O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


 Turizmning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/93
Sana03.06.2023
Hajmi1,66 Mb.
#948521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93
1.4. Turizmning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
 
Turizmda ijtimoiy-iqtisodiy tizim quyidagi tavsif asosida qaraladi: 
-
maqsadga yo’naltirilgan ya’ni tizim harakatining umumiy maqsadi 
borligi; 
-
maqsadli va murakkab hulq;
-
turistlar oqimining mavsumiyligi, sayohatlarning o’tkazilish joyi va 
shakllarini tanlash; 


-
turizm tizimida aniq xarajatni oldindan bilishni qiyinligi. 
Zamonaviy g’arb iqtisodiyotida turizm murakkab ijtimoiy-iqtisodiy 
tizim sifatida qaraladi, qaysiki turist turistik industriya jamiyat, turistik 
siyosat va iqtisodiyot bir butunlik sifatida qaraladi. Bunda iqtisodiy 
muammolar turizmning ijtimoiy ekologik aspektlari bilan birgalikda tahlil 
qilinadi. Gap shundaki bugungi kunda hayotiy strategiya va hayot 
uslublari qoida bo’yicha bir xil ijtimoiy-siyosiy asoslar ichida 
shakllanadi, ular shaxsning ijtimoiy tizimidagi muayyan maqomi bilan 
yuzaga keladi. Ammo shaxs uchun boshqa ijtimoiy guruh vakillarining 
yashash tarzi ahamiyat kasb eta boshlasa, bu holda ushbu guruhning 
ahloqiy iste’mol namunalariga mos keluvchi hayot tarziga o’zini 
namoyon etish yo’li bilan mansubligini ko’rsatishga tayyor bo’ladi. 
Siyosiy va madaniy bilish turizm talablari segmenti kengaymoqda. 
Boshqa xalq va davlatlarning madaniyatini, san’tini an’analarini 
o’rganishga intiluvchi sayohatchilarning katta oqimi yevropaga, Osiyoga 
va yaqin sharqqa intilmoqda. Sayohatchilarning sport sog’lomlashtirish, 
davolash va boshqa turdagi turizmlarga siyosiy-madaniy o’rganish 
motivlarini kengayishi an’anasi kuzatilmoqda. Siyosiy-madaniy o’rganish 
turizm rivojlanishida xukumat va mahalliy ma’muriyatning madaniy 
yodgorliklarini avaylab asrash, ularga keluvchi sayyohlar oqimini 
boshqarishdagi kuch-g’ayratlari muhim o’rin tutadi. 
A.Maslouning ta’kidlashicha, o’zini faollashtiruvchi odatlar uchun 
o’rtacha o’rtacha odamlarning ko’pgina muammolariga xosdir: aybni his 
qilish, tashvishlilik, g’am ichki konfliktlar kabilar. Ammo ularning asosiy 
farqi tanlangan ishga va o’z qadriyatlariga sodiqligidir. Bu esa ularni o’z 
maqsadi uchun kurashda toshbag’ir qilib qo’yadi. Bir qarashda bu toifa 
boshqa shaxs tipiga nisbatan bog’liq aspektlariga markazlashganligi va 
hayotning ijtimoiy e’tibor ahamiyatsizligi bois turizm faoliyatiga kiritish 
uchun kam istiqbollidir. Biroq bu toifadagi ishlarning tegishli darajada 
tuzilgan strategiyasi uni talablar bozorini aniq segmentiga aylantirishi 
mumkin. Din, san’at, siyosiy sohadagi nom qozongan tarixiy 
arboblarning ramzi va obrazi uning uchun muhim bo’lgan joylarga 
sayohat qilishi mumkin. SHaxs ruxiy ma’naviy sohasining amalga 
oshirish uchun qo’shimcha sharoitlar yaratadigan safar: bunda u o’zini 
kasbiy yo’nalishida to’liq namoyon etadi. Marketing izlanishlari u yoki 
bu yoshli ijtimoiy, siyosiy madaniy tipik xisoblangan hayot uslublarini 
yuzaga chiqaribgina qolmay balki hayot uslublari ist’mol motivlari va 
harakati o’rtasidagi o’zaro munosabatini ham belgilash kerak. 
Turizm sohasi sayyohlarning o’zlarini hamda ularning 
maxsulotlarini tashkil etishga bevosita yoki bilvosita safarbar etilgan 
tashkilotlarning ham 
ehtiyojini 
qondirishni nazarda 
tutadi. 

xizmatlarning quyidagi turlarini o’z ichiga oladi. 


1.Sayyohlarni joylashtirish bo’yicha (mehmonxona, motellar, 
kempinglar, pansionatlar, sanatoriyalar, turizm bazalari va boshqalar). 
2.Sayyohlarni ovqatlantirishni ta’minlash bo’yicha (restoranlar, 
kafelar, barlar va boshqalar) 
3.Sayyohlarni passajir transportining xilma-xil turlarida mamlakat 
bo’ylab olib yurish va boshqa mamlakat hududlaridan olib o’tish. 
4.Ekskursiya xizmatlari (tarjimonlar, guruhlar ekskursovodlar). 
5.Madaniy qiziqishlarini qanoatlantirish bo’yicha xizmatlar 
(teatrlarga, kino, kontsert zallariga, bog’larga tabiat va tarixiy 
qo’riqxonalarga sport musobaqalar va boshqa tadbirlarga borish). 
6.Sayyohlarning amaliy va ilmiy qiziqishlarini qondirish bo’yicha 
(kongresslarda, assambleyalarda, ilmiy konferentsiyalarda, semenarlarda, 
yarmarka va ko’rgazmalarda qatnashishi, umumiy va maxsus maqsaddagi 
savdo tadbirlarida qatnashishi). 
7.Savdo korxonalarining umumiy ham maxsus maqsaddagi savdo 
xizmatlari (sovg’alar, otkritkalar va boshqalarni sotish) 
8.Sug’urta va tibbiy xizmatlar. 
9.Reklama va servis (sotish) xizmatlar (sayohatlar yo’nalishlarini 
ishlab chiqish, transportda, joylashish vositalarida o’rinlarni band qilish). 
10.Ma’muriy nazorat organlari xizmatlari (ijara, karantin, valyuta, 
bojxona, politsiya xizmatlari, shuningdek xujjatlarni rasmiylashtirish 
bo’yicha xizmatlar viza, pasport). 
11.Axborot xizmatlari (er sharining u yoki bu mintaqasidagi turizm 
resurslari, u yerdagi joylashish vositalari bojxona va chegara 
rasmiyatchiliklari va berilayotgan mamlakatdagi valyutaning kursi, 
transport turlarini ularning yo’nalishlari va bahosi haqida gazetalar, 
jurnallar, sayohatnomalar). 
12.Ekologik xizmatlarning tabiat va madaniyat muhofazasi 
xizmatlari tarixiy va madaniy yodgorliklarni qo’riqlash bo’yicha 
inspektsiyalar). 
O’zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanishi haqida gapirar 
ekanmiz, mamlakatning asosiy turizm rayonlariga bo’linishi xususida 
to’xtalib o’tish muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda Respublikada 
to’rtta asosiy turistik mintaqa mavjud bo’lib, ular Farg’ona, Samarqand-
Buxoro, Toshkent va Xorazm turizm mintaqalaridir. Farg’ona turizm 
mintaqasi Farg’ona vodiysini o’z ichiga hamrab oladi. Uning turistik 
resurslari arxeologik qazilmalar va me’morchilik obidalari, qulay tabiiy 


sharoitlar, an’anaviy xalq hunarmandchiligi va san’ati mahsulotlari, 
sanoat va agrar komplekslardan iborat. Bu yerda avtomobil va temir 
yo’llarning keng tarmog’ini mavjudligi ham Farg’ona mintaqasidan 
turizm maqsadlarida foydalanishga, uning butun hududida turizm 
bazalari va dam olish maskanlarini joylashtirishga imkoniyat yaratadi. 
Toshkent turizm mintaqasi kelgusida turizmning barcha turlarini 
rivojlantirish uchun universal imkoniyatlarga egadir. Mazkur turizm 
rayonidagi madaniyat yodgorliklari, poytaxt viloyatining bugungi hayoti, 
qurilishlar, yangi shahar va qishloqlar, zamonaviy madaniyat, 
mintaqaning tabiati, boy landshafti, rang-barang o’simlik va hayvonot 
dunyosi uning diqqatga sazovor bo’lishiga sabab bo’ladigan muhim 
omildir. Avtomobil va temir yo’llari tarmog’i Toshkent turizmi 
mintaqasidagi turizm markazlarini bir-biri bilan bog’laydi hamda shahar 
atrofidagi temir yo’l va avtomobil turizmini rivojlantirishga imkon 
beradi. Samarqand-Buxoro turizm mintaqasi Samarqand, Buxoro va 
Navoiy viloyatlarini o’z ichiga hamrab oladi. Samarqand va Buxorodagi 
butun dunyoga mashhur me’morchilik obidalari ushbu mintaqadagi 
turizmni rivojlantirilishiga asos hisoblanadi. Bundan tashqari, Zarafshon 
daryosi orqali o’tuvchi temir yo’l va keng tarmoqdagi shosse yo’llari, 
Zarafshon tog’ tizmasi orqali o’tgan unchalik baland bo’lmagan dovonlar 
va yaxshi trassalar mintaqada turizmni rivojlantirish uchun g’oyatda 
qulay omil hisoblanadi. Xorazm turizm mintaqasining salohiyati asosan 
Xivaning Ichan qal’a qo’riqxonasida joylashgan va jahonda misli yo’q 
g’oyatda boy tarixiy-me’morchilik yodgorliklariga tayanadi. Faoliyat 
ko’rsatayotgan turizm mintaqalari bilan bir qatorda yana istiqbolli 
mintaqalar mavjud bo’lib, ular Jizzax, Qarshi-Termiz va O’rta-
Qoraqalpoq mintaqalaridir. Kelajakda bu mintaqalardagi mavjud 
imkoniyatlarning rivojlantirilishi mamlakatimizda turizm xizmatlari 
bozorini yanada kengayishiga olib kelishi mumkin.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish