O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/93
Sana03.06.2023
Hajmi1,66 Mb.
#948521
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93
XXI 
asr uchun ish dasturini
 
qabul qilgan bo’lib, unga 182 davlat birikkan. 
Ushbu dasturning amalga oshirishda asosiy vakolat turizm bo’yicha 
davlat muassasalariga berilgan. Reja uzoq muddatli dasturlarni yaratish 
uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan uch asosiy qurolga urg’u beradi: 
-odamlar va atrof-muhitni himoya qilishni nazarda tutuvchi yangi 
choralar ishlab chiqish yoki amaldagi choralarni kuchaytirish; 
-narxdan tazyiq o’tkazish mexanizmi sifatida foydalanish; 
-turizm industriyasida ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot tozaligini 
kafolatlash uchun mo’ljallangan dasturlarni yaratish. 
Davlat idoralari turizmda uzoq muddatli dasturlarni yaratishda 
yetakchi o’ringa ega.
 
Bir qator mamlakatlar bunday dasturlarga ega 
(Rossiya, Finlyandiya, Avstriya, Fillipin va boshqalar). 
XXI asr uchun ish dasturi turizm bo’yicha davlat idoralari 
oldiga quyidagi asosiy masalalarni qo’yadi: 


-nazorat qiluvchi iqtisodiy va boshqa tizimlarni kamaytirish; 
-turizmning iqtisodiyotga, jamiyatning ijtimoiy va madaniy hayotiga va 
atrof-muhitga ta’sirini baholash; 
-turizm sohasida xizmatchi kadrlar tayyorlash; 
-turizmning uzoq muddatli barqaror taraqqiyotini rejalashtirish, 
-rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida ma’lumot 
almashish; 
-jamiyat barcha qismlarining turizmni rivojlantirishda qatnashuvi; 
-yangi turmahsulot tushunchasi; 
-amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalarini baholash; 
-xalqaro faoliyatda hamkorlik o’rnatish. 
 
Dasturning birinchi vazifasi
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
-dastur maqsadlarini amalga oshirish bilan shug’ullanuvchi, 
turizmning rivojiga yo’naltirilgan mavjud milliy, xalqaro va boshqa 
tizimlarning faoliyatini baholash; 
-turizmning xususiy va davlat tarmoqlari o’rtasida hamkorlik; 
-turizm tarmog’iga soliq va to’lovlar solish shu tariqa belgilanishi 
kerakki, turizm infratuzilmasini kengayshtirish, atrof-muhitni yaxshilash 
va boshqa maqsadlar uchun yetarli mablag’lar bo’lsin; 
-tovar va xizmatlar uchun turizm bilan bog’liq ekologik xarajatlarni 
xisobga oluvchi narxlarni kafolatlovchi iqtisodiy chora-tadbirlar qabul 
qilish. Iqtisodiy rag’batlantiruvchi choralar shuningdek turistik 
firmalarning atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi yutuqlarini 
rag’batlantirish uchun ham ishlatilishi kerak.
Ikkinchi vazifa o’z ichiga turizm taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy- 
iqtisodiy va madaniy hayoti uchun oqibatlarini baholashni oladi. Bu esa 
o’z navbatida suv resurslari, elektr quvvati, transport vositalaridan 
samarali foydalanish, turizm sohasida ish bilan ta’minlash, mahalliy aholi 
qatnashuvi siyosatining mavjudligi, atrof-muhit, madaniy, tabiiy va 
tarixiy qadriyatlarni muhofaza qilish kabi masalarni ko’rib chiqish 
zaruratini tug’diradi. 
Turizmda kadrlar tayyorlash va rejalashtirish dasturi muhim 
hisoblanadi. Maktablarning o’quv rejalariga turizm ekologiyasi bo’yicha 
o’quv kursini kiritish tavsiya qilinmoqda. Kadrlarni nazariy va amaliy 
jihatdan tayyorlash maqsadida davlat turistik tashkilotlar va professional 
turistik birlashmalar xususiy sektor bilan hamkorlik qilishlari maqsadga 
muvofiqdir.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish