jadval
Garovga olinadigan mulk va kredit hajmi nisbati59 (joriy bozor baholarida)
№
|
Ta‘minot turlari
|
Hajmi (foizda)
|
1
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi kafolati
|
100,0
|
2
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kafolati
|
100,0
|
3
|
O‘zbekiston Respublikasi boshqa tijorat banklari yoki chet el banklari kafolatlari
|
100,0
|
4
|
Davlat qisqa Muddatli Obligatsiyalari
|
100,0
|
5
|
Davlat O‘rta Muddatli pul majburiyatlari
|
100,0
|
6
|
Sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polisi
|
100,0
|
7
|
Bankga jalb etilgan yoki boshqa banklardagi depozitlar
|
100,0
|
8
|
Bankga jalb etilgan yoki boshqa banklardagi erkin ayirboshlanadigan valyutadagi depozitlar
|
100,0
|
9
|
Qimmatbaho metallar
|
100,0
|
10
|
Ko‘chmas mulk (mijozning yoki uchinchi shaxsning bino va ishlab chiqarish uskunasi)
|
80,0
|
11
|
Ko‘chmas mulk (mijozning yoki uchinchi shaxsning bino va ishlab chiqarish uskunasi)
|
80,0
|
12
|
Ko‘char mulk (mijozning yoki uchinchi shaxsning engil, qishloq xo‘jaligi), yuk va boshqa transport vositalari
|
80,0
|
13
|
Mijoz yoki uchinchi shaxsning boshqa xo‘jalik anjomlari sifatidagi mulk
|
80,0
|
14
|
Mijoz yoki uchinchi shaxsning tovar-moddiy zahiralari
|
80,0
|
15
|
―Toshkent‖ RFBda kotirovka qilinadigan qimmatli qog‘ozlar
|
80,0
|
16
|
―Elsis-Savdo‖ MChJda kotirovka qilinadigan qimmatli qog‘ozlar
|
80,0
|
17
|
―Banklararo savdo tizimi‖ MChJda kotirovka qilinadigan qimmatli qog‘ozlar
|
80,0
|
18
|
Uchinchi shaxs kafilligi yoki kafolati
|
80,0
|
19
|
Chorva mollari garovi
|
50,0
|
Ammo shuni unitmaslik kerakki garov sifatida qo‘yiladigan engil va yuk transport vositalarining foydalanish muddati besh yildan oshmagan bo‘lishi shart. Kredit ta‘minotiga qabul qilinayotgan garovning aniq qiymatlari xar bir bankning ―Garov ta‘minoti bilan ishlash‖ Tartibi talablariga asosan belgilanadi.
Ta’minotlarni rasmiylashtirishning huquqiy asoslari.
59 Tijorat banklarining‖ kredit siyosati, 2016 yil
Garov huquqi – bir shaxsning majburiyatlarni ta‘minlash uchun boshqa shaxsga mol-mulkka oid huquqini berishini tartibga soluvchi huquqiy me‘yorlar majmui. O‘zbekistonda G.h. garov to‘g‘risida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud shartnoma notarial tasdiqlanishi shart bo‘lsa – notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lganida esa – ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Garovga oid huquqiy munosabatlar, jumladan: garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan huquqlar, boshqa shaxsga o‘tganida garovning saqlanishi, garov to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga kechish, garov b-n ta‘minlangan majburiyat bo‘yicha qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish, garovga oluvchining hamda garovga qo‘yuvchining huquqlari, majburiyatlari va h.k. FK va ―Garov to‘g‘risida‖gi Qonuni (yangi tahriri 1998 y. 1 may) asosida tartibga solinadi.
Kredit munosabatining huquqiy asosi bo‘lgan shartnomalarning huquqiy va iqtisodiy savodxonlik nuqtai nazaridan to‘g‘ri tuzilmaslik holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi.
O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit ta‘minotining rasmiylashtirilishi quyidagi hujjatlarga asosan olib boriladi:
O‘zbekiston Respublikasining qonuni «GAROV TO‘G‘RISIDA» (yangi tahriri); O‘zbekiston Respublikasining «Ipoteka to‘g‘risida»gi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruktsiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risida»gi nizom;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi 1-sonli qarori bilan taqdiqlangan «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom;
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ―Garov reestri to‘g‘risida‖;
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 19 iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2013 yil 22 avgustda ma‘qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 12 iyundagi 155-sonli «Garov reestri to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi qarori;
kredit shartnomasi — O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida tuzilgan, uy-joy sotib olish uchun kredit ob‘ektini garovi asosida kredit berish to‘g‘risidagi shartnoma;
ipoteka shartnomasi — O‘zbekiston Respublikasining «Ipoteka to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda tuzilgan, kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatni ta‘minlashda ipotekani (ko‘chmas mulk garovini) belgilash haqidagi shartnoma;
O‘zbekiston Respublikasining ―Garov to‘g‘risida‖gi Qonuni 1992 yil 9 dekabrda qabul kilingan. Qonun bo‘yicha haqiqiy bo‘lgan har qanday majburiyatning: zayom bank krediti, ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday sub‘ektlari o‘rtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan ta‘minlanishi mumkin. Majburiyat pul birliklarida (milliy valyuta yoki chet el valyutasida) ifodalangan bo‘lishi lozim.
―Garov to‘g‘risida‖gi Qonunning 4-moddasida belgilanganidek garov turlari: garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquq garovi tarzida amal qilishi mumkin.
Garov huquqi garov to‘g‘risida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart bo‘lsa, notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lganda esa u ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Bugungi garov amaliyotining o‘ziga xos tomonlari nimalarda namoyon bo‘ladi, ayniqsa uning ipoteka kabi murakkab shaklidachi?
Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimizki, predmeti er bilan bog‘liq ko‘chmas mulk bo‘lgan garov, ipoteka deyiladi. Ko‘chmas mulk esa turli binolar, imoratlar, xususiy uylar, jismoniy va yuridik shaxslarning xususiylashtirilgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlari va boshqalardan iborat.
O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi garov munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 264-289-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi ―Garov to‘g‘risida‖gi Qonuni va boshqa bir qator huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Uy joy (uning
muayyan qismini), dala hovli, kvartira, garaj va boshqalarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi bitimlar notarial tartibda tasdiqlanishi shartligini ta‘kidlash kerak. O‘zbekiston Respublikasining ―Notariat to‘g‘risida‖gi Qonunining 44-moddasiga ko‘ra bunday bitimlar shu mol-mulk joylashgan hududda rasmiylashtiriladi. Hozirgi vaqtdagi notarial amaliyotda jismoniy shaxslar o‘rtasida ham shartnoma tuzish hollari uchrab turadi.
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning (25.04.1996 yildagi 216-I-son) 34- moddasi birinchi qismiga ko‘ra banklar qonun hujjatlariga muvofiq ko‘char va ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish, kafolat berish, kafillikka olish va majburiyatlar asosida kredit beradilar. Ya‘ni qarz oluvchilar o‘z kredit majburiyatlarining bajarilishini turli usullar bilan ta‘minlashlari kerak.
Fuqarolik kodeksining (FK) 259-moddasi birinchi qismiga muvofiq majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta‘minlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |