O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/93
Sana03.06.2023
Hajmi1,66 Mb.
#948521
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
2.2. Iqtisodiy omillar
Iqtisodiy 
omillar 
bilan 
bir 
qatorda 
tarixiy-madaniy 
yodgorliklarning tarkibi va ahamiyati orqali belgilanuvchi omillarni 
kapital deb xisoblash mumkin. O’zbekistonda 22, 5 mln kishi, 100 dan 
ortiq millatlar istiqomat qiladi. Aholining 70 foiz o’zbeklar, 10 foizga 
yaqinini ruslar, 5 foiz kozoklar, 4 foiz tatarlar, 2foiz qoraqalpoqlar tashkil 
qiladi. Ular turli dinlarga e’tiqod qiladilar. O’zbekistonda turli 
millatlarning istiqomat qilganligi sababli turistlarning millatlariga 
nisbatan sog’lom muhit bo’lganligi sababli, turizmni muvaffaqiyatli 
rivojlantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik sharoit mavjuddir. 
Aholining 60 foiz qishloq joylarida joylashganligi tabiiy, madaniy-
etnografik va davolash turizmni rivojlantirish uchun muhim ahamiyat 
kasb etadi. O’zbekistonda turizmni rivojlantirishning iqtisodiy siyosiy 
imkoniyatlari ham mavjud. Milliy investitsiya dasturida davlat quyidagi 
iqtisodiy yo’nalishlarni belgilab bergan; 
engil va to’qimachilik sanoati; 
qayta ishlov sanoati; 
xalqaro turizm va mehmonxona xo’jaligi; 
Aynan mana shu iqtisodiy yo’nalishlar bo’yicha davlat kafolati 
chet eldan sarmoyalar kelib tushadi, ya’ni mana shu yo’nalishlardan 
O’zbekistonga samoyalar kelib tushadi.
Turizm umumiy iqtisodiy o’sishga kam rivojlangan davlatlarning 
rivojlanishiga ko’maklashadi. YAxshi rivojlanmagan rayonlarda turistik 
markazlarni ochish ko’pgina davlatlarning asosiy metodi xisoblanadi. 
Keyingi yillarda ko’pgina mamlakatlarda shaharliklarning fermalarda 
hordiq chiqarishi odat tusiga kirib qoldi. Bu shunga olib keladiki qishloq 
aholisi turizm bilan bog’liq ikkinchi ixtisosga ega bo’lish va joylarda 
turistik majmua qurib ishga tushirish bilan esa turmush sharoitini 
yaxshilab olish imkoniyatiga ega.
 
2.3. Ijtimoiy va madaniy omillar


O’zbekistonda asosan madaniy turizmni rivojlantirish maqsadga 
muvofiq bo’ladi. O’zbekistonda turizmning boshqa turlarini rivojlantirish 
yaqin orada o’ziga sarflangan mablag’larning qoplashi qiyinroq – 
madaniy turistik maxsulot taklif etilayotgan viloyatlarda erishilayotgan 
rentabellik ko’rsatkichlari rekreatsion turizm taklif etilayotgan 
viloyatlardagiga nisbatan yirikroqdir.
Madaniy turizm deganda asosan insonlar tomonidan o’zga xalqlar 
madaniyati va urf-odatlariga bo’lgan qiziqish tushuniladi. Madaniy 
turizm ixlosmandlari turistik manzillar tarixi (arxeologiya, etnografiya, 
o’lkashunoslik), yashash tarzi va kun kechirish muhit shart-sharoitlari, 
milliy hunarmandchilik san’ati kabilarga katta qiziqish bildirishadi. 
Ularda mahalliy hayot bilan yaqinrok tanishish istagi kuchli bo’lsada, bu 
tanishish qandaydir noqulaylik, qiyinchilik yeki xavf-xatarni boshdan 
kechirish orqali amalga oshiriladigan bo’lsa, bunday turistlar o’zlarining 
bunday maqsadlaridan voz kechib qo’ya qolishadi. O’lkamizga keluvchi 
madaniy turizm ixlosmandlarining aksariyatini o’zining bilimi va 
ma’rifatini oshirishni istovchilar tashkil etishsada, ularning orasida 
ekoturizm ishtiyoqmandlari, bioekzemplyar yig’uvchilari, turli xil 
sarguzashtlarga qiziquvchilar ham topilib turadi.
Bunday turistlarning ba’zilari o’zlariga o’xshagan boshqa turistlar 
guruhida sayohat qilishni yoqtirishsa, boshqalari yakka o’zlari yoki 
kichikroq guruhlarda afzal ko’rishadi. Turistlarning ba’zilari o’z 
sayohatlarini o’zlari rejalashtirishlari, ya’ni, qachon qaerga borish, u 
yerda qancha vaqt to’xtab turish kabilar to’g’risida o’zlari mustaqil qaror 
qabul qilishadi. Boshqa ba’zi bir turistlar bunda to’laligicha tur 
tashkilotlariga tayanishadi (ishonishadi).
Xullas, madaniy turizm insonlarning o’zga xalqlar madaniyatlari 
bilan tanishishga bo’lgan qiziqishlariga asoslanadi va har bir turist o’z 
ehtiyojlarini belgilangan talablar orqali qondirilshini istaydi.
Turistik ehtiyoj (talab)larni qondirish uchun birinchi navbatda 
turistik resurslar mavjud bo’lishi lozim. O’zbekistonda madaniy turizm 
talablarini 
qondiruvchi 
resurslar 
ko’plab 
topiladi. 
Masalan, 
Respublikamizda 4000 ta arxitektura yodgorligi mavjud bo’lib, (ularning 
ko’pchiligi mustaqillik sharofati bilan qayta ta’mirlandi). Turistlar 
e’tiboriga taklif etilayotgan yodgorliklarning aksariyati XII-XX asrlarga 
mansub bo’lishsa, ularning orasida IV-IX asr yodgorliklar ham uchrab 
turishadi. Buxoro shimoli va shimoli-sharqida joylashgan Sarmish, 
Nurota tog’ tizmalarida, Surxondaryo viloyatida ibtidoiy jamoa tuzumiga 
xos yodgorliklarni ham uchratish mumkin. SHuningdek, ko’plab qadimiy 
shaharlar qoldiqlarida olib borilgan arxeologik qazishma ishlari, tabiiy 
qo’riqxonalarda ko’paytirilayotgan noyob xayvonlar bilan tanishish ham 
madaniy turizm ixlosmandlarida ko’plab taassurotlar qoldirishi mumkin.


Turizm yangi notanish joylarni ochish, tashqi muhitdan 
o’zgarishlar qidirish va taassurotlarni boshdan kechirish maqsadidagi 
intilishlardan kelib chiqqan bo’lib, ushbu atama dastlab frantsuz tilida 
qo’llanila boshlangan.
Turizm asosan, o’z ichiga insonlarning ko’ngil yozish, hordiq 
chiqarib dam olishga mo’ljallangan xatti-harakatlarini oladi. Bundan 
tashqari, turizmga ish hamkorlari va uzoqlardagi do’st-qarindoshlar bilan 
uchrashish kabilar ham kirishsada, amalga oshirilaetgan bunday 
sayohatlar davomida ham ko’ngilhushlik va hordiq yozishlardan voz 
kechilmaydi.
Inson yoshligi davridanoq turizmga qiziqa boshlaydi. Masalan, 
O’zbekiston sharoitida ham aksariyat bolalar o’z do’stlari, sinfdoshlari 
yoki ota-onalari bilan yaqin atroflardagi madaniy yodgorliklar va 
tabiatning so’lim oromgohlariga sayr-sayohatlar uyushtirib turishadi. 
Tog’u-toshlar, cho’lu-biyobonlarga chiqiluvchi turistik poxodlar 
davomida yoshlar dala sharoitlarida chiniqishib, o’zlarining jismoniy 
holatlarini yaxshilab olishsa, katta yoshdagilar o’zlarining mexnat 
qobiliyatlarini qayta tiklab olishadi. Zero, turizm doimo chambarchas 
bog’lab kelingan. Rekreatsiya atamasini oddiy xalq dam olish yoki hordiq 
chiqarish 
maqsadidagi 
ko’ngilxushlik 
deb 
tushunsada, 
ilmiy 
adabiyotlarda bu atamaning asl ma’nosi «yo’qotilgan mexnat qobiliyatini 
qayta tiklash» sifatida talqin etiladi.
Turizm yosh avlodni sog’lom qilib tarbiyalashdagi ahamiyatini 
inobatga olgan holda turizmning yoshlarning ruhiyatiga qiladigan muhim 
ta’sirlarini ham unutmaslik kerak: turizm yoshlarni vatanparvar etib 
tarbiyalashga o’z hissasini qo’shadi! YA’ni, o’z o’lkasida sayohat qilgan 
odam qanday tabiiy va madaniy boyliklarga egalik qilayotganligini bilib 
oladi; qanday ajoyibotlarga egalik qilayotganini bilgan inson o’zining 
qo’lga kiritgan me’rosidan g’ururlana boshlaydi; Milliy boyligidan 
g’ururlanayotgan odam o’z yurtini seva boshlaydi. SHu sababli qadimgi 
sharq mutafakkirlari insonni dunyoni ko’rishga chaqirishgan, chet ellarga 
chiqishdan oldin o’z vatanlari ichida safar qilishga undashgan (Masalan, 
Abduholiq G’ijduvoniy shu kabi fikrlarni qoldirib ketgan).

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish