AQSh fond bozorining indekslari
Dow Jones Indexes
1884 yil 3 iyul kuni ilk bor Charlz Dou tomonidan “
Wall Street Journal”
jurnalida birja indeksi sifatida taklif etilgan bo‘lib,
Dow Jones Railroad Average
deb
atalgan va hisoblashda o‘z ichiga 9 temir yo‘l va 2 sanoat kompaniyalari aksiyalarini
olgan. Uni hisoblash metodikasi juda sodda, ya’ni 11 kompaniya aksiyalari
narhining o‘rtacha arifmetik qiymati hisoblangan. Bunda birinchi savdo kunining
yopilishi paytidagi indeks ko‘rsatkichi 69,93 punktni tashkil etgan bo‘lib, O‘sha
kuni unga kirgan aksiyalarning jami summasi 769,23 punktni tashkil qilgan.
1896 yil 26 may kunidan boshlab, bu indeksning “o‘rtacha sanoat” indeksi,
ya’ni
Dow Jones Industrial Average (DJIA, DJA)
deb nomlangan yana bir turi
kiritilgan. Bu indeks ham avvalgisiga o‘hshash hisoblanib topilgan bo‘lib, o‘z ichiga
sanoat kompaniyalari aksiyalarini olgan.
1928 yilda indeksni hisoblash metodikasiga o‘zgartirishlar kiritil-di, ya’ni
mahsus ko‘paytma (joriy vaqtdagi bo‘luvchi –
current divisor
) kiritildi. Bu
o‘zgartirish yangi aksiyalar emissiyasi, aksiyalarni maydalash yoki yiriklashtirish
(konsolidatsiyalashtirish), dividendlar to‘lash, kompa-niyalar ro‘yhatini (listingini)
o‘zgartilishi va shu kabi h.k. jarayonlar tufayli yuzaga kelgan indeks ishorasining
o‘zgarishini oldini olish uchun yuzaga keldi.
1929 yildan boshlab muomalaga 20 kommunal hizmat kompaniyalari
aksiyalari kiritilganidan keyin,
Dow Jones Utility Average
indeksi kiritildi.
Keyinchalik bu kompaniyalarning soni 15-taga qisqartirilgan. Undan keyin bu
indeks o‘zgarmay turgan.
1970 yilda eng birinchi indeks bo‘lgan
Dow Jones Railroad Average
indeksi
nomi “transport”, ya’ni
Dow Jones 20 Transportations Average,
indeksi deb
nomlana boshlagan. Bunga sabab, listinga temir yo‘l, yuk tashuvchi va
aviakompaniyalar kiritilgan.
200
Hozirda har bir uch indeksning shoh supasida
Dow Jones Composite Average
indeksi turadi. Unga
Dow Jones
indeksi oilasining boshqa indekslariga kiruvchi va
Nyu York fond birjasida savdo qilinuvchi avval 65 yirik kompaniya aksiyalari
kirgan. Nyu York fond birjasining umumlashtirilgan (yig‘ma) indeksi –
NYSE
Composite
birjaning asosiy indeksi bo‘lib hizmat qiladi. Bu indeks birja listingidan
o‘tkazilgan 2300 kompaniya aksiyalarini narhi bo‘yicha o‘lchaydi.
NYSE Composite
indeksi mohiyatan birjadagi aksiyalarning o‘rtacha qiymatini ifodalab keladi va Dou
Djons indeksi oilasidagi indekslardan farqli ravishda punktda emas, balki dollarda
o‘lchaydi.
NYSE Composite
indeksi bo‘yicha fyucherslar birjaning o‘zida savdo
qilinadi, fyuchers shartnomalari birjaning optsionlar bo‘linmasi bo‘lgan fyucherslar
birjasida sotiladi.
1988 yildan beri Dou Djons indeksini 700 kompaniya aksiyalar bo‘yicha Nyu
York fond birjasida hisoblanib kelinmoqda. Shu bilan birga transport va kommunal
hizmat kompaniyalari aksiyalari hamda 40 kompaniya obligatsiyalari bo‘yicha ham
indekslar hisoblanmoqda.
Biroq uzoq vaqt davomida birja listingiga kirgan aksiyalar bir necha marta
o‘zgarganiga qaramasdan, indekslarning hisoblash metodologiyasi deyarli
o‘zgarmagan. Indeksning tarkibi unga kirgan aksiyalarning barqaror-ligi o‘zgarib
turgan, masalan, ba’zi kompaniyalarning aksiyalari unga bir kirib bir chiqib turgan,
General Electric
kompaniyasi aksiyalari esa ba’zida butunlay bozorda yo‘q bo‘lib
ketish va yana paydo bo‘lishi hollari ham bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, indeksga
“yangi iqtisodiyot” kompaniyalari aksiyalari uzoq muddat davomida kiritilmay
kelgan (masalan,
Microsoft
kompaniyasi) va ularni keyinchalik kiritilishi indeksning
ahamiyatiga bir muncha qiyinchi-liklar keltirib chiqargan. Lekin, bunga
qaramasdan, bunday kompaniyalar aksiyalarining ideksga kiritilishi uning
ahamiyatini yanada oshirdi va AQSh fond bozoridagi kuchlarni real (ob’ektiv)
taqsimlanishiga olib keldi.
Hozirda
Dow Jones
indeksiga Chikago birjasida (
Chicago Mercantile
Exchange
) fyucherslar savdolari amalga oshirilmoqda.
Dow Jones
indeksidan
201
tashqari AQSh fond bozorida boshqa indekslar ham mavjud. Ular qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |