O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


MAVZU. KREDITNING TA’MINOTI VA UNING SHAKLLARI



Download 2,42 Mb.
bet20/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

MAVZU. KREDITNING TA’MINOTI VA UNING SHAKLLARI


Reja

    1. Kreditning ta‘minoti tushunchasi.

    2. Ta‘minotlarni rasmiylashtirishning huquqiy asoslari.

    3. Kreditning qaytarilishida garov va boshqa ta‘minot shakllarining tutgan o‘rni.

    4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kredit ta‘minoti bilan bog‘liq muammolar.



Tayanch iboralar


Kredit, kredit munosabatlari, kredit munosabatlari ishtirokchilari, kredit ta‘minoti, garov ta‘minoti, shartnoma, kafolat, kafillik, tsessiya, sug‘urta shartnomasi, sug‘urta polisi, garov va ipoteka


    1. Kreditning ta’minoti tushunchasi.


Kredit munosabatlari samaradorligiga salbiy ta‘sir etuvchi asosiy holat bu – majburiyat ijrosini ikkilamchi manba predmetlari asosida to‘g‘ri rasmiylashtirmaslikdir. Ayni paytda kredit munosabatlari samaradorligi majburiyat ijrosini ta‘minlashning ikkilamchi manbalari ob‘ektini rasmiylashtirish tadbirlariga bog‘liq – deya, kreditlash jarayonlarida asosiy e‘tiborni majburiyat ijrosini rasmiylashtirishga qaratuvchilar soni bank xodimlari o‘rtasida ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Vaholanki, kredit samaradorligi uning o‘z vaqtida qay yo‘l bilan bo‘lsa ham qaytarilishi bilan emas, balki umuminsoniy faoliyat hamda uning shaxsiy inson omiliga xizmat qiluvchi tizim sub‘ektlarining birgalikda o‘zaro teng huquq va majburiyatlar asosida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga muvaffaqiyatli erishib, iqtisodiy o‘sish uchun zamin yaratilganligi bilan baholanadi.
Ipoteka shartnomasini tasdiqlatish uchun xuquqni tasdiqlovchi va ma‘lumot tarzidagi hujjatlar jamlamasini taqdim etish lozim. Yashash joyini garovga qo‘yish uchun unda istiqomat qiluvchi barcha oila a‘zolarining roziligi yozma ravishda olingan bo‘lishi xam kerak.
Notarius tomonlar o‘rtasidagi garov shartnomasini o‘z muhri va imzosi bilan tasdiqlar ekan, qonunga binoan kreditorning huquqi yuridik jihatdan himoya qilinishi xususida qayg‘urishi shart. Garovga qo‘yilgan mulkni boshqaga o‘tkazish muqarrar ravishda taqiqlanadi, u vaqtincha oldi- sotdi, almashtirish, hadya va garovga oluvchining roziligisiz ijara predmeti bo‘la olmaydi.
Tomonlar o‘rtasidagi shartnomani rasmiylashtirayotganda mol-mulkni garovga qo‘yish yo‘li bilan olingan qarzning qaytarilishini sug‘urta polisisiz to‘la kafolatlab bo‘lmasligini ularga tushuntirish ayniqsa muhim. Negaki garovga qo‘yilgan uy, kvartira, avtomashina va boshqalar egasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda-tabiiy ofat, avariya, yong‘in, o‘g‘irlik va hokazolar oqibatida shikastlanishi mumkin. Bunday paytda qarzga berilgan mablag‘larni kreditorga kim to‘laydi? Ana shu boisdan ham bunday bitimni tasdiqlovchi har bir notarius qarz oluvchidan yuqorida aytilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda garovga qo‘yilgan mol-mulkning sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisini ham talab qiladi.
Kreditlashning ta‘minlanganlik tamoyilini amalga oshirishda xodimlarda malaka va tajribalarining etishmasligi ham bor gap.
Aslida ta‘minlanganlik tamoyili kredit munosabatlarida muhim o‘ringa ega, chunki, bu
tamoyilning qay darajada sifatli va mukammal amalga oshirilganligi kreditlash jarayonida qarzdorning o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kreditorga hech bir moneliksiz qarzdor ta‘minoti ob‘ektiga egalik huquqini olishni ta‘minlashi, shuningdek, ta‘minot ob‘ekti qiymati kredit va unga hisoblangan ustama foizlarni qoplay olish imkoniyatini berishi lozim. Lekin amaliyotda kredit munosabatining ta‘minotiga olingan kredit ob‘ekti (asosan ―Ipoteka‖ kreditlarida)ning ayni paytdagi bahosini aniqlashda, rekonstruktsiya va tugallanmagan bino-inshootlarni tugallash xarajatlari tannarxini chiqarishdagi xatolik va malakasizlik oqibatida va eng asosiysi, qarzdor moliyaviy holatini aniqlashning huquqiy jihatlarini tahlil etishda malakasizlik qilinayotganligi kredit munosabatlari samaradorligiga salbiy ta‘sir etmoqda. Bundan tashqari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar shuni ko‘rsatmoqdaki, majburiyat ijrosini ta‘minotning ikkilamchi manba predmetlaridan biror-bir shakl yoki usullari asosida ta‘minlashga doir rasmiylashtirish tadbirlarining amalga oshirilganligi, munosabat 100 foiz ijobiy yakunlanishi kafolatlangan, deb xulosa chiqarish
uchun asos bo‘lmas ekan. Banklar faoliyatida shunday bir muammolar yuzaga kelmoqdaki, ular echimini ijobiy hal etish uchun xodimlardan ko‘rilayotgan masalaning huquqiy va iqtisodiy jihatlarini tahlil eta oladigan darajada bilim va ko‘nikma talab etiladi.
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarni ta‘minlash uchun berishi garov hisoblanadi (FKning 264-moddasi birinchi qismi; «Garov to‘g‘risida»gi Qonunning1 1-moddasi birinchi qismi). Yuridik va jismoniy shaxslar garovga qo‘yuvchi yoki garovga oluvchi bo‘lishlari mumkin («Garov to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasi birinchi qismi). Qarzdorning o‘zi ham, uchinchi shaxs ham garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin. Ashyoning (demak, mol-mulkning) mulkdori ashyoni garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin (FKning 266-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari; «Garov to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari).
FK va «Garov to‘g‘risida»gi Qonunda mavjud bo‘lgan garov to‘g‘risidagi umumiy qoidalar, agar boshqa talablar «Ipoteka to‘g‘risida»gi Qonun (4.10.2006 yildagi O‘RQ-58-son) bilan belgilanmagan bo‘lsa, ipoteka (ko‘chmas mulk garovi) bo‘yicha munosabatlarga nisbatan qo‘llanadi. Biroq ipoteka bilan ta‘minlangan majburiyatda ishtirok etmaydigan uchinchi shaxs ipotekaga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin («Ipoteka to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasi birinchi qismi).
Garov predmeti bo‘la oladigan (yoki bo‘la olmaydigan) mol-mulk, boshqa qonun hujjatlariga havola qilingan holda FKning 267-moddasi, «Garov to‘g‘risida»gi Qonunning 5- moddasi, «Ipoteka to‘g‘risida»gi Qonunning 6 va 9-moddalarida ko‘rsatilgan. Xususan, ularga quyidagilar kiradi:
Davlat xavfsizligini ta‘minlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan ob‘ektlar toifalari ro‘yxati (VMning 8.05.2015 yildagi 114-son Qarori bilan tasdiqlangan);
Tarixiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan ob‘ektlar ro‘yxati (VMning 5.12.2014 yildagi 335-son Qarori bilan tasdiqlangan).
Shu tariqa, jismoniy shaxsning mol-mulki, agar u oborotdan olib qo‘yilgan va begonalashtirilmaydigan mol-mulk turlariga kirmasa yoki qonun hujjatlari bilan garovga qo‘yish taqiqlanmagan yoki cheklanmagan bo‘lsa, kreditni ta‘minlashda garov predmeti bo‘lishi mumkin. Bunda ushbu shaxsning o‘zi uning foydasiga garov beruvchi (ipoteka beruvchi) bo‘layotgan MChJ tarkibiga kirishi yoki kirmasligi muhim emas. Uchinchi shaxs mol-mulkining garovi uchun hujjatlarni rasmiylashtirish uning ko‘char yoki ko‘chmas mulkligi va boshqa holatlarga bog‘liqdir.
FKning 271-moddasiga muvofiq garov to‘g‘risidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak. Ipoteka va ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma yoki notarial tasdiqlanishi kerak bo‘lgan shartnomaga muvofiq olinadigan majburiyatlarni ta‘minlash yuzasidan unga bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma ham notarial tasdiqlanishi shart. Bundan tashqari, ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma tegishli mol-mulkli bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Ushbu qoidalarga rioya qilmaslik garov to‘g‘risidagi shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi2. Bundan shunday xulosa chiqadi: ipoteka shartnomasi notarial tasdiqlanishi va kadastr xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Ta‘minlanishi uchun mol-mulk garovga qo‘yiladigan kredit shartnomasi notarial tasdiqlanishi majburiyligi qonunda nazarda tutilmagan. Qonun hujjatlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, amaldagi birorta qonun hujjatida ham ko‘char mulk garovi shartnomasini majburiy notarial tasdiqlash talabi mavjud emas. Binobarin, ko‘char mulk garovi shartnomasi (hatto avtomototransport vositalari garovi ham, biroq bu haqda keyinroq so‘z yuritamiz) notarial tasdiqlanmaydi, agar taraflarning o‘zlari bunday qilishni xohlamasalar, albatta.
Agar garov predmeti ko‘chmas mulk bo‘lsa, ipoteka shartnomasi notarius tomonidan unga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi va boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin (Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaning3 37-bandi, bundan keyin – Yo‘riqnoma). Bunda hujjatlarning kseronusxasi
ularning asl nusxasi va dublikati o‘rnini bosa olmaydi. Yo‘riqnomaning 125-bandida ipoteka shartnomasini tasdiqlash uchun notariusga ipotekaga qo‘yuvchi va ipotekaga oluvchi taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar sanalgan. Ular, xususan, quyidagilardir:
ipoteka narsasiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat – mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi, mahalliy davlat hokimiyati organining qarori (farmoyishi) notarial tasdiqlangan; oldi- sotdi (hadya, ayirboshlash) shartnomasi, mulk huquqi va merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomalar, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa bitimlar;
«Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma‘lumotnomasi;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki XUMSh tomonidan berilgan ma‘lumotnoma;
garov mulkining sug‘urta etilganligi haqidagi guvohnoma (sug‘urta polisi) va (yoki) sug‘urta shartnomasi4;
asosiy majburiyat haqidagi shartnoma (sizning holatda – kredit shartnomasi);
ipotekaga qo‘yilgan mol-mulkning ipotekaga oluvchi va ipotekaga qo‘yuvchi bilan birgalikdagi tuzilgan baholash dalolatnomasi yoki baholovchi tashkilotning xulosasi;
ipotekaga qo‘yilayotgan mol-mulk umumiy (er-xotinning birgalikdagi mulki) bo‘lsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) roziligi;
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ipotekaga qo‘yilganda

  • shu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan va xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan roziliklari haqidagi arizalari;

agarda ipotekaga qo‘yilayotgan turar joyda doimiy propiska qilingan shaxslar voyaga etmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan bo‘lsa – ularning qonuniy vakillari yoki vasiylik va homiylik organlarining yozma roziligi;
ipotekaga oluvchi yuridik shaxslarning ta‘sis hujjatlari, shuningdek vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjati (ishonchnoma);
davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish