Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kredit ta’minoti bilan bog’liq muammolar
Kredit munosabatlarida majburiyat ijrosini ta‘minlashga doir milliy qonunchilik hujjatlari qoidalarini takomillashtirishning zaruriyligi. Majburiyat ijrosi ta‘minotini qonuniy rasmiylashtirish majburiyat ijrosi 100 foiz ta‘minlanganligini bildirmasligi amaliyotda majburiyat ijrosi ta‘minotga qaratilganda yuzaga kelayotgan muammolar borligi uchrab turibdi. Aynan, shuning uchun ham kredit munosabatlarida majburiyat ijrosini ta‘minlash bilan bog‘liq tadbirlarda muammolar yuzaga kelayotgan og‘ir ekologik muhit ta‘sirida bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda kreditlarning rolini va uning samaradorligini oshirish masalalarini hal etishda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan ta‘minot predmetlarini rasmiylashtirishga oid qoidalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish talab etiladi.
Majburiyat ijrosini lozim darajada bajarilishini ta‘minlash uchun belgilangan amaldagi qonun talab va qoidalar qay darajada mukammal tuzilgan bo‘lmasin, yuzaga kelayotgan muammolar echimini ijobiy hal etishda murakkab vaziyatlar asosan ta‘minotning ikkilamchi manbalari bo‘lgan ―Uchinchi shaxslar kafilligi‖ va ―Garov‖ shakllari asosida ish yuritish jarayonida yuzaga kelayotganligi kuzatilgan. Jumladan:
kreditlash jarayonida shaxsning kafillik majburiyatining ijrosi uchun taqdim etgan mol- mulkining nazoratsiz qolishi oqibatida bu mol-mulklarni erkin tasarruf etib yuborishi oqibatida majburiyat ijro davriga kelib kafil shaxsning kafillik majburiyatini bajara olmay qolish holatining yuzaga kelayotganligi;
garov predmetidan qarzdorning huquqbuzarlik ashyoviy quroli sifatida foydalanish imkoniyatining cheklanmaganligi;
garov predmetiga oid qonun hujjatlaridagi nomutanosibliklarning mavjudligi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining ―Ipoteka to‘g‘risida‖gi Qonuni 43-moddasi, ―Garov to‘g‘risida‖gi Qonunining 29-moddasi, 2, 3-xatboshi talabi, ―Fuqarolik kodeksi‖ning 281-moddasi, 6-7 xatboshi talablari, ―Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida‖gi Qonunining 56- moddasida belgilangan talab va qoidalar kredit tashkilotlari xodimlari oldiga bir qator noaniqliklarni keltirib chiqaradi.
Foiz daromadlarining keskin pasayib borishi. Tadqiqot jarayonida ayrim bank tashkilotlarida foizli daromadlar kamayib borishi kuzatilgan. Kredit qo‘yilmalarining ortishiga qaramay, foiz daromadlarining kamayib borishi, munosabatda ishtirok etuvchi tomonlar faoliyatida kreditning roli va samaradorligi kamayib borayotganligidan, shuningdek, mazkur banklarda kredit mablag‘larini va ularni hisoblangan foizlarni undirishda muammolar mavjudligidan dalolat beradi.
Bankda risklarni, shu jumladan, kredit risklarini baholash va boshqarish faoliyatining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi.
Muammoli kreditlar bilan ishlash tizimi faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilmagan degan, fikrga ham keldik.
Kreditlash jarayonlarida yuzaga kelayotgan salbiy omillar ta‘sirini bartaraf etish yuzasidan ilmiy asoslangan amaliy takliflar ishlab chiqish va kredit munosabatlari samaradorligini oshirish tadqiqot oldidagi muhim vazifa hisoblanadi.
Chunki, yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek, umuminsoniy faoliyat hamda uning inson shaxsiy omiliga xizmat qiluvchi tizim sub‘ektlarining birgalikda o‘zaro teng huquq va majburiyatlar asosida maqsadlariga erishish yo‘lidagi munosabatlarida muammolar mavjudligicha qolar ekan, jamiyatda moliyalashning asosiy vositasi hisoblangan kredit munosabatlarining samaradorligi to‘liq ta‘minlanishida masala echimi topilmay qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |