O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

Metodik  ko’rsatmalar:  Bolalarning  «v»  va  «f»  tovushli  suratlarni  to’g’ri  tanlashlarini 
hamda so’zlarni anik va baland ovozda aytishlarini nazorat kiling. 
 
XULOSALAR: 
 

 
«Nutq  madaniyati»  atamasi  ko’p  kirralidir:  1-uni  keng  ma’noda  tushunish  mumkin, 
unda u  «nutq madaniyati» sinonimiga ega bo’ladi (bu o’rinda u namunaviy husnixat 
matnlarini  va  umuman  olganda,  til  tizimining  potentsial  xususiyatlarini  ko’zda 
tutadi);  2-tor  ma’noda,  nutq  madaniyati  –  bu  kundalik,  og’zaki  va  yozma  muloqot 
sharoitida  til  xususiyatlari  hamda  imkoniyatlarini  anik  yuzaga  chikarishdir;  3-nutq 
madaniyati – bu mustaqil lingvistika fanidir. 


 
138 

  Nutq  madaniyati  –  og’zaki  va  yozma  adabiy  nutq  me’yorlarini  (talaffuz,  urђu, 
grammatika,  so’zni  ko’llash  koidalari  va  boshk.),  shuningdek  nutq  maksadi  va 
tarkibiga muvofik holda til vositalaridan foydalana olish qobiliyatini o’zlashtirish. 

  Lingvistik  adabiyotlarda  odatda,  adabiy  tilni  o’zlashtirishning  ikki  bosqichi  haqida, 
ya’ni: nutqning to’g’riligi va nutqiy mahorat haqida aytish kabul kilingan.  

  Maktabgacha  yoshda nutqda tovush madaniyatini tarbiyalash vazifasi bu – bolalarda 
so’zdagi  tovushlarni  sof  va  tushunarli  qilib  talaffuz  etishni,  so’zlarni  o’zbek  tili 
orfoepiyasi me’yorlariga muvofik holda to’g’ri talaffuz qilishni, anik talaffuz qilishni 
(yaxshi diktsiya) hamda nutq ifodaliligini tarbiyalashdan iborat. 

  Bolalarning tovush artikulyatsiyasini o’zlashtirish jarayoni ancha davomli bo’lib, u 5-
7 yilga cho’ziladi. 

  Agarda  bolalarga  o’z  vaktida  va  muntazam  ravishda  o’rgatilsa  ular  hech  bir 
kiyinchiliksiz barcha prosodemalarni (intonatsiyalarni) o’zlashtirib olishlari mumkin. 

  Intonatsiyalarning  6  ta  turi  mavjud:  sanash  intonatsiyasi,  karama-karshi  ko’yish, 
chakirish, ogohlantirish (yoki ikki nukta), kirish, ajratib ko’yish. 

 
O’zbek  tilining  fonetik  va  fonologik  vositalari  ravon  nutqda  bir  vaktning  o’zida 
foydalanilmokda. 

  Nutqning  tovush  madaniyatini  tarbiyalash  nutqning  boshka  jihatlarini  ham,  ya’ni: 
lug’at,  ravon,  grammatik  to’g’ri  nutqni  rivojlantirish  bilan  bir  vaqtida  amalga 
oshiriladi. 

  Nutqiy  rivojlantirishning  dastlabki  bosqichida    tinglash  kobiliyatiga  alohida  o’rin 
beriladi  (garchi  asosiy  mazmun  yuki  yukori  tovushni  tinglay  olish  kobiliyati 
zimmasiga tushsa ham). 

  YAxshi  rivojlantirilgan  nutqni  tinglash  kobiliyati  ona  tilining  barcha  tovushlarini 
anik,  tushunarli  va  to’g’ri  talaffuz  kilinishini  ta’minlaydi,  so’zni  talaffuz  qilish 
balandligini  to’g’ri  boshkara  olish,  ohista  sur’atda,  intonatsion  ifodali  so’zlash 
imkoniyatini beradi. 

  Artikulyatsiya  apparati  organlarining  yaxshi  harakatchanligi,  yaxshi  tinglash 
kobiliyati bolaning tovush talaffuzidagi nuksonlarni bartaraf etish imkonini beradi. 

 
To’g’ri nutqiy nafas olish normal tovush vujudga kelishini ta’minlaydi, tegishli nutq 
balandligiga,  pazualarga  anik  rioya  qilishni  ta’minlash,  nutqning  bir  tekisligini  va 
intonatsion ifodalilikni saklash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. 

  Ovoz sifati nafas olish, ovoz va artikulyatsiya apparatlarining birgalikdagi faoliyatiga 
bog’liq bo’ladi. 

  Maktabgacha  yosh  ona  tilining  barcha  tovushlarini  to’g’ri  talaffuz  qilishni 
shakllantirish uchun eng kulay davr hisoblanadi. 7 yoshgacha bola ona tilining barcha 
tovushlarini  adabiy  til  me’yorlariga  muvofik  holda  talaffuz  qilishni  o’rganib  olishi 
shart. 

  Diktsiya  (tovushlar,  so’zlar,  iboralarni  to’g’ri  talaffuz  qilish)  artikulyatsiya  apparati 
faoliyatini  rivojlantirish  va  takomillashtirish  bilan  bir  vaqtida  asta-sekin 
shakllantiriladi. 

  Pedagog  (bola  atrofidagi  kattalar)  bolalarning  adabiy  talaffuz  me’yorlariga  rioya 
qilishlari  ustidan  doimiy  nazoratni  amalga  oshirishlari,  barcha  xatoliklarni  to’g’ri 
talaffuz namunalarini ko’rsatgan holda bartaraf etishlari lozim. 

  Maktabgacha  yoshda  barcha  bolalarda  so’zlar  ancha  tinik  talaffuz  etiladigan  ohista 
nutq sur’atini shakllantirish darkor. 

  Intonatsiya  –  bu  jaranglayotgan  nutqka  oid  barcha  ifoda  vositalarining  murakkab 
majmui bo’lib, uning yordamida muloqot jarayonida fikrlar va ifodalarni, shuningdek 
emotsional-iroda munosabatlarini aniklashtirish amalga oshiriladi. 

  Bolalar  nutqining  intonatsion  ifodaliligi  ustidagi  ishlar  asosan  taklid  yo’li  bilan 
amalga oshiriladi. 


 
139 

  Nutqni  rivojlantirishning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  nutqning  tovush 
madaniyatini  shakllantirishni  3  ta  bosqichga  bo’lish  mumkin:  1-bosqich  –  1  yilu  6 
oydan  3  yoshgacha;  2-bosqich  –  3  yoshdan  5  yoshgacha;  3-bosqich  –  5  yoshdan  7 
yoshgacha. 

  1-bosqichda  nutqning  tovush  madaniyatini  shakllantirish  kattalarning  bolalar  bilan 
muntazam  muloqoti  orkali  amalga  oshiriladi.  Asosiy  vazifa  -    tinglash  qobiliyatini 
doimiy 
ravishda 
rivojlantirib 
borish, 
artikulyatsiya 
apparati 
organlarini 
mustahkamlash  va  rivojlantirishdan  iborat.  Bunda  har  xil  tovush  taklidlarini  o’zida 
jamlagan o’yinlar, she’rlar, ko’shiklar, hikoyalardan foydalanish mumkin. 

  2-bosqichda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash tovush talaffuziga doir ishlarni 
olib borish jarayonida amalga oshiriladi. Asosiy vazifa – bolalarda fonematik tinglash 
va  ona  tilining  barcha  tovushlarini  to’g’ri  talaffuz  qilish,  so’zlar  va  iboralarni  anik 
hamda  tushunarli  qilib  talaffuz  etish;  ovoz  balandligini  vaziyatdan  kelib  chiqqan 
holda  boshkarish  qobiliyatini  tarbiyalash,  so’zlarni  ulardagi  urђularga  anik  rioya 
kilgan  holda  to’g’ri  va  anik  talaffuz  qilishdan  iborat.  Ayni  paytda  tovush  taklididan 
foydalanish  darkor.  Ona  tilidagi  barcha  tovushlarni  mashk  qilish  navbati  bilan  bir-
birini  almashtiruvchi  to’rtta  turni  ko’zda  tutadi:  artikulyatsiya  apparati  organlarini 
tayyorlash,  ajratilgan  tovushni  talaffuz  qilishni  aniklashtirish  va  ushbu  tovushni 
boshkalari  ichidan  ajrata  olish,  iborali  nutqda  tovushni  to’g’ri  talaffuz  qilishni 
mustahkamlash. 

  3-bosqichda  nutqning  tovush  madaniyatini  tarbiyalashni  bolalar  tomonidan  ko’p 
hollarda  aralashtirib  yuboriladigan  tovushlarni  (shuvillovchi, hushtaksimon,  jarangli, 
jarangsiz va boshk.) tabakalashtirishga doir ishlar bilan bog’liq holda amalga oshirish 
lozim.  Bunda  asosiy  vazifa  nutqiy  tinglashni  yanada  takomillashtirish,  anik,  to’g’ri, 
intonatsion ifodali nutq ko’nikmalarini mustahkamlash. 

  Tabakalashtirish  ajratib  ko’yilgan  tovushlar  bo’yicha  ham  va  ayni  paytda    so’zlar 
hamda  iborali  nutqlar  bo’yicha  ham  amalga  oshiriladi.  Bu  esa  bir  vaktning  o’zida 
bolalarda  nutqiy  nafas  olish,  diktsiya,  intonatsion  ifodalilik,  ya’ni  nutq  tovush 
madaniyatining barcha kirralarini  takomillashtirish imkonini beradi. 

  Har  kanday  tovush  juftligini  tabakalashtirish  uch  turdagi  ishni  amalga  oshirishni 
ko’zda  tutadi:  ajratib  ko’yilgan  tovushlarni  tabakalashtirish;  so’zlarda  tovushlarni 
tabakalashtirish; nutqda tovushlarni tabakalashtirish. 

  Tovushlarni  tabakalashtirish  uchun  materiallarni  she’rlar,  hikoyalar,  tez  aytishlar 
orkali  berish  va  bir  vaktning  o’zida  bolalar  bilan  nutq  sur’ati,  diktsiya,  ovozdan 
to’g’ri  foydalana  olish,  so’zlarni  adabiy  me’yorlarni  hisobga  olgan  holda  talaffuz 
qilishni mashk qilish lozim. 
 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish