O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


Har bir yosh bosqichida nutqning tovush



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

Har bir yosh bosqichida nutqning tovush  
madaniyatini tarbiyalash 
1-bosqich – 1 yilu 6 oydan boshlab to 3 yoshgacha bo’lgan davr 
Bir yarim yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda nutqni tushunish tez rivojlanadi, lug’at 
boyligi keskin ortadi, so’z tarkibi takomillashadi. Ular dastlab tovush birikmalarini, so’ngra esa 
oddiy iboralar, kichik she’rlarni oson takrorlaydilar. Agarda ikki yoshda bola ikki-uchta so’zdan 
iborat bo’lgan iboralarni ko’llayotgan bo’lsa, u uch yoshga kirganida uch-beshta va undan ortik 
so’zlar  ishtirokida  murakkab  iboralarni  tuzadi.  Ushbu  davrda  nutq  nafakat  kattalar  bilan,  balki 
tengdoshlar  bilan  ham  muloqot  vositasi  sifatida  shakllanadi.  Bu  davrda  bolalarda  nutqning 
tovush  tomoni,  ya’ni:  ovoz  va  artikulyatsiya  apparati,  tovush  talaffuzi,  tinglash  kobiliyati  jadal 
rivojlanadi. YAxshi, anik va intonatsion jihatdan to’g’ri bo’lgan ifodali nutqka erishish uchun ilk 
yoshlardan  boshlab  bolalar  bilan  nutqning  tovush  madaniyatini  rivojlantirishga  doir  ishlarni 
amalga oshirish zarur. 
Nutqning  tovush  madaniyatini  shakllantirish  bolalarning  kattalar  bilan  muntazam 
ravishda  muloqotda  bo’lish  orkali  amalga  oshirilishi  lozim.  Ushbu  davrdagi  asosiy  vazifa  – 


 
130 
tinglash  qobiliyatini  doimiy  rivojlantirish,  artikulyatsiya  apparati  a’zolarini  mustahkamlash  va 
rivojlantirishdan iboratdir. 
Ushbu  maksadlarga  erishish  uchun  muayyan  tovushlar  guruhi  tanlab  olinadi  va  bolalar 
tovushga  taklid  qilish  asosida  ularni  mashk  kiladilar.  Asosan  bu  eng  oddiy  tovushlar 
guruhlaridir: unlilar – a, i, o; lab-lablilar – p, b, m; orka tillilar – k, g, x; lab-tishlilar – v, f; old 
tillilar – t, d, n.  Ikki  yildan keyin  asta-sekin artikulyatsiya jihatidan nisbatan murakkab bo’lgan 
old  tilli  tovushlar  ham  beriladi  –  hushtaksimonlar  –  s,  z,  ts;  shuvillovchilar  –  sh,  j,  ch,  щ; 
sonorlilar  –  l,  r,  ammo  bu  3  yoshdan  boshlab  bolalarning  to’g’ri  talaffuz  qilishlariga  erishish 
zarur, degani emas. Bolalar ushbu tovushlarni muntazam mashk qilish natijasida asta-sekin, 5-6 
yoshlarga to’g’ri talaffuz kila boshlaydilar. 
Tovushga  taklid  qilishni  turli  ish  shakllariga  ko’shish  bolalarning  nafakat  turli 
ko’rinishdagi  tovushlarni  to’g’ri  talaffuz  qilishlarini  aniklash  va  mustahkamlashga  yordam 
beradi,  balki  yaxshi  diktsiyaga  erishishda,  ya’ni  ularning  tovushlar  hamda  so’zlarni  anik  va 
tushunarli  qilib  talaffuz  etishlariga  erishishda  ham  ko’maklashadi.  Aynan  bir  xil  tovush 
taklidlarini bir necha marta ko’shib talaffuz qilish nutqiy nafasning rivojlanishiga yordam beradi, 
ularning turli balandlikda talaffuz qilish bolaning ovoz apparatini rivojlantiradi. 
Tovush  taklidlari  bola  tomonidan  ko’p  marta  amalga  oshirilgani  bois  u  bola  uchun 
namunaga  aylanib koladi hamda akustik va artikulyatsiya ko’nikmalarini orttirish uchun  yaxshi  
material bo’lib xizmat kiladi. 
Dastlab  ikki  yoshgacha  shunday  tovush  taklidlarini  berish  kerakki,  toki  ular  bolaning 
tinglash-nutq  ko’nikmalarini  rivojlantirishga  mos  kelsin,  masalan:  u,  mu,  av,  ga-ga,  tu-tu,  bay-
bay  va  h.k.  Bolaning  fonetik  imkoniyatlariga  va  uning  oddiy  so’zlari,  tovushga  taklid  qilish 
shakllariga  moslashish  tovush  talaffuzini  aniklash  imkonini  beradi.  Bu  nutqiy  harakat 
tahlilchisiga    normal  rivojlanish  va  «pishib  yetilish»  imkoniyatini,  bolaga  esa  –  ayrim 
tovushlarga  kulok  tutish  imkonini  beradi,  bu  esa  o’z  navbatida  tinglash  qobiliyatining 
rivojlanishiga yordam beradi. 
2-3 yoshli bolalar bilan ishlashda tovushga taklid qilish murakkablashadi, xususiyatlariga 
ko’ra turlicha bo’lgan tovushlarni o’z ichiga oladi, masalan: 
pish-pish, ku-ku
 va h.k. Bu tovushga 
taklid  qilishda  ham,  mustaqil  nutqda  ham  tovushlarni  anik,  tushunarli  qilib  talaffuz  qilishga 
yordam beradi, shuningdek nutqiy tinglash qobiliyatini rivojlantiradi. Bundan tashkari, tovushga 
taklid  qilishga  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  noanik  talaffuz  kiladigan  yoki  umuman  ayta 
olmaydigan tovushlarni asta-sekin ko’shib borish tovush talaffuzini yaxshilashga yordam beradi. 
Bolalarda mavjud tovushlar aniklashtiriladi, yangilari paydo bo’ladi. 
SHunday  qilib,  Mashg’ulotlarda  va  undan  tashkarida  turli  tovush  taklidlarini  muntazam 
ravishda  ko’llagan  holda  tarbiyachi  bir  vaktning  o’zida  nutqning  tovush  madaniyatini  ham 
shakllantiradi.  Talaffuz  uchun  osonlashtirilgan  nutqiy  materialda  bola  nutqning  tovush 
madaniyatiga  oid  kator  bo’limlarni  mashk  kiladi  hamda  shu  bilan  nutqni  tinglash  va  nutqiy 
harakat tahlilchilarini nisbatan murakkab akustik-artikulyatsiyaga tayyorlaydi. 
Ishlarning  ushbu  bosqichida  bolalarning  yoshiga  karab  ularga  o’zida  turli  tovush 
taklidlarini jamlagan o’yinlar, ko’shiklar, she’rlar, sanok she’rlar va hikoyalar beriladi. 
Tarbiyachi  tovushga  taklid  qilishni  o’yin-mashklar,  nutqni  rivojlantirish  va  atrof-muhit 
bilan  tanishtirishga  oid  Mashg’ulotlar,  didaktik  o’yinli  Mashg’ulotlar,  musikiy  Mashg’ulotlar 
tarkibiga kiritadi. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish