O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 2,42 Mb.
bet16/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Kreditor - kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida maydonga chiqadi. Kreditor bo‘sh turgan mablag‘larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi subyektlar hisoblanadi. Bunday subyektlar banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar, davlat va boshqa moliyaviy tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Kreditor ssuda sifatida beriladigan pul mablag‘larini o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar evaziga shakllantiradi. Kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablag‘larni kreditning qayta taqsimlash funksiyasi orqali real sektorning zarur bo‘lgan bo‘g‘inlariga joylashtiradi. Bu jarayon vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘lardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi.
Kredit oluvchi - kredit munosabatlarida kredit oluvchi sifatida ishtirok etuvchi shaxs. Kredit oluvchi sifatida aholi, davlat, banklar va boshqa shaxslar qatnashishi mumkin. Kreditor berilgan kredit uchun iqtisodiy foydani aniq foiz ko‘rinishida undirsa, qarz oluvchi kredit yordamida ishlab chiqarish uzluksizligini ta‘minlash, shuningdek ishlab chiqarishni kengaytirish orqali ko‘zlagan iqtisodiy foydasiga erishadi.
Kreditning mohiyati uning funksiyalarida yanayam aniqroq namoyon bo‘ladi. Kreditning funksiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha usulda va miqdorda keltirilgan. Ayrim adabiyotlarda kreditning funksiyalari ikkita deyilsa, boshqalarida beshta funksiyadan iborat deyilgan. Iqtisodchi olimlarning fikrlariga tayangan holda quyida kreditning funksiyalari keltirilgan:

  1. qayta taqsimlash funksiyasi;

  2. muomala jarayonini tezlashtirish;

  3. pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish;

  4. pul kapitalini jamg‘arish va markazlashuvini jadallashtirish;

Kreditning funksiyalari ichida qayta taqsimlash funksiyasi asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Kreditning qayta taqsimlash funksiyasi orqali ssuda kapitali iqtisodiyotning tarmoqlari o‘rtasida, qaytarish sharti asosida joylashtiriladi.
Kreditning muomala jarayonini tezlashtirish funksiyasi mamlakat pul muomalasi, pul massasi, pulning aylanish tezligiga bevosita ta‘sir qiladi.
Kapital to'planishining jadallashuvi va markazlashuvi. Kapital to'planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo'jalik yurituvchi subyektning o'z maqsadiga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kredit yordamida katta hajmdagi mablag'ga ega bo'lishga imkon yaratadi. Ushbu funksiya rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va mablag'lar bilan ta'minlanmagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlash jarayonini sezilarli tezlashtiradi.
Muomalaga to'lov vositalarini chiqarish. Bu funksiyani amalga oshirish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomilasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to'lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni, naqd pulsiz hisob-kitoblarga almashtiradi. Bu esa ichki va tashqi bozordagi


1 A. A. Omonov , T. M. Qoraliyev ―Pul kredit va banklar‖ ―Iqtisod-moliya ― Toshkent. 2012 yil 157 bet.
iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinishining kerakli elementi sifatida muhim o'rin tutadi. Kreditning asosiy tamoyillari:
Kredit munosabatlari ma'lum tamoyillarga asoslanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit quyidagi tamoyillarga ega:
Kreditning qaytarilishi. Bu tamoyil kreditning umumiy belgisi hisoblanadi, lekin u o'z- o'zidan vujudga kelmaydi. U moddiy jarayonlarga, qiymat aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi - bu qaytarib berish emas, qaytarib berish uchun zamin tayyorlash hisoblanadi. qaytarib berishlik obyektiv belgi hisoblanadi va bu tamoyil boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan moliyadan farq qiladi.
Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan foydalanganlik uchun foiz summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko'chirish yo'li bilan to'lanadi. Shu yo'l bilan banklar kredit resurslarini qayta tiklanishini ta'minlaydi. Sobiq ittifoq davrida
«qaytarilmaydigan ssuda» tushunchasi mavjud bo'lib, u qishloq xo'jaligida ham keng tarqalgan edi. Bu banklarni korxonalar moliyaviy ahvolini hisobga olmagan holda berilib, aslida u budjet subsidiyasining qo'shimcha shakli sifatida namoyon bo'ladi.
Kreditning muddatliligi. Bu kreditning ma'lum muddatga berilishini anglatib, u qisqa va uzoq mudatli kreditga bo'linadi. Bu muddat qarzdor uchun xohlagan muddatda emas, balki u shartnomada belgilangan muddat hisoblanadi. Kreditning o'z vaqtida qaytarilishi ikkala tomon uchun ham muhim hisoblanadi. Qarz bergan tomon uchun kreditni o'z vaqtida foiz bilan qaytarilishi uni yana kreditga berish imkoniyatini yaratadi, qarzdorni esa shartnomada ko'zda tutilgan jazo choralaridan ozod etadi. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarning tejamli va qayta ishlatish muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotning jo'natish muddatiga, tovarlarni sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma mablag'larning doiraviy aylanishining tezligiga bog'liqdir.
Kreditning tovar-moddiy boyliklar bilan la'minlanganhgi. Bu tamoyilning mohiyati shuki, bunda xo'jalik aylanmasida ishtirok etuvchi bank mablag'larining bir so'miga muayyan boyliklarning har bir so‘mi qarama-qarshi turishi kerak. Berilgan kreditlar tovar- moddiy boyliklari va ma'lum xarajatlar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak. Ta'minlanmagan kreditlarning berilishi kreditlarni bankga qaytib kelmasligiga sabab bo‘ladi. Buning uchun hozirgi sharoitda qarz oluvchilar bankga tovar yoki tovar xujjatlarini, mulkni garovga qo'yadi. Kredit varrant (garov uchun xizmat qiluvchi xujjat) yoki uchinchi shaxs kafolati asosida ham berilishi mumkin.
To'lovlilik. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag'larini hisoblangan foizi bilan to'liq o'tkazadilar. Kredit uchun haq to'lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o'rtasidagi qo'shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo'ladi. Hozirgi sharoitda ssuda foizi miqdori shartnomada o'z aksini topadi va u kreditlashning o'rtacha normasi va bank marjasidan tashkil topadi.
Kreditning maqsadliligi. Bu shu bilan bog'liqki, qarz oluvchi olingan kreditni ma'lum maqsadga (tovar moddiy boyliklar sotib olish, ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va boshqalar) yo'naltirilgan bo'lishi zarur. Bu maqsadlar kredit beruvchi va kredit oluvchi o'rtasida tuzilgan shartnomada o'z aksini topadi. Korxona olgan kreditni faqatgina kredit shartnomasida ko'rsatilgan ishni bajarishga (sotib olishga va boshqalar) sarflashi kerak.

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish