Barcha yosh guruhlarida so’z o’zgartirishni shakllantirish metodlari va usullari
Grammatikaga oid mashklar bir vaktning o’zida bolalarning leksika va fonetika bo’yicha
o’zlashtirib olgan materiallarini mustahkamlashga doir mashklar ham hisoblanadi. Bolalarning
eng oz mikdordagi so’zlar va tovushlarni artikulyatsiya qilish hamda gap intonatsiyasini
modellashtirish qobiliyatini oldindan o’zlashtirib olmaslaridan turib grammatik mashklarni
bajarish mumkin emas.
Uch-to’rt yoshli bolalarda grammatik ko’nikmalarni shakllantirish. Tarbiyachining
asosiy vazifasi shundan iboratki, u bolalarga iborali nutqdan amalda foydalanishni o’rgatishi,
ya’ni nutqda asosiy grammatik kategoriyalarni to’g’ri ko’llash, so’zni soni, kelishigi, shaxsi,
zamoniga karab amalda o’zgartirishni o’rgatishi lozim.
Grammatik kator ustidagi ishlarni otlar bilan tanishuvdan boshlagan ma’kul, chunki, otlar
nutqimizning yarmidan ko’pini tashkil kiladi. Bundan tashkari, otlarni o’zgartirish orkali
nutqning boshka kismlari ham, ya’ni: sifatlar – kelishiklar, turlar va sonlar bo’yicha; o’tgan
zamondagi sifatlar va fe’llar – turlari va soni bo’yicha o’zgaradi.
Otlarni o’zgartirish ishlarini
vinitelniy
kelishigidan boshlash lozim. Buning uchun uni
bosh kelishik bilan takkoslash, so’ngra eng anik va imkonli kelishiklar sifatida
datelnыy
va
birgalik kelishiklarini o’rganish zarur, shundan keyingina bolalarga karatkich va old ko’makchili
kelishiklarning ayrim ma’nolarini, ushbu kelishiklar hamda Kaerga? Kaerdan? kabi farklovchi
savollar asosida hosil kilingan old ko’makchili tuzilmalarni tanishtirish lozim.
Ayniksa old ko’makchi ustidagi ishlarga alohida e’tibor karatish zarur. Old ko’makchili
tuzilmalar bilvosita kelishiklarning asosiy shakllari bilan bog’liqdir, shuning uchun old
ko’makchilar bilan amaliy tanishuvni kelishiklarni ko’llash bilan birlashtirgan ma’kul. Birinchi
navbatda bolalar da, dan,ostida-ustida kabi ko’makchilar o’rtasidagi farklarni tushunib olishlari
zarur. Ushbu tushunchalarni musahkamlash uchun harakat va nutqni takkoslash juda muhimdir.
Bolalarga nutqda old ko’makchilardan foydalanishni o’rgatishda old ko’makchi va
o’zgartiriladigan ko’shimchani ohang bilan ajratib ko’rsatish muhimdir: stol ustida, stol ostida
yotibdi, stoldan olib tashladi va h.k.
Bolalar otlarning kelishik shakllarini o’zlashtirib olganlaridan so’ng ularni qaysii turga
(rodga) mansubligi bilan amalda tanishtirish mumkin. Buning uchun «bir» sanok so’zi
ishtirokidagi otlarni «bizning» holi bilan birgalikda ko’llash lozim: bitta shaftoli, bitta olma, bitta
nok yoki boђ, bizning maydonchamiz, bizning derazamiz.
Bu vaktga kelib bolalar bitta, ko’p so’zlarini farklay olishlari lozim. Turli narsalarni
tanlab olganlari holda ular bir, bizning so’zlarini mazkur predmetlar bilan kelishtirishni
o’rganadilar.
Uchinchi yilning boshiga kelib, bola muayyan darajada fe’l leksikasini, ya’ni: noanik
shakldagi ichmok, bermok fe’llarini va bor, ber, keltir, yuv kabi buyruk maylidagi ayrim fe’llarni
o’zlashtirib oladi.
Bolalarga o’tgan zamon fe’lini tanishtirishni ular otlarning kelishik shakllarini
o’zlashtirib olganlaridan so’ng amalga oshirish zarur. O’tgan zamon fe’llari oson o’zlashtiriladi
va u bolalarning faol lug’ati tarkibiga kiradi. O’tgan zamon fe’llari materiallari asosida bolalar
nutqiga fe’lni o’zgartirishning tur va son shakllari oson kiritiladi: yuvdi; yuvdik; chizdi, chizdik.
So’ngra «bo’laman» fe’li bilan bola kelasi zamon shaklini o’zlashtirib oladi. Oddiy kelasi zamon
fe’llari shakllari to’rt yoshlarga kelib bola nutqida paydo bo’ladi.
Bolalar nutqiga turli xildagi fe’llarni kiritishni «harakat - nutq» usulidan foydalanan
holda fe’l ustki old ko’shimchalarni kuzatish ishlari bilan birgalikda amalga oshirgan ma’kul.
Bundan tashkari, bola muayyan surat yoki harakatga yo’nalgani holda old ko’shimcha fe’lga olib
117
kirayotgan (ketdi, kirdi, yakinlashdi, chikdi) ma’no kirrasini anglab olishi mumkin. Bolalar old
ko’shimcha ma’nosini o’zlashtirib olganlaridan keyin uni old ko’makchi bilan takkoslash
mumkin (…ga kirdi, ….dan kirdi, …dan chikdi va h.k.).
Bolalarning amaliy Mashg’ulotlarini tashkil etishga doir maxsus Mashg’ulotlarda
tarbiyachiga o’yinchoqlar, narsalar, kiyimlar, poyabzal, idish-tovoklar, ozik-ovkatlar va boshka
syujetli o’yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bolalar o’ynaganlari holda atrofdagi kattalar
faoliyatiga taklid kiladilar. Tuzilayotgan gapni rang-barang qilish uchun o’yin syujetini
o’zgartirish – yangi o’yin personajlarini kiritish, bolaga yo’naltiruvchi savollar berish va shu
bilan uni muayyan iboralar bilan javob berishga majbur qilish zarur.
Namoyish kilinayotgan harakatlar bo’yicha «bilan» old ko’makchisi ishtirokidagi
tuzilmalarni kiritish kulaydir: ayikcha bilan, kuchukcha bilan o’ynadi; kuyoncha bilan, oyisi
bilan, Samat bilan gaplashdi.
Namoyish etilayotgan harakatlar bo’yicha tuzilayotgan butun gapni bolalar albatta o’zlari
aytib ko’radilar. Agarda bola gapda xatolikka yo’l ko’ysa, tarbiyachi uni tuzatishi va gapni yana
bir bor takrorlashi lozim.
Bolalarga iboralarni tegishli grammatik shakl bilan rasmiylashtirishni o’rgatishni o’yinli
vaziyatlar asosida ham amalga oshirish mumkin. O’yinli usullardan bolalar bilan grammatik
tuzilmalarni ko’llash borasidagi suhbat sifatida barcha kelishik shakllarini mustahkamlashda
foydalaniladi.
Bolalarga old ko’makchilarni ko’llashni o’rgatishga doir Mashg’ulotlarda predmetlarning
kenglikdagi munosabatlarini albatta ko’rsatish shart. Buning uchun kubiklar, piramidalar,
kitoblar va boshka narsalardan foydalanish mumkin. Masalan, uycha qurilishini ko’rsatib
beruvchi harakatlarni quyidagi so’zlarni aytgan holda amalga oshirish zarur: «Kubikning ustiga
kubik ko’yamiz, devor hosil bo’ldi. Devor ortida stolcha turibdi» (bu o’rinda devor ortidagi narsa
harakatini ko’rsatish zarur). Stolcha atrofida kuyoncha va ayikcha o’tirishibdi. Stol ustida
piyolalar bor, stol ostida esa skameyka turibdi». Stol ustidagi va ostidagi narsalar holatini albatta
ko’rsatib zarur, shundagina bola narsalarga oid so’z birikmalarini oson o’zlashtirib oladi.
Maxsus grammatik mashklarni suratlardan foydalangan holda amalga oshirish lozim.
Ularni sinchiklab ko’rib chiqqandan va savollarga bir so’zli javob berilganidan so’ng to’lik
bilvosita ko’shimchani tuzish va aytib ko’rishga o’tish darkor, chunki, ularga fe’lga bog’liq
so’zni rasmiylashtirish ancha kiyin kechadi. Masalan, Alisher Barno bilan koptok o’ynayapti.
Kizcha choynagi bilan gullarni suђormokda.
Bitta surat syujeti asosida savollar berish va bolaning unga javob qaytarishi savol-javob
tusidagi kizikarli Mashg’ulotlardan biri hisoblanadi. Masalan, «Bola ko’lini yuvmokda» surati
asosida kator savollar berish mumkin: «Xurshid, Timur, Alisher nima qilishayapti?», «Alisher
nimani yuvmokda?», «Biz ko’limizni nima bilan yuvamiz?», «Kimning ko’li toza?» va h.k.
Bola hayotining to’rtinchi yilida unga bir tarkibli gaplar tuzishni o’rgatish, shuningdek
uning nutqiga umumlashtiruvchi tushunchalarni kiritishga katta e’tibor beriladi. Mashg’ulotlarda
suratlar asosida, tayanch so’zlar yordamida, namoyish etilayotgan harakatlar asosida, gapning
yetishmayotgan kismlarini to’ldirish asosida gap tuzish kabi turli xil ishlarni amalga oshirish
zarur.
Bir tarkibli aniklovchilar bilan gap tuzishga doir ishlarni bolalar bilan «Toping, bu
nima?» o’yinini uyushtirish orkali amalga oshirish mumkin. Bola ajralib turuvchi belgilariga
karab narsa nomini aytishi zarur, masalan: «dumalok, sersuv, sarik, shirin, dumi bor, foydali» -
sholђom. YOki: - «katta, dumalok, ko’k, rezinali» – koptok.
Bir tarkibli kesimli gaplarni tuzish uchun «Esla va ayt» o’yinidan foydalanish mumkin.
Tarbiyachi bolaga topshirikni hech kim eshitmaydigan qilib aytadi. Bola topshirikni izchil
ravishda bajara boshlaydi, bolalar esa u nima kilayotganini aytib beradilar: «Abduazim kaychini
oldi, kizil va ko’k koђozlardan bo’laklar kesib olib, ularni Zuhra va Farruxga berdi».
Nutqni rivojlantirishga doir mashklar – ya’ni, nutqiy grammatik modellarni
mustahkamlashga doir mashklar boshka ishlar bilan, masalan kitob o’kish bilan birgalikda
118
bajarilishi mumkin. Kichik asarlarni o’kish o’kilayotgan matnga mos o’yinlar va harakatlar bilan
amalga oshirilishi mumkin.
Grammatik mashklar o’yin, sayr soatlarida, navbatchilik paytida bajarilishi lozim, shunda
kichkintoylarning nutqiy mahoratlari yanada ortadi.
Umuman olganda, bolaning maktabgacha tarbiya muassasasidagi butun faoliyati uning
dikkat-e’tibori, xotirasi, fikrlash doirasini rivojlantirishga, uning nutqini takomillashtirishga
xizmat qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |