1.3.Qushlar va hasharotlar hayotidagi o'zgarishlar. Mart oyida qushlar uchib
kela boshlaydi. Qushlarda ko'payish davri bosh lanishi sababli ularda uyalariga
qaytib kelish zarurati tug'iladi. Agar qushlarda ko'payish ikkinchi yilda bo'lmay,
uchinchi yilda sodir bo'lsa (masalan: kakkuga o'xshash) u vaqtda ular ikkinchi yili
ham o'sha yerda qishlab qoladilar.
Qushlar, odatda oziqovqat paydo bo'lishi bilan, hasharotxo'r qushlar esa
keyinroq uchib keladilar. Ularning uchib kelishi hasharotlarning ko'payishi davriga
to'g'ri keladi. Suvda suzuvchi qushlar suv havzalarida hayot qaynaganda uchib
keladilar. Mart oyida biz bolalar bilan birgalikda turnalar, g'ozlar va o'rdaklarning
to'dato'da bo'lib uchib kelayotganligini kuzatamiz.
Fevralning oxiri, martning boshlarida jiblajibonlar uchib keladilar. Ular
bahorning darakchilaridan hisoblanadilar.
Qaldirg'ochlar, jarqaldirg'ochlar, popishak, chug'urchuqlar uchib kelib,
bo'g'otlarga, daraxt kavaklariga uya quradilar.
Chug'urchuqlar qurilgan tayyor uyalarga zo'r ishtiyoq bilan joylashadilar.
Shuning uchun bog'cha hovlisida bolalar bilan birgalikda erta bahorda daraxtlarga
donxo'rak va inlar osib qo'yish kerak.
Qushlar qo'shaqo'sha bo'lib urchiy boshlaydilar. Ba'zi bir qushlar butun bir
umrga juftlashadilar. Agar ular qishda ba'zan ajralishsa, bahorda yana o'sha eski
inlarida uchrashadilar. Qarg'alar esa o'z juftlaridan hatto qish faslida ham
ajralmaydilar. Zag'chalar o'z juftlari bilan har yili o'zlarining eski inlariga
joylashadilar.
Qushlar eski inlariga qaytib kelganlaridan keyin, uni «tuzatadilar». Ular
tumshuqlarida pat va xashaklarni tishlab inlariga olib keladilar. Ba'zan ular daraxt
86
shoxlarida shovqinsuron qilib shox talashadilar. Bu vaqtda qushlarning sayrashlari,
hushtaklari va qiyqirishlari, ajoyib parvozlari kishini o'ziga jalb qiladi.
In qurish vaqtida ota qushlar patlarining to'kilishi juda yaqqol ko'zga
tashlanadi. Ona qushlarniki u qadar yaqqol ko'zga tashlanmaydi. Bolalar bilan
ekskursiyaga chiqqanda ularning e'tiborini bu narsaga qaratish zarur.
Mart oyida g'urraklarning g'urullashi yanada ko'proq eshitila boshlaydi.
Chittaklarning ovozi yana ham o'tkirroq, sa'valarning ovozi esa ahyonahyondagina
eshitiladi.
Zag'cha, qarg'a singari ko'chib yuruvchi qushlar esa astasekin uchib keta
boshlaydilar.
Mart oyida ko'pgina hasharotlar (yaltiroq quit (9rasm), qarsildoq qo'ng'iz va
boshqalar) paydo bo'ladi. Ular o'simliklarning asosiy ildizlarini kemirib, ularga katta
zararyetkazadilar. Buning natijasida ko'pgina o'simliklar nobud bo'ladi. Ayniqsa bu
kabi hasharotlar tut daraxtlarining ildizlariga zarar yetkazadilar.
Mart oyining boshlarida, ba'zan esa fevral oyining oxirlarida iliq kunlar
boshlanishi bilanoq arilar o'z uyalaridan uchib chiqadilar.
Asalarilar kattakatta oila bo'lib yashaydilar. Har bir oilada bitta ona urug'i
bo'lib, u besh yilgacha yashaydi. Bahorgi iliq kunlarning boshlanishi va gullarning
ochila boshlashi bilan ona ari tuxum qo'ya boshlaydi. Bundan avvalo lichinkalar,
keyinchalik esa qo'g'irchoqlar paydo bo'ladi va nihoyat katta asalarilar yetishadi.
Bolalar bilan mevali bog'larga ekskursiyaga chiqilganda asalarilarning o'rik,
shaftoli va boshqa o'simlik gullarining biridanikkinchisiga qo'nib yurganligini
kuzatish mumkin. Bolalar asalarilarning g'uvillashini eshitadilar. Bolalar bog'chasi
gulzorlarida ham asalarilarni kuzatish mumkin.
Hovuzlar tagidan suzg'ich qo'ng'izlar (10rasm), suvsevar qo'ng'izlar suv
yuziga chiqadilar.
Suzg'ich qo'ng'izlar chuchuk suvlarda yashovchi umurtqasiz hayvonlarning
eng yirik va kuchli vakillaridan biridir. Uning tanasi yashil qora tusda va tanasi
atrofida sariq hoshiyasi bor. Hovuzlarga ekskursiya vaqtida tarbiyachi suvdagi
qo'ng'izlarni o'simliklarga ilashtirib oladi. Uni ehtiyotlik bilan olish kerak, boimasa
qo'lni tishlab oladi.
Suvsevar qo'ng'iz ham yirik suv qo'ng'izlari qatoriga kiradi. Uning rangi qora
yoki qo'ng'ir bo'ladi. U o'simliklar bilan ovqatlanadi.
Tabiat burchagida qo'ng'izlarni baliqlardan bo'lak akvariumda saqlash kerak,
chunki qo'ng'iz yovvoyi hasharotdir. Suzuvchi qo'ng'iz qo'yiladigan akvarium keng
va baland bo'lishi kerak. Qo'ng'iz unda bemalol suzib yura oladi. Bunda akvarium
doka bilan bekitiladi. Suzg'ich qo'ng'izlar, odatda, kechasi ovqat izlab chiqadilar.
Katta guruh bolalari bilan suzg'ich qo'ng'iz hamda baliqlar ustida kuzatishlar
olib borish mumkin. Bolalar baliq ham, suzg'ich qo'ng'iz ham suvda yashab, ammo
87
ucha olishi ham mumkinligi haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Bunda baliq tanasi
tangachalar bilan qoplanganligiga, qo'ng'izlarda esa qanot borligiga bolalarning
diqqatlarini jalb qilish zarur. Baliq suzg'ich qanotlari yordamida, qo'ng'iz esa orqa
oyoqlari yordamida suzadi. Qo'ng'izning old oyoqlari orqa oyoqlariga qaraganda
uzunroq bo'ladi. U xom go'sht va chuchalchang yeydi.
Aprel oyida uya quruvchi qushlarning uchib kelislii ancha kamayadi.
Zarg'aldoq, bulbul, moyqut, ko'rshapalak, laylak, ko'k qarg'a, chivinxo'r,
shuningdek, o'zining kelganligidan xabar beruvchi kakkular ham uchib keladilar.
Aprel oyida turg'un qushlarda ham katta jonlanish boshlanadi. Ularning
xattiharakatlari ham o'zgaradi. Jumladan, chumchuqlar uchishdan to'xtaydilar. Ular
juftjuft bo'lib, ota chumchuq yangi chiqqan patiarini yozib ona chumchuq oldida
sakrab yuradi. Chumchuqlar uylarning bo'g'otlarida, shuningdek, katta qushlar
tashlab ketgan bo'sh joylarga uya soladilar.
Aprel oyida ko'kqarg'a, go'ngqarg'a, sa'valarning uchib ketishi tugaydi.
Shaharda endi so'fito'rg'aylarni uchratib bo'lmaydi.
Uy parrandalari: tovuqlar, o'rdaklar, g'ozlar tuxum bosadilar. Bu tuxumlardan
quyuq path, ko'zlari mo'ltirab turgan, chopishga va ovqat cho'qishga qobiliyatli
bo'lgan qush bolalari — jo'jalar chiqadilar.
Aprel oyida turli qo'ng'izlar: tillaqo'ng'iz (ko'k rangli qo'ng'izcha), tutxo'r
qo'ng'iz (havo rang va yonlarida sarg'ish dog'lari bo'lgan kichkina qo'ng'izcha), meva
qo'ng'iz (yashil belgili, qanot ostlarida uchta oltinsimon chuqurchasi bo'lgan
qo'ng'iz)lar paydo bo'ladi.
May oyida qizil zag'chalar uchib kela boshlaydi. Kakkularning sayrashlari
eshitiladi, qizilishton, laylak, popushak, ko'kqarg'a, qaldirg'ochlar tuxum qo'ya
boshlaydilar. Kakku o'z uyasiga tuxum qo'ymay, balki boshqa qushlarning uyasiga
(uning tuxumlari 20 tagacha bo'ladi) qo'yadi. Kakku uyaga tuxum qo'yganida uya
egasining bitta tuxumini olib tashlab, o'zining tuxumini qo'yadi. Shunday qilib,
uyadagi tuxumlaming soni o'zgarmay qolaveradi. Shu bilan kakkuning nasllar
haqidagi g'amxo'rligi tamom bo'ladi.
Kakkular boshqa qushlarga nisbatan bir sutka ilgari tuxumlarni ochib
chiqadilar, tuxumni uyadan chiqarib tashlab o'zlari qoladilar. Ular uyadagi boshqa
qushchalarga mutlaqo o'xshamaydi, biroq qushlar o'z bolalari singari ularni ham
muhabbat bilan parvarish qilaveradilar.
May oyining o'rtalarida qushchalarning tuxumdan chiqishi boshlanadi. Yosh
chumchuqlar, zag'chalarning bolalari chiyillaydilar, jarqaldirg'ochlar ovoz chiqarib
uchib yuradilar. Bolalar ularning ovoziga quloq soladilar va qushchalarni
ko'rsatishni iltimos qiladilar.
88
May oyida har xil rangdagi kapalaklar: limon o'simligi kapalagi, qichitqi o't
kapalaklari va boshqalar paydo bo'ladi. Ekin maydonlarida sassiq qo'ng'iz (katta
hajmdagi qo'ng'iz), go'rkov qo'ng'iz, xonqizi paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |