O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/93
Sana03.06.2023
Hajmi1,66 Mb.
#948521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Joy o’zgartirilishi
. Bu erda mulohaza oddiy muhitdan tashqarida 
bo’lgan joyga yo’l safari haqida bormoqda (uydan ish joyigacha 
bo’lgan yo’l safari bundan istisno). 
2. 
Boshqa bir joyga kelib joylashish
. Bu erda asosiy joylashish o’rni 
doimiy yoki uzoq muddatga (joylashish 12 oydan oshmasligi kerak) 
mo’ljallanmasligidan iborat. 
3. 
Tashrif joyidagi manbadan mehnat to’lovi
. Safarning asosiy 
maqsadi, tashrif joyidagi manbadan to’lanadigan mehnat faoliyatini 
amalga oshirishdan iborat emas (bunday shaxslar sayyohlar emas, balki 
migrantlar hisoblanadi). 
Demak, turizm bu munosabatlar, aloqalar va voqea-hodisalar bilan 
birgalikda odamlarning yo’l safari, ularning doimiy yoki uzoq muddatga 
mo’ljallanmagan joylashuvi va ularning mehnat faoliyatiga bog’liq 
bo’lmagan majmuadan iborat. «Turizm» so’zi «Grand Tur» (Katta 
sayohat) iborasidan kelib chiqqan bo’lib, boshqa madaniyatlar bilan 
tanishuvga mo’ljallangan safar tushuniladi. 
Turizm, shu jumladan, turkorxonalar va birinchi navbatda turizm 
tashkilotchilari hamda vositachilari faoliyatidan iborat. SHunday qilib, 
turizm bu iqtisodning boshqarilishi kerak bo’lgan va o’z ichiga turizm 
tashkilotchilari va vositachilarining faoliyatini qamrab oluvchi tarmoqdir. 
Sayohat va turizm (travel and tourism) — bir-biri bilan bog’liq tushuncha 
bo’lib, ular inson hayot faoliyatining ma’lum bir tarzini ifodalaydi. Bu 
dam olish, faol yoki passiv ko’ngilocharlik, sport, atrof-muhitni anglash, 
savdo, fan, davolanish va boshqa ko’plab narsani qamrab oladi. Biroq, 
bunda har safar sayohatni boshqa faoliyat turlaridan ajratib turuvchi 
o’ziga xos harakat — insonning vaqtinchalik boshqa joyga, mamlakatga, 
qit’aga borishi, uning doimiy yashash joyidan uzoqlashishi nazarda 
tutiladi.
Sayohat — umumiy tushuncha ma’nosiga ega atama bo’lib, odam-
larning maqsadlaridan qat’i nazar, zamon va makonda ko’chib yurishini 
anglatadi. Sayohatlar ayrim shaxslar tomonidan alohida, yagona maqsad 
va qiziqishga ega bo’lgan shaxslar tomonidan ekspeditsiyalar, jumladan, 
harbiy ekspeditsiyalar tuzgan holda amalga oshirilib, ular tarkibida 
yuzlab va hatto minglab mutaxassislar, diplomatlar, migrantlar va ko’chib 
keluvchilar bo’lishi mumkin. Dengiz, havo va boshqa transport vositalari 
ekipajlari yillab o’z uylarida bo’lmaydilar. SHu tariqa, sayohat turmush 
tarzi, ish, dam olish bo’lishi mumkin. 
Turizm
— sayohatlarning bir turi bo’lsada, biroq o’ziga xos jihatlarga, 
ma’lum bir tavsifga ega bo’lib, unda ishtirok etuvchi shaxs turist deb 


nomlanadi. Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va 
siyosatning kuchli ta’siriga uchraydigan toifa bo’lib, buning ustiga ichki 
tabiiy hodisa dualizmiga ega
8

Turizm:
-
turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistik 
maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi, ya’ni turistning faoliyati; 
-
sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish bo’yicha turistik faoliyat. 
Bunday faoliyat turli xil turistik sanoat korxonalari va ular bilan 
bog’liq tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi. Turizm tushunchasiga 
ta’rif berishdan aval turizmning jarayon sifatida belgilarini ajratib 
olish zarur. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish