O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


-bosqich – uch yoshdan besh yoshgacha bo’lgan davr



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

2-bosqich – uch yoshdan besh yoshgacha bo’lgan davr 
3  yoshdan  5  yoshgacha  bo’lgan  davrda  bolalarning  nutqi  rivojlanishda  davom  etadi. 
Ushbu yoshda lug’at yiђiladi, aniklashtiriladi va takomillashtiriladi. Bolalar so’zlarni mazmuniga 
karab  anikrok  ayta  boshlaydilar.  Ular  grammatik  shakllardan  to’g’ri  foydalana  boshlaydilar, 
kichik  ertaklar,  hikoyalarni  mantikiy  izchilikkda    hikoya  qilish  va  suratlar  mazmunini  aytib 
berishga  kodir  bo’ladilar.  Nutqning  tovush  tomoni  ham  jadal  rivojlanadi.  Bolalar  ona  tilining 
ko’pgina tovushlarini o’zlashtirib oladilar va to’g’ri talaffuz kiladilar, so’zlar va iboralar sof va 
anikrok ayta boshlaydilar, o’z nutqining sur’atiga e’tibor bera boshlaydilar. 


 
131 
Mazkur  bosqichda  nutqning  tovush  madaniyatini  shakllantirishdagi  asosiy  vazifa 
bolalarda  fonematik  tinglash  qobiliyatini  rivojlantirish  hamda  so’zlar  va  iboralarni  anik  va 
tushunarli  qilib  talaffuz  kilgan  holda  ona  tilining  barcha  tovushlarini  to’g’ri  talaffuz  qilishni 
rivojlantirishdan iborat bo’ladi. 
Bu  yoshda  asosiy  vazifani  hal  etish  bilan  bir  katorda  nutqning  tovush  madaniyatini 
tarbiyalashning  boshka  bo’limlariga  oid  ishlarni  ham  amalga  oshirish,  ya’ni:  ovoz  balandligini 
vaziyatga  karab  moslashtirish,  so’zlarni  ulardagi  urђularni  anik  ko’ygan  holda  shoshmasdan, 
to’g’ri va anik qilib aytish qobiliyatini tarbiyalashga doir ishlarni ham amalga oshirish zarur. 
Ilk  yoshdagi  bolalar  bilan  ishlashda  tovushga  taklid  qilish  keng  ko’llaniladi.  3-4  yoshli 
bolalar  uchun  nutqning  tovush  madaniyatini  tarbiyalash  tovush  talaffuziga  oid  ishlarni  olib 
borish  jarayonida  amalga  oshiriladi.  Uni  shakllantirish  bolalar  bog’chasida  nihoyasiga 
yetkazilishi  lozim,  nutqning  tovush  madaniyatiga  oid  kolgan  bo’limlarni  takomillashtirish  esa 
maktabda  davom  ettiriladi.  Ayni  paytda  tovush  talaffuzi  ustidagi  ishlarni  nutqni  tinglash 
qobiliyatini,  nutqiy  nafas  olishni,  ovozni,  artikulyatsiya  apparati,  diktsiya  va  intonatsiyani 
rivojlantirish bilan ko’shib olib borish osondir. 
To’g’ri tovush talaffuzini tarbiyalash ona tilining barcha tovushlarini izchil mashk qilish 
jarayonida  amalga  oshiriladi.  Bunda  nafakat  u  yoki  bu  tovushni  to’g’ri  talaffuz  qilish 
ko’nikmalarini  shakllantirish,  balki  bolaning  tinglash  va  talaffuz  qilish  imkoniyatlarini 
shakllantirish, ya’ni tinglash va artikulyatsiya nazorati o’rtasidagi bog’liqlikni ham shakllantirish 
zarur, zero ularsiz tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish mumkin emas. 
Agarda  3  yoshli  bolalar  -  s,  z,  sh,  ch,  щ,  r,  l  kabi  tovushlarini  yetarli  darajada  yaxshi 
talaffuz eta olmasalar, darhol ularni mashk qilishga kirishish kerak emas, chunki bu bolalarning 
ularni  noto’g’ri  talaffuz  qilishga  odatlanib  kolishlariga  olib  kelishi  mumkin.  Nutqning  tovush 
madaniyatini  tarbiyalashga  oid  ishlarining barcha  bo’limlari bo’yicha  ishlarni  olib borish zarur. 
Nutqni  tinglash  kobiliyati  va  talaffuz  imkoniyatlarini  takomillashtirish  bu  tovushlarning  bola 
nutqida paydo bo’lishi hamda ularning to’g’ri talaffuz etilishiga yordam beradi. 
Masalan,  3  yoshli  bolalar  bilan  talaffuz  uchun  nisbatan  oson  bo’lgan  –  «f»,  «v» 
tovushlarini  mashk  qilishda  tarbiyachi  yangi  tovushlar  guruhi  –  ya’ni  artikulyatsiya  apparati 
organlarining «i» tovushiga yakin bo’lgan muayyan joylashuvi xos bo’lgan, shuningdek «f», «v» 
tovushlarini  mashk  qilishda  hosil  bo’ladigan  maksadli  havo  to’lkini  mavjud  bo’ladigan  
shuvillovchi – «s», «z», «ts» tovushlarining paydo bo’lishi uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Bir 
tovushlar guruhi uchun ishlab chikilgan ko’nikmalarning boshkasiga o’tish imkoniyati shu tarika 
yaratiladi. 
Tovushlarni  ketma-ket  mashk  qilish  nutqning  tovush  madaniyatini  shakllantirish  va  uni 
yanada  takomillashtirish  borasidagi  ishlarni  muntazam  ravishda  o’tkazib  borish  imkoniyatini 
yaratadi. 
Ona tilining barcha tovushlarini mashk qilish bir-birini ketma-ket almashtiruvchi to’rt ish 
turini  ko’zda  tutadi:  artikulyatsiya  apparati  organlarini  tayyorlash,  ajratilgan  tovushni  talaffuz 
qilishni  aniklashtirish  (bo’ђinlarda)  va  ushbu  tovushni  boshka  tovushlardan  ajrata  olish, 
so’zlarda  tovushni  to’g’ri  talaffuz  qilishni  mustahkamlash,  iborali  nutqda  tovushni  to’g’ri 
talaffuz qilishni mustahkamlash. 
So’nggi  uchta  ish  turiga  nutqiy  tinglash  qobiliyatini  rivojlantirish  ham  kiradi.  Bu  ish 
turlari Mashg’ulotlarda ham va ayni paytda undan tashkarida ham amalga oshirilishi mumkin. 
Ushbu barcha ishlar turlarini bitta mashђulotda amalga oshirish tavsiya etilmaydi, chunki 
tovushlarni  to’g’ri  talaffuz  qilishni  o’zlashtirish  jarayoni  –  bu  muayyan  ko’nikmaga  ega 
bo’lishdan  iborat,  uni  yaratish  esa  izchillik  va  doimiylikni  talab  etadi.  Yuqorida  sanab  o’tilgan 
ishlar turlarini 3-6 kun oraliђida bajarish bolalarga artikulyatsiya apparati organlarining muayyan 
joylashuvi va harakatini o’zlashtirish hamda mustahkamlash imkonini beradi va tovushni to’g’ri 
talaffuz qilishni shakllantirish hamda uni yaxshi tinglay olishga yordam beradi. 
Tovush talaffuziga oid ishlar nutq tovush madaniyatining  boshka bo’limlariga doir ishlar 
(nutqni tinglash kobiliyati, artikulyatsiya, nutqiy nafas olish, ovozlar, diktsiya, nutq surati, uning 


 
132 
intonatsion  ifodaliligini  rivojlantirish,)  bilan  birgalikda  olib  boriladi.  endi  har  bir  ish  turini 
batafsil ko’rib chikamiz.  
1-ish  turi  –  artikulyatsiya  apparati  organlari  harakatini  aniklashtirish.  Tarbiyachi  
harakatlarni  rivojlantirish  yoki  aniklashtirish,  tovushning  to’g’ri  artikulyatsiyasiga  yordam 
beradigan muayyan holatlarni ishlab chikish uchun o’yin mashklarini beradi. Bunda nutq tovush 
madaniyatining  navbatdagi  bo’limlariga  oid  ishlar  ajratiladi:  anik  va  to’g’ri  artikulyatsiyani, 
oђizdan  uzok  muddat  davomida  bir  tekis  nafas  chikarishni  o’rgatish,  tovush  balandligini 
rivojlantirish. 
2-ish  turi  –  ajratib  ko’yilgan  tovushni  talaffuz  qilishni  aniklashtirish  va  nutqni  tinglash 
qobiliyatini  rivojlantirish.  Tarbiyachi  ajratib  ko’yilgan  tovushni  talaffuz  qilishni  aniklashtirish 
yoki uni taklid asosida atash uchun o’yinlarni yoki o’yinli mashklarni beradi. Bolalarning dikkat-
e’tibori  ushbu  tovushni  talaffuz  etishda  artikulyatsiya  apparati  organlarining  holatiga  va  uning 
jaranglashiga karatiladi. Ushbu tovushni tovushlar guruhi ichidan ajratib olish uchun o’yinlardan 
foydalaniladi. 
Bu  ish  turi  nutqni  tinglash,  ovoz  balandligini  takkoslay  olish  kobiliyatlarini  tarbiyalash, 
artikulyatsiya apparatini, nutqiy nafas olishni rivojlantirishga yordam beradi. 
3-ish  turi  –  so’zlarda  tovushni  to’g’ri  talaffuz  qilishni  tarbiyalash  va  fonematik  tinglash 
qobiliyatini rivojlantirish. 
Tarbiyachi  so’zlarda  tovushlarni  anik  va  to’g’ri  ko’llashga  yordam  beruvchi  turli 
materiallarni  (asosan,  didaktik  o’yinlar)  beradi.  Dastlab  mashk  kilinayotgan  tovush  urђuli 
bo’ђinda  turgan  so’zlar  beriladi.  Bolalar  uni  yanada  anikrok,  cho’zib  talaffuz  qilishni 
o’rganadilar, ya’ni  tovushni ovoz yordamida ajratish ko’nikmasini mashk kiladilar, keyinchalik 
esa ularni nafakat ajrata olish, balki uning bo’ђindagi joyini aniklashni o’rganadilar. Bir vaktning 
o’zida  fonematik  tinglash,  so’zlarni  orfoepiya  me’yorlariga  muvofik  holda  talaffuz  qilish 
vazifalari hal etiladi. 
4-ish  turi  –  tovushlarni  iborali  nutqlarda  to’g’ri  talaffuz  qilishni  tarbiyalash  va  nutqni 
tinglash qobiliyatini rivojlantirish. 
Pedagog  maxsus  tanlab  olingan  nutqiy  materiallar,  ya’ni:  so’zli  o’yinlar,  tez  aytishlar, 
topishmoklar,  she’rlar,  va  hikoyalarni  beradi.  U  mazkur  tovushning  Yuqorida  sanab  o’tilgan 
materialda to’g’ri ko’llanishini kuzatib boradi. Mustaqil nutqda tovushni to’g’ri talaffuz qilishni 
tarbiyalash  nutqni  tinglash  va  nutqiy  nafas  olish  kobiliyatlarini  rivojlantirish,  nutqning  ohista 
sur’ati  va  intonatsion  ifodaliligidan  foydalana  olish  qobiliyatini  shakllantirish  bilan  birgalikda 
olib boriladi. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish