O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


-MAVZU.  BOLALARNI BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

13-MAVZU.
 BOLALARNI BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH 
 
Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda bolalar badiiy adabiyotining ahamiyati 
 
Ilk yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish 
 
Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish 
 
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish 
Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda bolalar badiiy adabiyotining ahamiyati 
 
Badiiy  adabiyot  bolalarni  aklan,  axlokan  va  estetik  tarbiyalashning  kudratli,  ta’sirchan 
kuroli sifatida xizmat kiladi, u bola nutqining rivojlantirish va boyitishga ulkan ta’sir ko’rsatadi. 
SHe’riy  obrazlarda  badiiy  adabiyot  jamiyat  va  tabiat    hayotini,  insoniy  his-tuyђular  va 
o’zaro munosabatlar olamini ochib beradi hamda tushuntiradi. Bu namunalar o’z tas’ir kuchiga 
ko’ra  turlicha  bo’ladi:  hikoyalarda  bolalar  so’zlarning  lo’ndaligi  va  anikligini  bilib  oladilar; 
she’rlarda o’zbekcha nutqning musikiyligini, ohangdorligini ilђaydilar; xalq ertaklari ular oldida 
tilning  anikligi  va  ifodaliligini  namoyon  kiladi,  ona  tilidagi  nutqning  yumor,  jonli  va  obrazli 
takkoslashlar, ifodalarga qanchalik boyligini ko’rsatadi. 
Bolalar badiiy asarlar kahramonlariga qayg’urishni o’rganganlaridan so’ng ular yakinlari 
va  atrofdagi  odamlar  kayfiyatini  paykay  boshlaydilar.  Ularda  insonparvarlik  his-tuyђulari  – 
birovning  dardiga  sherik  bo’lish,  yaxshilik  qilish,  adolatsizlikka  nisbatan  karshilik  ko’rsatish 
kobiliyati uyђona boshlaydi. Bu printsipiallik, halollik, hakikiy fukarolik hislari tarbiyalanadigan 
poydevordir.  «His-tuyђular  bilimdan  oldin  keladi;  kimki  hakikatni  his  kilmagan  bo’lsa,  u  uni 
tushunmagan va tanimagandir»
14

Xalq – bolalarning betakror o’kituvchisidir. Xalq asarlaridan boshka hech qaysii asarlarda 
kiyin  talaffuz  kilinadigan  tovushlarning  bunday  koyilmakom  qilib  joylashtirilishini,  jarangiga 
ko’ra  bir-biridan  zo’rђa  fark  kiladigan  so’zlarni  hayron  kolarli  darajada  yonma-yon  terilishini 
uchratish  kiyin.  Beozor  hazillar,  nozik  yumor,  sanok  she’rlar  –  pedagogik  ta’sir  ko’rsatishning 
samarali  vositasi,  dangasalik,  ko’rkoklik,  o’jarlik,  injiklik,  fakat  o’zini  o’ylash  (egoizm)kabi 
xislatlarga karshi yaxshigina «malhamdir». 
                                              
14
 Белинский В.Г., Чернишевский Н.Г., Добролюбов И.А. О детской литературе., 1954, 8-бет. 


 
141 
Ertaklar  olamiga  sayohat  bolalar  tasavvurini,  ularning  xayolot  olamini,  fantaziyasini 
rivojlantiradi.  eng  yaxshi adabiy namunalar  asosida insonparvarlik  ruhida tarbiyalangan  bolalar 
o’z hikoyalarida va ertaklarida mazlumlar va zaiflarni himoya qilish, yomonlarni jazolash orkali 
o’zlarining adolatparvarligini namoyon kiladilar. 
Va  albatta  bolalar  estetik,  ayniksa  axlokiy  tasavvurlarni  kattalarning  (ota-onalar, 
pedagoglar)  o’qib  chikilgan  asarlar  bo’yicha  nasihatnamo  mulohazalaridan,  tayyorlangan 
savollarga javob berishdan emas, balki aynan badiiy  asarlardan olishlari lozim. O’qib chikilgan 
asar  bo’yicha  haddan  tashkari  ko’p  nasihat  qilish  katta,  ko’pincha  esa  tuzatib  bo’lmas  ziyon 
yetkazadi: mayda-chuyda  savollar  bilan  «sochib  tashlangan»  asar  bolalar  ko’z  o’ngida o’zining 
barcha  jozibadorligini  yo’kotadi,  okibatda  unga  nisbatan  bolalarning  ham  kizikishi  yo’koladi. 
SHuning uchun badiiy matning tarbiya imkoniyatlariga to’lik tayanish zarur.  
K.D.Ushinskiy  shunday  yozadi:  «Bola  ona  tilini  o’rganar  ekan,  u  fakat  shartli 
tovushlarnigina o’rganmaydi. Balki ona tilining ona ko’kragidan ma’naviy hayot va kuchni ham 
emadi. U bolaga tabiatni shunday tushuntiradiki, boshka hech bir tabiatshunos bunga kodir emas, 
u  atrofdagi  odamlar  xarakteri,  u  yashayotgan  jamiyat,  uning  tarixi  va  intilishlarini  shunday 
tanishtiradiki,  boshka  hech  kanday  tarixchi  bunga  kodir  emas;  U  bolani  xalq  udumlari,  xalq 
she’riyatiga shunday olib kiradiki, boshka hech bir estetik bunga kodir emas, nihoyat u bolaga 
shunday mantikiy tushunchalar va falsafiy karashlarni beradiki, albatta, boshka biron-bir faylasuf 
bunga  kodir  emas»
15
.  Buyuk  pedagogning  ushbu  so’zlarida  nafakat  ona  tilini  o’zlashtirish 
natijalari,  balki  uni  o’rganish  metodi:  «nafakat  ko’p  narsani  o’rgatadigan,  balki  hayron  kolarli 
darajada  oson,  kandaydir  yetishib  bo’lmaydigan  metod  asosida  o’kitadigan»
16
  o’kituvchi  tiliga 
ishonch ko’rsatib berilgan. 
 
SHunday  qilib,  ona  tilidagi  muayyan  badiiy  asarni  egallashda  bolalarga  yordam  berar 
ekan, o’kituvchi har tomonlama tarbiyalash vazifasini ham bajaradi. 
Maktabgacha  davrdagi  har  bir  yosh  bosqichi  o’zining  nutqiy  rivojlantirish  vazifalarini 
ko’yadi. YOsh o’sib borishi bilan adabiy asarlarni kabul qilish darajasi ham ortib borishi tufayli 
ular  asta-sekin  murakkablashtirilib  boriladi.  Bolalarda  she’r  tinglay  olish  kobiliyati  rivojlanadi. 
SHundan kelib chiqqan holda kattalar bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishlari zarur. 
Bolalarning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  ularni  har  bir  yosh  bosqichida 
bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirib borish masalalarini ko’rib chikamiz. 
  

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish