mumkin. Jumladan, Butanga yiliga 5,0 ming kishi kirishi mumkin bo’lib,
buning uchun kuniga 200 dollar hisobidan ekologik soliq to’lash
talab
etiladi. Ummonda mahalliy musulmon jamiyatiga g’arb madaniyatining
salbiy ta’siriga yo’l qo’ymaslik uchun shunday kvota belgilangan. AQSH
siyosiy sabablarga ko’ra o’z hududiga Iroq, eron, SHimoliy Koreya, Kuba
fuqarolarini kiritmaslikka harakat qiladi. Xullas, mamlakatga turistlarni
kiritish tartib-taomillarini murakkablashtirish uchun juda ko’p sabablar
mavjud. Sayohatni rejalashtirishda hamisha ularni e’tiborga olish kerak.
CHunki aeroportlar yoki dengiz portlari, avtomobil yo’llari
va temir
yo’llardagi chegara punktlarida faoliyat ko’rsatuvchi migratsiya
xizmatlari hatto konsullik tomonidan berilgan vizaga ega shaxsga ham
sababini tushuntirmasdan mamlakatga kirishni rad etishi mumkin.
Tabiiyki, bu muammo ham turistning xavfsizligi bilan bog’liq,
chunki bunda u moddiy va ma’naviy ziyon ko’radi. SHuning uchun har
bir safarga puxta tayyorgarlik ko’rish zarur.
Ayrim mamlakatlar turizmdan ko’proq naf ko’rish maqsadida o’zaro
vizasiz kirish zonasini e’lon qiladilarki, bu turizmni rivojlantirishga jiddiy
ko’maklashadi. Jumladan, O’zbekiston MDH doirasida Rossiya, Ukraina,
Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston,
Belarus va Moldova
bilan vizasiz kirish maydoniga ega. Turkiya jahonning aksariyat
mamlakatlari uchun vizasiz rejim e’lon qildi va bu o’sha zahoti
mamlakatga tashriflar hajmida aks etib, multiplikatsion iqtisodiy samara
berdi. G’arbiy yevropaning 12 mamlakati
doirasida amal qiluvchi
SHengen vizasi turistlarga mazkur davlatlardan biriga moneliksiz chiqish,
so’ngra qolgan 11 davlat bo’ylab sayohat qilish imkonini beradi.
Har qanday holatda turist chegarada viza qo’yilgan milliy (chet el)
pasportidan tashqari taklifnoma, turistik vaucher, mehmonxonda joy
bronlashtirilgani haqida hujjat,
qaytish chiptasini, shuningdek ma’lum
miqdorda pul mablag’larini ko’rsatishi lozim. Mazkur zonaga kiruvchi
mamlakatlar pasportga milliy vizani qo’yishlari ham mumkin bo’lib, bu
chet ellik turistlarga ushbu vizani bergan mamlakat chegarasidan
chiqishni taqiqlaydi. Masalan, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi
o’zbekistonlik turistning pasportiga milliy viza qo’ygan bo’lsa, u
Frantsiya, Ispaniya, Gretsiya va boshqa davlatlarga chiqish huquqiga ega
bo’lmaydi.
SHengen vizasini berishda turistdan ayrim rasmiyatchiliklarni
bajarish talab etiladi. Masalan,
u SHengen zonasining boshqa
mamlakatlariga emas, balki aynan viza bergan mamlakatga kirishi lozim.
Bundan tashqari, u huquqbuzarlik sodir etgudek bo’lsa, uning
ma’lumotlari avtomatik tarzda umumiy ma’lumotlar bazasiga kiritilishini
va kelgusida boshqa istalgan diplomatik vakolatxona SHengen
zonasining boshqa mamlakatlariga viza berishni unga rad etishi
mumkinligini yodda tutish zarur. To’g’ri, huquqbuzarlikning turiga qarab
mazkur taqiqning amal qilish muddati belgilanishi ham mumkin.
Sayohatlar va turizm hajmlari jadal o’sishi bilan bir vaqtda, so’nggi
yillarda turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish
tushunchasi ham
kengayib bormoqda. Bugungi kunda turizmning rivojlanishiga monelik
qiluvchi omillarning ikki asosiy guruhi farqlanadi:
- sayohatchilarga taalluqli bo’lgan umumiy omillar;
- turistik xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanuvchilarga taalluqli
bo’lgan omillar.
Turizmni rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni olib tashlash jarayoni
odatda
Do'stlaringiz bilan baham: