BOLALARNI YIL FASLLARI BILAN TANISHTIRISH
Mashg’ulot rejasi:
1. Bahor fasliga tavsifnoma
2. Yoz fasliga tavsifnoma
Mashg’ulotning maqsadi:
Talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni yil fasllari bilan
tanishtirish bo’yicha ma’lumotlar berish.
Ma’ruza mazmuni:
1. BAHOR FASLIGA TAVSIFNOMA
Bahor mavsumi kalendar hisobi bo'yicha birinchi martdan boshlanadi. Lekin
bahoming kelishi har yilda turlicha bo'ladi.
Yurtimizda bahor erta, odatda fevral oyidayoq boshlanadi. Biroq mart oyining
oxirgi o'n kunligida ko'pincha qor yog'ib, ertasigayoq erib ketadi.
Bahor kunlarining boshlanishi bilan daraxt kurtaklari bo'rtadi, mevali
daraxtlar gullay boshlaydi. Shundan keyin bo'lgan qattiq sovuqiar esa kurtak va
gullarni urib ketadi. Natijada o'rik, shaftoli va boshqa mevali daraxtlar hosil
bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |