O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


O'simliklar  hayotidagi  o'zgarishlar



Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/260
Sana29.12.2021
Hajmi4,99 Mb.
#83319
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   260
Bog'liq
tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi (1)

1.2.O'simliklar  hayotidagi  o'zgarishlar.  Mart  oyida  dalalar  «ko'klam  libosini 
kiyadi». Boychechak, chuchmoma, sovrinjon, gunafshalar ochila boshlaydi. Yovvoyi 
ildizli  o'simliklar,  lolalarning  ko'pgina  turlari,  giatsintlar,  har  turli  narsislar  barg 
chiqara boshlaydi. 
Toshkentning  tepalik  va  yon  bag'irlari  ertangi  gulsapsar,  lola,  nilufar  singari 
gullar bilan qoplanadi. Bu gullar ko'p yil yashasa ham, yog'ingarchilikdan keyingina 
gullaydi. Yozda ularning tanalari quriydi, yer ostida esa  ildizlari saqlanib qoladi. 
Ochiq  va  baland  joylarda  oq  qaldirmoq,  boychechak,  itgunafsha,  qoqio't, 
kapalakgul, gunafsha, bo'tako'z singari bir yillik o'simliklar ham gullaydi. 
Daraxtlar  shira  chiqara  boshlaydi.  Qor  erishi  bilan  daraxt  ildizlari  yerdagi 
namlikni o'ziga tortadi. O'simlik to'qimalari suvga to'ladi, suv olish bilan birga ozuqa 
moddasi bo'lgan uglevodni ham oladi. Uglevod barg to'qimalari orqali ildizga borib, 
kunlar  isiy  boshlashi  bilan  ildizdan  kurtakka  qarab  yo'naladi.  Kurtak  bo'rtadi  va 
ochiladi. Ozuqaning  shunday  harakati  orqali  o'simlik  «uyg'onadi». Suvning  ildizdan 
daraxtga ta'siri shoxshabba orqali bo'ladi, yozda suv shoxlar orqali ildizga boradi va 
parlanadi. 
Mart  oyida  qo'ziqorinlar  paydo  bo'ladi.  Ular  O'zbekiston  sharoitida  uch 
haftagina  o'sadilar,  biroq  seryomg'ir  bahorda  qo'ziqorinlar  aprelmay  oylarida  ham 
o'sishni davom ettiradi. 
Mart oyida ko'lmak suvlarda lempa, elodeya, qo'ytikan, perolistnik va boshqa 
suv o'simliklari o'sadi. 
Aprel oyida deyarli barcha daraxtlar barg chiqaradi. Eman va shumtol singari 
daraxtlar hamma daraxtlardan keyin ko'karadi. 
Yog'ochli  daraxtlar  gullay  boshlaydi,  yong'oq,  eman,  tol  singari  daraxtlar 
gulto'da  chiqara  boshlaydilar,  zarang  daraxtining  gullari  kul  rang  va  ko'ksariq  tusda 
bo'ladi, shumtol daraxtida esa mayda gul kosalari ichida o'tiradi, akatsiyada — cho'p 
shaklidagi oq, xushbo'y gullar ochiladi, gledichiya daraxtida, ko'rimsiz, mayda sariq 
gulchalar paydo bo'ladi. 
Aprel oyida nastarin, jasmin, buldonej singari buta o'simliklari gullaydi. 
Daraxtlarning uyg'onishi obhavoning isishiga bog'liq bo'ladi. 
Martning  oxiri  va  aprel  oyining  birinchi  yarmida  danakli  o'simliklardan 
birinchi bo'lib: shaftoli, olcha, tog'olcha, olxo'ri gullaydi. Keyinchalik aprel oyining 
yarmida mevasining ichida urug'i boigan daraxtlardan: olma, nok, behi gullaydi. 
Bahorda  harorat  bir  me'vonda  ko'tarilganda  danakli  daraxtlar  bilan  urug' 
daraxtlarning gullashi deyarli oldinmaketin, ayrim hollarda esa, bir vaqtning o'zida 
gullaydi. 


85 
 
 
O'rik,  shaftoli  singari  daraxtlar  awal  gullab,  keyin  barg  chiqaradi.  Olcha, 
tog'olcha,  olma,  nok,  olxo'ri,  behi  singari  daraxtlar  esa  awal  barg  chiqarib,  keyin 
gullaydi.  Obhavo  sharoitining  qulay  kelishi  daraxtlarning  ko'plab  gullashiga  imkon 
beradi va hosildorlikni oshiradi. 
Bolalar  bilan  gullarning  har  turli  rangi  va  tuzilishi  bilan  tanishtirish 
maqsadida  mevali  boqqa  ekskursiyalar  o'tkaziladi.  Bolalar  o'rik,  shaftoli,  olcha 
daraxtlarining gullarini hajmiga, barglarining rangiga qarab tezda ajrata olib, eslarida 
saqlab qolish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 
Ana shu vaqtda sahrolarda lolaqizg'aldoq va lolalar chamandek ochiladi. 
Aprel  oyining  oxirida  va  ko'pincha  may  oyining  boshlarida  jiyda  daraxti 
kumushsimon barglar bilan qoplanadi. U kuchli xushbo'y hid taratuvchi sariq gullar 
chiqaradi. 
May oyida buldonej, uzum, jiyda gullaydi, olcha, gilos, qulupnay pishadi. Suv 
havzalarida  mayda  suv  o'simliklarining  ko'payishi  davom  etadi  va  suv  yashil  yoki 
sariq tusga kiradi. 

Download 4,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish