O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

vazifalarni hal etishi zarur: 
-bolalarda  tinglash  qobiliyatini  tarbiyalash,  uning  komponentlarini,  ya’ni:  tinglash 
e’tibori (biron-bir tovushni jaranglashiga karab kanday tovush ekanligini va uning  yo’nalishini 
aniklay olish), fonematik tinglash, mazkur nutq sur’ati va ritmini kabul kila olish kobiliyatlarini 
asta-sekin rivojlantirib borish; 
-artikulyatsiya apparatini rivojlantirish; 
-nutqiy  nafas  olish  ustida  ishlash,  ya’ni  iboralar  bilan  erkin  so’zlay  olish  uchun  kiska 
nafas olish va davomli nafas chikarishni o’rgatish; 
-muloqot  sharoitidan  kelib  chiqqan  holda  ovoz  balandligini  boshkarish  qobiliyatini 
tarbiyalash; 
-ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish; 
-har  bir  tovushni,  shuningdek  so’zlar  va  iboralarni  anik  va  tushunarli  talaffuz  qilishga, 
umuman yaxshi talaffuzga odatlanish; 
-so’zlarni  o’zbek  adabiy  tilining  orfoepiya  koidalari  me’yorlariga  mos  holda  talaffuz 
qilishni rivojlantirish;   
-normal  nutq  sur’atini  shakllantirish,  ya’ni  so’zlar  va  iboralarni  nutqni  tezlashtirmay  va 
sekinlashtirmay  sekinlik  bilan  hamda  shu  bilan  birga  tinglovchiga  anik  tushunish  imkoniyatini 
yaratgan holda talaffuz qilishni o’rgatish; 
-nutqning  ohangiy  ifodaliligini  tarbiyalash,  ya’ni  fikrlar,  hissiyotlar  va  kayfiyatni 
mantikiy  pauza,  urђu,  ohang,  sur’at,  ritm  va  tembr  yordamida  anik  ifodalash  qobiliyatini 
shakllantirish 
Tarbiyachi nutqdagi kamchiliklarni o’z vaktida aniklash va uni mutaxassisga yuborishdan 
oldin bunday nuksonlar haqida yetarli tasavvurga ega bo’lishi lozim. 
Endi har bir vazifani batafsil ko’rib chikamiz. 
 

  Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish 


 
125 
Nutqni shakllantirishning  dastlabki  davrida nutqni  tinglashga  oid asosiy  komponentlarni 
rivojlantirish  bir  tekisda  bormaydi.  CHunonchi,  nutqni  rivojlantirishning  birinchi  bosqichlarida 
tinglash  e’tiboriga  alohida  ahamiyat  beriladi.  Vaholanki,  bunda  asosiy  mantikiy  vazifa  yukori 
tovush  tinglash  kobiliyati  zimmasiga  tushadi.  Bolalar  tovush  balandligi  o’zgarishini  nutqning 
his-hayajonli xususiyatiga (jahl kilinsa unga javoban yiђlaydilar hamda xushmuomala va mayin 
munosabatga  javoban  jilmayadilar)  va  tembriga  (onasi  va  boshka  yakinlarini  ovozlaridan 
taniydi)  muvofik  holda  karab  tanib  olishni  biladilar,  shuningdek  so’zning  ritmik  suratini,  ya’ni 
uning sheva-bo’ђin tarkibini (so’zning bo’ђinlar soni va asosiy urђuning joyiga bog’liq bo’lgan 
tovush tuzilishi xususiyatlari) nutq sur’ati bilan birlikda to’g’ri kabul kiladilar. 
Kelgusida  nutqni  rivojlantirishda  fonematik  tinglash  qobiliyatini,  ya’ni  bir  tovushni 
boshkasidan  anik  ajrata  olish  va  buning  natijasida  ayrim  so’zlarni  tanish  hamda  tushunish 
qobiliyatini shakllantirish muhim o’rin tutadi. 
YAxshi  rivojlangan  nutqni  tinglash  kobiliyati  ona  tilining  barcha  tovushlarini  anik  va 
to’g’ri talaffuz qilishni ta’minlaydi, so’z aytishda uning balandligini to’g’ri boshkara olish va uni 
ohista sur’atda, ohang jihatdan ifodali qilib so’zlash imkonini beradi. 
Nutqni  tinglash  qobiliyatini  rivojlantirish  artikulyatsiya  apparatini  rivojlantirish  bilan 
uzviy bog’liqdir. 
Nutqni  tinglash  qobiliyatini  tarbiyalash  bolalarda  nutq  jarangdorligining  turli  xil 
ko’rinishlarini, ya’ni tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, so’zlarni anik va tushunarli aytish, ovozni 
pasaytirish  yoki  kuchaytirish,  nutq  balandligi,  tezligi,  ohistaligi,  uni  jadallashtirish  va 
sekinlashtirish,  tembral  ishlov  berish  (iltimos,  buyruk  va  boshk.)  kabilarni  kabul  kila  olish 
qobiliyatini shakllantirishga karatilgandir. 

  Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish 
Nutqiy tovushlar oђiz bo’shliђida shakllanadi, uning shakli va hajmi harakatchan a’zolar: 
lablar,  til,  pastki  jaђ,  oђizning  yumshok  yukori  kismi,  kizilo’ngach  holatiga  bog’liq  bo’ladi. 
Muayyan  tovushni  talaffuz  qilish  uchun  zarur  bo’lgan  nutq  organlarining  to’g’ri  holati  va 
harakati artikulyatsiya deb ataladi. 
Artikulyatsiya  apparati  tuzilishidagi  buzilishlar,  masalan,  kiska  tilosti  tuguni,  noto’g’ri 
tishlashish,  oђiz  yukori  kismining  haddan  tashkari  balandligi  yoki  pastligi  va  boshka  ayrim 
kamchiliklar  tovushni  noto’g’ri  talaffuz  qilishga  odatlanishga  olib  keluvchi  dastlabki  omillar 
hisoblanadi. Birok, agarda bolaning artikulyatsiya apparati organlari harakatchan bo’lsa, u yaxshi 
tinglash kobiliyatiga  ega  bo’lsa,  bu    holda  ko’pchilik  holatlarda  uning o’zi  tovush  talaffuzidagi 
kamchiliklarni bartaraf etishga kodir. 
Agarda bolaning artikulyatsiya apparati harakatida nuksonlar mavjud bo’lsa (masalan, til 
kam  harakatlansa),  bu  holda  u  tovushlarni  noto’g’ri  talaffuz  qilish,  sust,  noanik  va  tushunarsiz 
nutqka olib kelishi mumkin. 
SHuning uchun tarbiyachining vazifalari quyidagilardan iborat: tilning harakatchanligini 
rivojlantirish;  lablarning  yetarli  darajadagi  harakatchanligini  rivojlantirish;  pastki  jaђni 
tovushlarni talaffuz qilish uchun muhim bo’lgan muayyan holatda tutib turishni o’rganish.  

  Nutqiy nafas olishni rivojlantirishga doir ishlar 
O’pkadan  kekirdak,  bo’ђiz,  oђiz  bo’shliђi  yoki  burun  orkali  chikayotgan  havo  okimi 
tovush hosil kiluvchi manba hisoblanadi. Nutqiy nafas olish o’z-o’zidan ro’y beradigan nonutqiy 
nafas  olishdan  farkli  ravishda  ixtiyoriy  nafas  olish  hisoblanadi.  Nonutqiy  nafas  olishda  nafas 
olish va nafas chikarish burun orkali amalga oshiriladi, nafas olish o’zining davomiyligi bo’yicha 
nafas chikarishga deyarli teng bo’ladi. 
Nutqiy  nafas  olish  oђiz  orkali  amalga  oshiriladi,  nafas  olish  tez,  nafas  chikarish  esa 
sekinrok  ro’y  beradi.  Nonutqiy  nafas  olishda  nafas  olishdan  keyin  darhol  nafas  chikariladi, 
so’ngr  pauza  saklanadi.  Nutqiy  nafas  olishda  esa  nafas  olinganidan  keyin  pauza  saklanadi, 
so’ngra asta-sekinlik bilan nafas chikariladi. 
To’g’ri  nutqiy  nafas  olish  to’g’ri  tovush  hosil  bo’lishini  ta’minlaydi,  nutqning  tegishli 
balandlikda  bo’lishini  ta’minlash,  pauzalarga  anik  rioya  qilish,  nutqning  asta-sekinligini  va 
intonatsion ifodaliligini saklash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. 


 
126 
Nutqiy nafas olishdagi xatoliklar umumiy zaiflik, adenoidik o’simtalar, turli yurak-tomir 
kasalliklari  okibati  bo’lishi  mumkin.  SHuningdek,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning 
rivojlanishiga  salbiy  tas’sir  ko’rsatuvchi  nafas  chikarishdan  okilona  foydalana  olmaslik,  nafas 
olayotib so’zlash, o’pkani   yetarli darajada havo bilan to’ldirmaslik kabi  nutqiy nafas olishdagi 
nomutanosibliklar  noto’g’ri  tarbiya,  kattalarning  bolalar  nutqiga  yetarli  darajada  e’tibor 
bermaganliklari okibatida ham yuz bergan bo’lishi mumkin. 
Zaif  nafas  oladigan  va  nafas  chikaradigan  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  odatda,  past 
ovozda  so’zlaydilar,  uzun  iboralarni  talaffuz  qilishda  kiynaladilar.  Nafas  chikarishda  havodan 
nookilona foydalanilganida nutqning izchilligi buziladi, chunki bolalar iboraning o’rtasida nafas 
olishga majbur bo’ladilar. 
Ko’pincha  bunday  bolalar  so’zlarni  oxirigacha  aytmaydilar  va  ba’zan  ibora  so’nggida 
ularni  shivirlab  aytadilar.  Ba’zida  bolalar  uzun  iborani  nihoyasiga  yetkazish  uchun  nafas  olib 
so’zlashga  majbur  bo’ladilar,  buning  natijasida  nutq  noanik  bo’ladi,  bolalar  xuddi  tiqilib 
kolgandek  so’zlaydilar.  CHunki,  tezlashtiriligan  nafas  chikarish  iboralarni  mantikiy  pauzalarga 
rioya kilmasdan jadal sur’atda so’zlashga majbur kiladi. 
SHuning  uchun  tarbiyachining  vazifalari  quyidagilardan  iborat  edi:  maxsus  o’yinli 
mashklardan  foydalangan  holda  erkin,  bir  tekis  va  uzaytirilgan  nafas  chikarishni  o’rgatish; 
pedagog nutqiga taklid kilgan holda undan to’g’ri, okilona foydalanishni (kichik iboralarni uzok 
nafas chikarish bilan talaffuz qilish) tarbiyalash.    

  Ovoz ustidagi ishlar 
Ovoz  apparati  vositasida  balandligi,  kuchi  va  tembri  turlicha  bo’lgan  tovushlar 
chikariladi: ularning umumiyligi aynan inson ovozini aniklaydi. 
Har bir ovoz xususiyatlarini alohida ko’rib chikamiz. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish