi bo‘yicha tanlab olingan 
kompaniyalar holatini aks ettiradi. Kompaniyaning indeksni hisoblashdagi bu 


204 
yangiligi (yangi yondashuvi) iqtisodiyotni yirik va kichik biznesga alohida ta’sirini 
aniqroq baholash imkonini beradi.
1. 
Russel 1000 Index
Amerikaning 1000-ta kapitalizatsiya darajasi ayniqsa 
yuqori bo‘lgan kompaniyalarining holatini ifodalaydi.
2. 
Russel 2000 Index 
kapitalizatsiya darajasi kichik bo‘lgan kompaniyalarning 
(
Smallcap companies
– kapitalizatsiyasi 380 mln. dollardan kam bo‘lgan 
kompaniyalar) holatini ifodalaydi.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish