Beshinchi bosqich
(1999 yil maydan hozirgi davrgacha). Ushbu
bosqichda
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Turizmni
rivojlantirishning davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoni nafaqat
mamlakatdagi milliy va xalqaro turizmni tutgan o’rnini mustahkamlash
uchun siyosiy asosni shakllantirdi, balki uning iqtisodiy asoslarini
mustahkamlash imkoniyatini berdi. Ushbu me’yoriy hujjat asosida
turistik korxonalarga qo’shimcha boj imtiyozlari berildi. Bundan tashqari,
O’zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarida
turizm bo’yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi. Ushbu yilning avgust
oyida mamlakat Parlamentida «Turizm to’g’risida»gi qonun qabul qilindi
va buning natijasida turizm sohasini faoliyat ko’rsatishining huquqiy
asoslari yanada takomillashtirildi.
1.7.Buyuk Ipak yo’li va unda turizmni rivojlantirishning
ahamiyati
Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan O’zbekistonda ham
iqtisodiyotning noishlab chiqarish sohalaridan biri xususan turizm
sohasiga katta e’tibor kuchayib bormoqda. Insonlar borgan sari
o’zlarining bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazishga, dam olishga, sog’ligini
tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf odatlarini, qadriyatlarini bilishga
intilmoqda. Bundan tashqari, insoniyat har doim o’zining harakat
doirasini o’zgartirib, yangi yerlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga
kelib
bunday
intilishlar
kuchaydi
va
turizm
industriyasining
rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. O’tgan 2004 yilda dunyo aholisining har
to’rtinchisi sayohat qilganlar. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi juda
ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o’sish sur’ati 8-
10 foizgacha boradi. Bu davlatlarga Ispaniya, Italiya, Frantsiya, AQSH va
boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. SHunisi qiziqki turizm
rivojlanishi bilan bir qatorda transport, bozor infratuzilmasi, savdo sotiq,
oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik hamda boshqa xizmat
ko’rsatish sohalari rivojlanib ketadi
28
. Respublikamiz xalqaro turizmni
rivojlantirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. Bularga «Buyuk Ipak
Yo’li»ning shoh tomiri respublikamizdan o’tganligi, butun dunyoga
mashhur tarixiy va madaniy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva,
SHahrisabz, Qo’qon, Toshkent, Termiz va boshqa shaharlar, tabiiy va
sog’lomlashtirish
resurslariga
boy
mintaqalarimiz
CHimyon,
SHohimardon, Zomin, Boysun, SHerobod va boshqa shaharlar kiradi.
Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun asos
solindi deb hisoblasa bo’ladi. Bunga dalil sifatida 1995 yilda «Buyuk
Ipak yo’li»ni qayta tiklashda O’zbekiston respublikasining faol
qatnashishi va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish to’g’risida»gi
farmonnining Prezidentimiz tomonidan qabul qilinishidir. Bu farmonga
binoan turistik korxonalar bir qator soliq imtiyozlarga ega bo’lishdi. Bu
farmon «Buyuk Ipak yo’li»da joylashgan tarixiy va madaniy shaharlarda
turistik yo’nalishlarning rivojlanishiga turtki bo’ldi. Ming yillar davomida
«Buyuk Ipak yo’li» Osiyo va yevropa xalqlarini birlashtirishning
ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kelgan. Xuddi shu yo’l bo’ylab
tovarlar, bilimlar, texnologiyalar, madaniyatlar almashuvi amalga
oshirilgan,
natijada
shaharlarning,
davlatlarning
rivojlanishiga
ko’maklashib kelgan. Hattoki, hozirgi vaqtda bu yo’l insoniyatga qanday
global ahamiyatga ega bo’lganligini baholash qiyin. Ammo, o’zining
faoliyatini tugatgandan keyin ham unga qiziqish yo’qolib ketmadi.
Ayniqsa, transport va axborot aloqalarining, sanoat ishlab chiqarishning,
tovar va xizmatlaring savdosini hamda Osiyo va yevropa mintaqalarining
integratsiya protsesslariga faol qatnashuvi «Buyuk Ipak yo’li»ning
«ikkinchi nafasi»ni olganini ko’rish mumkin.
«Buyuk Ipak yo’li»da xalqaro turizmni rivojlantirishning bir ko’rinishi
bo’lib, janubiy-sharqiy Osiyoni yevropa bilan bog’lab turadigan global
Transosiyo transport liniyani shakllantirish hisoblanadi. U o’z ichiga
YAponiya, Xitoy, Xindiston, O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston,
Qozog’iston, Kavkaz davlatlari, G’arbiy Osiyo (Pokiston, eron) davlatlari
va albatta, yevropa davlatlarini qamrab oladi. e’tiborga olish kerakki
TRASEKA loyihasi doirasida «Delfin» izlanishi o’tmoqda. Bu
izlanishning mazmuni karvonsaroylarni tashkil qilishning texnik-iqtisodiy
asoslanishi, ekspertlarning fikriga ko’ra, bu «Buyuk ipak yo’li»ning
rivojlanishiga va xalqaro hamkorlikning samarali natija berishiga yordam
28
beradi, chunki O’zbekiston va Turkmanistonning asosiy yo’nalishlarida
yoqilg’i stantsiyalari, turar joylar, ovqatlanish punktlari va
telekommunikatsiya zonalarining qurilishi yangi turistik zonalarning
shakllanishiga hamda turistik avtotransportning paydo bo’lishiga olib
keldi. 2002 yili Respublikamiz prezidenti I.A.Karimovning Ispaniyaga
tashrifi mobaynida Butunjahon Turizm Tashkiloti rahbari Franchesko
Francheyzer bilan o’tkazgan muloqotida O’zbekistonning xalqaro turizm
rivojlanishidagi ahamiyati, turistik tashkilotlar bilan olib borayotgan
xalqaro hamkorligi, faoliyati, turistik tashkilotlarga ko’rsatilayotgan keng
imtiyozlar va shart-sharoitlar haqida batafsil suhbatlashdilar.
Butunjahon Turistik Tashkiloti ekspertlari «Buyuk Ipak yo’li»da
qatnashishiga qarab, qatnashuvchi davlatlarni 3 qismga ajratgan. Birinchi
qismga o’ziga xos turizm milliy modelini shakllantira boshlagan O’rta
Osiyo va Kavkaz davlatlari kirgan. Bu yo’nalishda Butunjahon Turistik
Tashkiloti asosiy masala qilib turg’un rivojlanish dasturini tuzishda,
turistik tarmoqqa investitsiyani jalb qilishda, qonunchilikni ishlab
chiqishda va kadrlarni tayyorlashda ko’maklashishi hisoblanadi. Ikkinchi
qismga «Buyuk Ipak yo’li» ob’ektlarini o’z ichiga olgan va turistik
maxsuloti bilan aniq tajribaga ega bo’lgan davlatlar kiradi. Bular Xitoy,
Pokiston, Hindiston, eron, Gretsiya va Turkiyalardir. BTT ning
ekspertlari fikriga ko’ra bu yerda xalqaro tashkilot «Buyuk Ipak yo’li»
nomli turistik mahsulotning sotilishini rag’batlantirishi mumkin.
Uchinchi qism esa, qadimgi aloqaning oxirgi nuqtalarini o’z ichiga
qamrab oladi. Bularga bir tomondan YAponiya, Koreya, ASEAN
davlatlari kiradi. Bu yerda Butunjahon Turistik Tashkilotining vazifasi
«Buyuk Ipak yo’li»ni targ’ibot qilish deb hisoblanadi, chunki bu davlatlar
nafaqat katta turistik oqimni ta’minlaydi, balki bu yo’l bo’ylab turizm
uchun yetakchi bozorlar hisoblanadi.
«Buyuk Ipak yo’li» turistik maxsulot mavqeining ko’tarilishi uchun
albatta fundamental asos bo’lishi kerak. Uni sotish uchun barcha
davlatlarning faol hamkorligi kerak. Bu yerda xususiy sektor va davlat
sektori, xalqaro va ratsional tashkilotlar, alohida turoperatorlar va
mehmonxona komplekslari munosabatisiz amalga oshirib bo’lmaydi.
Butunjahon Turistik Tashkilotining «Buyuk Ipak yo’li» loyihasi bo’yicha
keyingi yig’ilishi Xitoyda 1996 yilda bo’lib o’tdi, bunda mahsulotning
marketingiga oid masalalar ko’rib chiqildi. «Buyuk Ipak yo’li»da turizm
bo’yicha ikkinchi anjuman ham bo’lib o’tdi. ekspertlar fikriga ko’ra bu
yerda «Buyuk Ipak yo’li»ning asosiy turistik resurslari: diqqatga sazovor
joylar, madaniy va tarixiy ob’ektlar, joylashtirish vositalari, transport va
axborot markazlari shakllandi. Bu tadbirlardan keyin ushbu loyiha
rivojlana boshladi. Ammo, hamma savollar yetarlicha yechilmagan edi,
shuning uchun ham 1997 yil aprel oyida Texronda «Buyuk Ipak yo’li»
bo’yicha ikkinchi xalqaro yig’ilish bo’lib o’tdi. Bunda quyidagi masalalar
shakllandi: «Buyuk Ipak yo’li»ning regionlarini xalqaro targ’ibot qilish,
bu turistik ma’lumotni reklama qilish uchun global axborot
kommunikatsiya tarmoqlaridan (xususan Internet) foydalanish.
1994 yildan boshlab Butunjahon Turistik Tashkiloti «Buyuk ipak
yo’li» loyihasini barcha yirik xalqaro yarmarkalarda: Berlinda TTV,
Londonda WTM va Madridda FJTUR faol targ’ibot qila boshladi.
Butunjahon Turistik Tashkilotining bashoratlariga ko’ra 2020 yilga
kelib dunyoning asosiy turistik yo’nalish bo’lib Xitoy hisoblanadi. Bu
davlat hozirgi kunda 22 mln. turist qabul qila olishligi bilan oltinchi
o’rinni egallaydi va o’rtacha yillik 8 foiz o’sish bilan Xitoyga keladigan
turistlarning soni 137 mln., Gonkongga esa 59 mln. kishiga yetib,
birinchi o’rinni egallaydi. Bundan kelib chiqib, «Buyuk Ipak yo’li»
loyihasiga ishtirokchilarning oldida turistik maxsulotni shakllantirishda
bu davlatlarni hisobga olish masalasi turibdi, masalan, Germaniya-
O’zbekiston-Xitoy, Frantsiya-O’zbekiston-Gonkong va boshqalar.
Turistlarning yillik xarajatlari 5 mlrd. dollarga yetishini hisobga olsa,
O’zbekiston ham bu valyutaning ayrim qismini shaklllantirishga va
o’zlashtirishga yetarli imkoniyati bor. CHunki «Buyuk Ipak Yo’li»
bo’ylab Xitoyga sayohat qiluvchi turistlarning asosiy qismi respublikamiz
orqali harakat qiladi. Bu degani xorijiy turistlarning mamlakatimizdagi
turistik ob’ektlardan va transport vositalaridan foydalanganliklari uchun
ma’lum bir valyutaning davlat byudjetiga tushishini ta’minlaydi. SHuning
uchun ham xorijiy turistlar uchun «Buyuk Ipak yo’li» bo’ylab transport
(tranzit) yo’nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. Bu
masalada madaniy va bilim qabul qilishga qaratilgan turizm eng katta
qiziqish tug’diradi. Masalan, 2004 yilda O’zbekistonga 841,2 ming
tashrif qiluvchilar keldi, bulardan 5,6 foizi turistik maqsadlar bilan, 74,4
foizi xususiy viza bo’yicha, qolgan 20 foizi boshqa turli xil maqsadlarda
sayohat qilganlar. Ko’pchilik tashrif buyuruvchilarni davlatning tarixi,
madaniyati va diniy obidalari qiziqtirgan. O’zbekiston hayotida bo’lib
o’tayotgan madaniy tadbirlar, masalan, allomalarning va shaharlarning
tantanalari nafaqat musulmon davlatlari, balki yevropa va boshqa
davlatlarni keng qayd qilib, «Buyuk ipak yo’li»ni va taklif qilinayotgan
mahsulotni yangi ahamiyatga ko’tardi.
Vaqt o’tishi bilan turizm integratsion jarayonlarga ko’proq yordam
bera boshlaydi. Hozirgi vaqtda O’rta Osiyo davlatlari tashqi bozorlarda
O’zbekiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Qozog’iston, Tojikiston
bo’ylab yo’nalishlardan foydalanib «Buyuk ipak yo’li» markasi ostidagi
turmaxsulotni sotishlari mumkin. Jahon integratsiyasining boshqa shakli
turizm sohasida global tizimlardan, masalan internetdan foydalanish
xisoblanadi. Turizm iqtisodiy salohiyatning globallashuviga sabab
bo’ladi, ya’ni u nafaqat alohida davlatga balki bir mintaqadagi qator
davlatlarga uning makroxo’jalik rivojlanishiga, ijtimoiy - siyosat holatiga
ta’sir ko’rsatadi. Afgoniston va Tojikistonning mintaqaviy turizmga
tortilishi, ba’zi ekspertlarning fikricha, bu davlatlarda siyosiy va iqtisodiy
barqarorlik yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan
turizmda xavfsizlikka ko’proq e’tibor berila boshlaydi. YUqori kriminal
va nobarqaror siyosiy holatdagi davlatlarga turoperatorlar e’tibor
bermaydilar. BTTning «Mak Nalti guruhi» xalqaro ekspertlarining
fikricha Markaziy Osiyo mintaqasida turizm bozorining uch segmenti
shakllandi:
1.O’zbekistonda sayohatlarning hammasini o’tkazuvchi turistlar.
2.O’zbekiston ular uchun Osiyo bo’ylab sayohatlarining bir qismi
bo’lgan turistlar.
3. o’zlarining ishi bo’yicha sayohatlariga dam olishni qo’shuvchi
biznesmenlar
Birinchi toifaga faqat o’zbek turmaxsulotini sotib olgan va
O’zbekiston bo’ylab sayohat qilmoqchi bo’lgan turistlar kiradi. Kolgan
ikki toifa davlatlararo sayohat dasturi yoki biznesni bajarish muddatiga
ko’ra kamroq vaqt o’tkazadilar. Ta’kidlash kerakki, O’zbekiston xalqaro
bozorda qadimda o’zbek shaharlari orqali o’tgan Buyuk ipak yo’lini
reklama qilish orqali turistik turlar sotishni amalga oshirmoqda Tahlil
shuni ko’rsatadiki ommaviy turistik yo’nalishlar narxi quyidagichadir.
-Toshkent-Samarqand-Buxoro-Urganch-Toshkent 676 AQSH doll va
undan yuqori;
-Toshkent-Samarqand-SHahrisabz-Buxoro-Urganch-Toshkent 845 va
yuqoriroq (20 kishilik guruhlar uchun).
Buyuk ipak yo’lining boshqa davlatlariga (Xitoy, eron, BAA)
turlarni sotuvchi turistik agentliklarning so’rovnomasi shuni ko’rsatadiki
bu davlatlardagi turmaxsulotlarning narxi O’zbekistonga sayohatdan
ko’ra pastroqdir. Bundan tashqari bu davlatlar reklama va marketingga
ko’p mablag’ sarflashadi Milliy ekspertlar fikricha agar 90-yillarning
o’rtalarida xorijiy turistlar O’zbekiston turiga taxminan 1,5 ming doll
(aviachiptalar ham shuning ichida) sarflashgan bo’lsa, 2005 yilga kelib bu
summa 2 ming dollarga yetishi mumkin. Bunda turizm tur narxlarini
oshirishdan emas, yangi xizmatlar ko’rsatish evaziga foyda oladi.
Bundan tashqari, o’zbek turizmi yanada ko’proq yevropa
andozalari va tendentsiyalarini ola boshlaydi Bunda u xorijliklarni jalb
qiluvchi sharqona latofatni ham saqlab qoladi. Albatta turizm iqtisodining
muammolari jahonnikiga o’xshash bo’ladi. Masalan, MILLER FRIMAN
TRAVEL GROUP tomonidan TTG WORLD HOTEL REPORT
mehmonxona sanoati tadqiq qilindi va quyidagilar aniqlandi:
-mexmoxonalarga tushayotgan soliqning og’irligi oshib boradi va
umumiy soliqlardagi turizmning ulushi 1996 yildagi 10,4 foizdan 2006
yilda 11 foizga yetadi;
-mehmonxona sanoati daromadni xisobga olish usulini o’zgartiradi:
bitta nomerdan olinadigan daromad emas, bitta mehmondan olinadigan
daromad xisoblanadi;
-Evropa otellaridan faqat 30 foizi mehmonxona tizimlariga tegishli
xolos.
YAqin o’n yil ichida O’zbekistondagi ko’pgina mehmonxonalar
mintaqaviy
tizimlarga
birlashtirilib,
transmilliy
korporatsiyalarga
aylanishi mumkin shubhasiz davlatning o’zbek turizmini tashviqot
qilishdagi ahamiyati ham kattadir. 1996 yilda turizmga yordam berish
uchun byudjetdan 572 mln. dollar ajratgan Frantsiya, 78 mln. ajratgan
Ispaniya, 15 mln. ajratgan AQSH, 27 mln. ajratgan Irlandiya, 5 mln.
ajratgan Xitoy, 7 mln. ajratgan Polsha, 520 mln. ajratgan Turkiya, 518
mln. ajratgan Xindiston bunga misol bo’ladi.
Mak Nalti ekspertlar guruhi tomonidan O’zbekiston xukumatiga
2002 yilgacha marketing tadqiqotlari uchun 1,35-1,65 mln doll. milliy
infratuzilmani rivojlantirishga 55 mln. doll. kapital qo’yilmalar
yo’naltirish maslahat berilgan edi. Bu 2002 yilga kelib qo’shimcha 200
mln. dollar daromad berishi kerak edi.
O’zbekiston hozirda jahon turizmida mavjud bo’lgan 15
ko’rinishdagi turizmni taqdim qilishi mumkin. Bundan tashqari turistlar
tomonidan buyurtma qilingan har qanday xizmatlarni bajarish
imkoniyatlariga ega har bir turistdan o’rta xisobda 1200 dollar tushadi.
O’zbekistonda o’ttizdan ortiq mehmonxona va mehmonxona
majmualari, turbaza va kempinglar, 10 avtotransport xo’jaliklari turistlar
xizmatiga tayyor. Turistlar qabul qilish va jo’natishga kelganda ular
avvalo milliy transport kompaniyalarimiz to’g’ridan-to’g’ri aloqa
o’rnatgan davlatlar bilan olib borilmoqda. Bular O’zbekistonning o’zidan
22 davlat va MDH davlatlaridan 10-12 davlat.
Xulosa
Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan turizm infratuzilmasini
rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o’zining ijobiy
natijalarini berib kelmoqda. Biroq, murakkab o’tish davri bilan bog’liq
talaygina muammolar tufayli bu sohada ham ayrim kamchiliklar mavjud
bo’lib bular haqida keyingi mavzularda atroflicha to’xtalib o’tamiz.
Tayanch so’zlar; Nazariy va amaliy muammolar, iqtisodiy omillar,
siyosiy omillar, madaniy va ma’rifiy omillar, rivojlanish bosqichlari, ipak
yo’li dasturi.
Do'stlaringiz bilan baham: |