Tarmoq xavfsizligini ta’minlash bо‘yicha choralar
Kirish
2022-yilda kiberxavfsizlik masalasi har doimgidanda muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Korxonalar uchun tahdidlar tobora ortib borayotgan bir sharoitda, ishonchli xavfsizlik yechimiga ega bo'lish juda muhim.
Barchamizga ma’lumki ayni damda korxonalar o'z tizimlariga uyushtirilayotgan oddiy kiber buzg'unchilik tufayli katta jarimalar to'layotgani va hatto ba’zi hollarda biznesdan chiqib ketgani haqida eshitganmiz.
Bunday tahdidlar va buzg’unchiliklarga qarshi kurashishda eng samarador yechim bu ushbu vaziyatlar sodir bo’lishini oldini oluvchi choralarni ko’rish hamda bunaqa hollarga tushganda qanday yo’l tutish uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu mustaqil ishining asosiy maqsadi ham kompyuter tizimlariga tarmoqlar orqali bo’ladigan hujum va tahdidlarni oldini oluvchi choralarni yoritib berish hamda korxona va muassasalar kiberxavfsizligini ta’minlashga amaliy choralarni taqdim etishdan iborat.
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarga bo’ladigan tahdidlarni oldini oluvchi bir nechta zaruriy choralar va yechimlar mavjud.
Ulardan birinchisi xodimlarni kiberxavfsizlik asoslari bilan tanishtirish va ularni bu soha mutaxassislari qo’l ostida o’qitishdir. Chunki kiberjinoyatchilar sizning ma'lumotlaringizga kirishiga yo’l ochuvchi eng keng tarqalgan omillardan biri bu sizning xodimlaringizdir .Kiberjinoyatchilar ko’p hollarda ko’rinishidan rasmiy bo’lib tuyuladigan, aslida esa yolg’on va firibgarlikdan iborat elektron pochta xabarlarini jo’natib, kompaniyaning shaxsiy ma’lumotlari yoki muayyan fayllar uchun ruhsat so’rashadi. Elektron xabar havolasi odatda kiberxavfsizlikdan tayyorgarlik ko’rmagan ishchilarga rasmiyga o’xshab ko’rinadi va ularni qopqonga tushuhslarini osonlashitiradi. Shuning uchun ham xodimlarni kibertahdidlardan uquvi bo’lishi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Ko’rinib turibdiki, kiber hujumlarga qarshi himoya va barcha turdagi axborot xurujlarining oldini oluvchi eng samarador uslub bu korxona xodim va ishchilarini kiber hujumlarni oldini oluvchi chora-tadbirlar bo’yicha o’qitish va ularni ayni vaqtdagi kiber hujumlardan ogoh qilib turishdir.
Tarmoqlarga bo’lgan tahdidlarni oldini oluvchi ikkinchi yechim kompyuter tizimlari va ulardagi dasturiy vositalarni muntazam yangilab turishdan iboratdir. Hech bir tizim va dasturiy ta’minot turi to’laqonli himoya va xavfsizlikni kafolatlamaydi. Shuning uchun, ishlab chiqaruvchilar doimiy ravishda o’z dasturiy mahsulotlaridagi zaifliklarni aniqlab, ularni keyingi nashrlardada bartaraf etishadi. Aksincha, eskirgan yoki uzoq muddat yangilanmagan dasturlar o’zida ayrim bo’shliqlarni qoldiradi va bu kiber hujumchilarning nishoniga aylanadi. Shu orqali ular kompaniya tarmog’iga kirish uchun tuynukka ega bo’lishadi.