10.4. O’zbekiston turizmida soliq tizimining takomillashuvi
Mamlakatimizda
turizm
ishiga
mustaqillikning
dastlabki
vaqtlaridanoq asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun
barcha zarur tashkiliy - huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim
me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda.
Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog’onalarga ko’tarish,
yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo
huquqiy zamin yaratish lozim edi. SHu bois, O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining mazkur yo’nalishga ta’luqli qonun va kodekslari,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari,
Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya vazirligining va
boshqa mutasaddi davlat idoralarining yo’riqnoma, ko’rsatma va tartiblari
ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. SHulardan kelib chiqqan holda,
mazkur xujjatlarni o’rganish va tahlil qilishni quyidagi tematikalar
bo’yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir,-deb o’ylaymiz:
1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining turizmga oid qonun va
39
Страхование в туризме. Учебное пособие. Гвозденко А.А. 2002 г.
kodekslari. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-aprelda
qabul qilgan "O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksi" va unda turizm
sohasiga oid imtiyozlar.
Ushbu Kodeks 11 bo’lim, 41 bob va 134 moddadan iborat bo’lib,
uning asosiy vazifasi - O’zbekistonda soliq tizimining huquqiy asoslarini,
soliq to’lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq
ishlarini yuritish tartibotini va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik
uchun javobgarlikni tartibga solib turadi. Kodeksda yuridik va jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i,
aktsiya solig’i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya
solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig’i, yer
solig’i, reklama solig’i, avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun
soliq, shuningdek, turli yig’imlar haqida ham fikr yuritiladi. Kodeksda
soliq to’lash bilan bir qatorda ayrim faoliyat turlariga soliq to’lashda
imtiyozlar ham berilgan. Jumladan, 8-bob "Daromad (foyda) solig’i
bo’yicha imtiyozlar",-deb nomlanib, uning 31-moddasi 12-qismida:
"Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan,
turizm faoliyati bilan shug’ullanadigan yuridik shaxslar tuzilgan paytdan
boshlab birinchi daromad orttirgunga qadar, lekin uzog’i bilan ro’yxatdan
o’tgan vaqtdan e’tiboran uch yilgacha. Samarqand, Buxoro, Xiva va
Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shug’ullanuvchi yuridik
shaxslar foyda olgan birinchi yili 50 foiz, ikkinchi yili 75 foiz, uchinchi
yildan boshlab 100 foiz miqdorida soliq to’laydi",-deyiladi.
Kodeksning 21-bobi "qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar",-
deb nomlanib, uning 71-moddasi 21-qismida: "...turistik-ekskursiya
xizmatlari" qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinganligi bayon qilingan.
SHuningdek, 28-bobi "Mol-mulk solig’i stavkalari va imtiyozlar",-deb
nomlanib, uning 92-moddasida: "Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent
shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm faoliyati bilan shug’ullanayotgan
yuridik shaxslarning mol-mulkiga, tashkil etilgan vaqtidan e’tiboran
dastlabki foyda olgunga qadar, lekin ular ro’yxatdan o’tgan vaqtdan
e’tiboran uch yildan ortiq bo’lmagan muddatga. Ana shu yuridik shaxslar
belgilangan imtiyozli davrdan keyin bir yil o’tgunga qadar tugatilgan
taqdirda soliq summasi ularning butun faoliyati davri uchun to’liq
miqdorda undirib olinadi",-deyiladi.
Kodeksning 31-moddasi "Er solig’i stavkalari va imtiyozlar",-deb
nomlanib, uning 101-moddasida soliq solinmaydigan yer uchastkalariga:
"tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (tarixiy-madaniy qo’riqxonalar,
xotira bog’lari, sag’analar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat
yodgorliklari
egallagan
yerlar)
kiritilgan.
SHuningdek,
davlat
qo’riqxonalari, milliy va dendrologiya bog’lari, botaniqa bog’lari, ixota
daraxtzorlari egallagan yerlar; sport inshootlari, stadionlar, suzish
xavzalari, onalar va bolalarning dam olish va sog’lomlashtirish joylari,
sanatoriy-kurort muassasalari, dam olish uylari egallagan yerlar ham soliq
to’lashdan ozod etiladi.
Kodeksning 102-moddasi "Er solig’i to’lashdan ozod qilingan soliq
to’lovchilar",-deb nomlanib, uning 7-qismida: "Samarqand, Buxoro, Xiva
va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan turistik faoliyat bilan
shug’ullanuvchi yuridik shaxslar - tashkil etilgan paytdan e’tiboran birinchi
foyda olgunga qadar, biroq bu muddat ular ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan
e’tiboran uch yildan oshmasligi lozim",-deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |