O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/93
Sana03.06.2023
Hajmi1,66 Mb.
#948521
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93
 
 
9.2. Turistik firmalarni tashkil qilish 
Respublikada turistik imkoniyatlarni kengaytirishda xususiy 
korxonalar faoliyatini rivojlantirish boshqa iqtisodiyoti tarmoqlarida 
bo’lgani kabi turizm sanoatida ham yetakchi rol o’ynaydi. Ayniqsa, bozor 
iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekiston 
Respublikasida jahondagi keskin o’zgarishlarga moslasha oladigan 
zamonaviy turizm sohasini rivojlantirishda xususiy korxonalar sub’ektlari 
nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida Respublikamizning turizm 
sohasidagi salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmadi, ya’ni deyarli 
ko’pchiligimizning tasavvurimizda turizm deganda faqatgina sanoqli 
shaharlar va ularda joylashgan tarixiy obidalarni ziyorat qiladigan 
sayyohlar 
namoyon 
bo’lardi. 
Ko’rinib 
to’rganidek, 
turizm 
mamlakatimizning bu boradagi boshqa barcha imkoniyatlarini yetarli 
darajada hisobga olmagan holda bir tomonlama rivojlantirilgan. 
Vaholanki, mamlakatimiz nafaqat tarixiy obidalarga ega shaharlar, balki 
o’zining go’zal va xush tabiat manzaralari bilan G’arbiy yevropaning 
SHvetsariya, Avstriya, Angliya va boshqa ko’plab mamlakatlaridan 
qolishmaydigan maskanlari bilan ham ajralib turadi. SHuni alohida 
ta’kidlab o’tishimiz joizki, ma’muriy-buyruqbozlik tuzumida hatto tarixiy 
obidalarga qaratilgan turizm ham jahon andozalariga muvofiq ravishda 
rivojlantirilmagan edi. Dunyoning turli xil mamlakatlaridan keladigan 
turistlarga transport xizmatlarini, joylashtirish va oziq-ovqat bilan 
ta’minlash xizmatlarini ko’rsatish darajasi yuqori saviyada tashkil 
etilmagan edi. Bularga misol qilib, viloyatlar markazlari va turli 
shaharlarda faoliyat ko’rsatadigan mehmonxonalarning xizmat ko’rsatish 
darajasining pastligi, sport maydonchalarining zamon talablariga javob 
bermasligi va hatto tarixiy obidalarning bir nechtasi ta’mirtalab ahvolda 
bo’lib turganligi kabilarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Umuman 
olganda, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq turizm sanoatini qayta 
isloh etish va zamon talablariga to’liq javob beruvchi turizm 
infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish dolzarb muammolardan 
biriga aylandi. Bunday islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad dunyo 
mamlakatlari bilan mustaqil yurtimiz o’rtasidagi o’zaro ijtimoiy va 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
barqarorlashtirishda 
rivojlangan 
turizm 
sohasidan samarali foydalanishdir. CHunki, dunyo mamlakatlaridan 


tashrif buyuradigan turistlar oqimi qanchalik yuqori darajada bo’lsa, 
milliy iqtisodiyotiimizning jahon iqtisodiyotiiga integratsiyalashuvi 
jarayoni shunchalik darajada yuqori bo’ladi. O’z-o’zidan ma’lumki, 
takomillashgan turizm sohasini samarali tashkil etish va rivojlantirishning 
asosi xususiy mulkchilik munosabatlarini qanday darajada rivojlanishiga 
bog’liq bo’ladi. Xususiy mulkchilik munosabatlari o’z rivojini topsa, 
tabiiy ravishda raqobat muhiti shakllanadi, bu esa, birinchidan, 
mamlakatimizda mavjud turizm imkoniyatlaridan to’liq foydalanish, 
ikkinchidan, xususiy firmalar o’rtasida turistlar oqimiga xizmat ko’rsatish 
borasida o’ziga xos musobaqalashuvning shakllanishi natijasida sifatli 
xizmatlarning ko’rsatilishi, uchinchidan, aholining katta qismini 
turistlarga bevosita va bilvosita xizmat ko’rsatadigan tadbirkorlik 
sub’ektlarida band bo’lishi va boshqa shu kabilarga olib keladi.
Mamlakatimizda ko’rsatilayotgan turistik xizmatlar o’z ichiga 
quyidagi turistik mahsulot turlarini qamrab oladi: trekking, speleoturizm, 
alpinizm, ekoturizm, ta’lim olish maqsadiga yo’naltirilgan turizm, safari, 
tuyalarda sayohat qilish, dam olish kurortlari va sanatoriyalari, suv 
turizmi, tarixiy turizm, arxeologik turizm, ov va baliq ovi, gerbariylar va 
hashoratlar yig’ish, ornitologiya va fotoovchilik, pikniklar, ot turizmi, 
madaniy turizm, mahalliy xalqlar hayotini o’rganish, folk turizmi, biznes-
turizm va suvenirlar ishlab chiqarish. Ko’rinib to’rganidek, 
mamlakatimizda ko’rsatilayotgan turistik xizmatlarning turi ancha 
miqdorni tashkil etadi. SHuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, turistlar 
oqimining yil sayin ortib borishi natijasida faqatgina «O’zbekturizm» 
milliy kompaniyasining va uning joylardagi shahobchalarini barcha 
turistlarga, ya’ni ham ichki va ham tashqi turistlarga xizmat ko’rsatish 
imkoniyati doirasi cheklanib qolmoqda. Tabiiy ravishda, bu sohada 
o’ziga xos raqobatchilarni shakllantirishga keskin ehtiyoj yuzaga 
kelmoqda. Mamlakatimizda turizm sohasidagi ushbu ehtiyojni samarali 
qondirishning birdan-bir yo’li turizm xizmatlari ko’rsatadigan kichik va 
o’rta biznes sub’ektlarini rivojlantirishda o’z ifodasini topadi. Aynan 
mana shunday tadbirkorlik sub’ektlarini asta-sekinlik bilan rivojlantirish 
natijasida birinchidan, mamlakatimiz bo’ylab sayohat qilayotgan turistlar 
oqimi yil sayin ortib bormoqda. CHunki, ularga xizmat ko’rsatish 
bo’yicha xususiy turistik firmalarning o’zaro raqobati natijasida turistlar, 
ayniqsa, chet ellik turistlar ehtiyoj sezadigan jahon sifat andozalaridan 
qolishmaydigan turistik xizmatlar taklif etilmoqda. Ikkinchidan, kichik va 
o’rta biznes sub’ektlarining rivojlantirilishi natijasida turistik xizmatlar 
eksportining salmog’i yil sayin oshib bormoqda. Bu esa o’z navbatida 
mamlakatimizda mavjud turizm imkoniyatlaridan imkon qadar ko’proq 
foydalanish, shuningdek, yanada ko’proq imkoniyatlarni kashf etish 
uchun o’ziga xos zamin yaratmoqda.


YUqorida ta’kidlab o’tganimizdek, turizm Respublikamiz 
iqtisodiyotii uchun g’oyatda zarur bo’lgan valyuta tushumini ta’minlaydi 
(jadvalga qarang). Jadvaldan ko’rinib turganidek, 2002-2004 yillarda 
valyuta tushumi har yili oshib borgan. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish