194
- turli milliy fond bozorlarida yirik strategik investitsiyalar qilish bilan
shug‘ullanadigan investorlarga aynan qaysi bir mamlakat bozoriga qaysi vaqtda o‘z
sarmoyalarini yo‘naltirishi mumkinligi to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilishi uchun
yordam berishi;
- risklarni
na faqat bozor doirasida, balki uning alohida ko‘rsatkich-lari
(masalan, foiz stavkalari) bo‘yicha xedjirlash maqsadida fyuchers va optsion
shartnomalar uchun vosita bo‘lib hizmat qilishi;
- “ishonchlilik-daromadlilik” toifalarida qimmatli qog‘ozlarning optimal
portfelini shakllantirish va samarali boshqarishda qaror qabul qilish uchun asos
bo‘lib hizmat qilishi;
- indeks yordamida ifodalanuvchi fond boyliklari bilan yoki ularning o‘hshash
(korrelyatsiyalanuvchi) bozorida ishlovchi treyder (yoki portfel boshqaruvchisi va
h.k.) olishi lozim bo‘lgan daromadning minimal bazaviy miqdorini ko‘rsatishi;
- muayyan kompaniyalar boshqaruvchilarining ish sifatini tarmoqlar va
umuman bozor bo‘yicha o‘rtacha qiymatlari sifati bilan solishtirma baholash vositasi
bo‘lib hizmat qilishi;
- indeks portfelida keltirilgan instrumentlar muomalada bo‘luvchi mamlakat
bozorida uni tartiblashtiruvchi organlar
faoliyatini tavsiflashi, iqtisodiy holat va
investitsion muhitni aks etishi kerak.
Fond indekslari ularni birjada yoki birjadan tashqari (nobirjaviy) bozorda
qo‘llanilishiga qarab, mos ravishda birja indekslari va birjadan tashqari bozor
indekslari bo‘lishi mumkin.
Indekslar qimmatli qog‘ozlar turini tanlashga bog‘liq bo‘lgan, ularni hisoblab
topishda qo‘llaniladigan ma’lumot bo‘yicha, umuman qimmatli qog‘ozlar bozori,
qimmatli qog‘ozlar turlarining guruhlari bozori,
iqtisodiyotning qandaydir
tarmog‘iga oid qimmatli qog‘ozlar bozori holatini ifodalashi mumkin. Bu indekslar
tendentsiyasi dinamikasini solishtirish u yoki bu tarmoq holatini umuman
iqtisodiyotga nisbatan qanday o‘zgarishini ko‘rsatishi mumkin.
Indekslar axborot agaentliklari va fond birjalari tomonidan hisoblab topiladi
va muntazam ochiq ravishda chop etilib boriladi.
195
Indekslar moliyaviy instrumentlarning turli hillari uchun ishlab chiqilgan,
masalan, aksiyalarga, qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli
qog‘ozlarga, horijiy valyutalarga va h.k. Ularning ichida aksiya indekslari eng keng
tarqalgani hisoblanadi.
Fond indekslarining ko‘p
qismi ikki guruhdan biriga, ya’ni kapita-
lizatsiyalashgan va narhli indekslarga, mansubdir.
Kapitalizatsiyalashgan indekslar kompaniyalarning umumiy kapitali-zatsiya
darajasini o‘lchaydi. Ularni hisoblab topishda kompaniyalarning aksiyalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘llaniladi. Indeksning hisoblab topilgan qiymatlari
ma’lum bir bazaviy sanaga nisbatan me’yorlash-tiriladi.
Ta’kidlash joizki, kompaniyaning
kapitalizatsiyasi deganda, uning
muomaladagi aksiyalari sonini bozor bahosiga ko‘paytmasi tushuniladi.
Kapitalizatsiyalashgan indekslarga
Standard and Poor’s
(
S&P-500, S&P-
400
), Nyu-York fond birjasining yig‘ma va boshqa shu kabi indekslari kiradi. G‘arb
mamlakatlari qimmatli qog‘ozlari bozorining ko‘pchilik indekslari shu toifaga
mansub.
Narhli indekslar,
yoki boshqacha qilib aytganda, narhga mutanosib
vaznlashtirilgan indekslar. Ular indeksning bazaviy ro‘yhatiga kirgan kompaniya-
lar aksiyalarining o‘rta arifmetik bahosi ko‘rinishidagi formula asosida hisoblanib
topiladi. Bunday indekslarga, masalan, Dou Djons (
Dow Jones
) sanoat va boshqa
turdagi indekslari, indeks Tokio fond birjasi indeksi –
Nikkei-225
va shularga
o‘hshash boshqa indekslar.
Hozirda indekslar derivativlar uchun bazis aktiv sifatida qo‘llanil-moqda.
Bunday bazisli derivativlar qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilariga turli
investitsion strategiyalarni amalga oshirish, operatsiyalarni xedjirlash, spekulyativ
o‘yinlarda faol ishtirok etish va h.k. imkoniyatlarini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: