|
I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish hamda jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag’batlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash orqali xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda marketing faoliyatini to’g’ri tashkil etish bo’yicha bilim va ko’nikma hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifalari – talabalarga ishlab chiqaruvchilar o`rtasida sog`lom raqobatni ta`minlashning o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish; bozor segmentasiyasi, strategik va taktik rejalashtirishni bilish; korxonada marketing dasturini ishlab chiqish yo`llarini o`rgatish; iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilar bozorida vujudga kelishi mumkin bo`lgan turli vaziyatlarni mantiqiy evristik va iqtisodiy matematik modellar orqali tahlil qilish va istiqbollashni amalga oshirishni o`rgatish; firmaning tovar, narx, sotish, kommunikatsiya siyosati bo`yicha turli holatlarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishni o`rgatishdan iborat.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-modul. Marketingning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
Marketing kursiga kirish. Marketing tushunchasi va uning mohiyati. Marketingning maqsadi. Iste’molchini ustuvorligi. Marketing jarayoni. Marketingning asosiy kategoriyalari (muhtojlik, ehtiyoj, xohish, ayirboshlash, bitim va munosabatlar).
Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi. Zamonaviy marketing tushunchasi. Zamonaviy marketing - bu bozorga yo’naltirilgan ishlab chiqarish va tovar sotish boshqaruvi tizimidir. Boshqaruv marketingi. Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish jarayoni. Marketing elementlari tarkibi va jarayoni. Marketing -«miks» tushunchasi. O’zbekistonda iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish sharoitlarida marketingni rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari. Rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida marketingni qo’llash amaliyoti tajribasi. O’zbekistonda marketingni vujudga kelishi va rivojlanishi – tadbirkorlik faoliyati turi sifatida. Marketing – zamonaviy tadbirkorlikni bosh omili sifatida. Mijozlar bilan munosabatini shakllantirish. Mijozlar bilan munosabatlarini boshqarish. Mijozlarni ushlab turish va loyallik.
|