O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jaligini kreditlash tartibi



Download 2,42 Mb.
bet48/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jaligini kreditlash tartibi.


O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining hozirgi bosqichida ustuvor yo‘nalishlardan biri, Prezidentimiz ta‘kidlaganidek: ‖ ... xomashyoni jahon bozorida talab katta bo‘lgan mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlashning 3-4 bosqichli tizimiga o‘tishimiz zarur. Bu tizimning ma‘no-mohiyati shundan iboratki, u birinchi bosqichda xomashyoni dastlabki qayta ishlash, ya‘ni yarim fabrikatlar tayyorlash, keyingi bosqichda sanoat asosida ishlab chiqarish uchun tayyor materiallarga aylantirish, uchinchi, yakuniy bosqichda esa iste‘mol uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan tayyor, ekologik toza to‘qimachilik va engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030 yilda 5,6 marta, meva- sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi. 79
Ushbu tuzilmaga ko‘ra, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini kreditlash tizimi o‘z ichiga
– kredit institutlari (kredit resurslari bilan ta‘minlovchi muassasalar), kreditdan foydalanuvchilar va kreditlash mexanizmini qamrab oladi.
Respublikamizda kredit berish asosan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.(3- jadval).



Qishloq xo’jaligini, fermerlarni kreditlash me’yoriy hujjatlari80


  1. jadval

Sanasi va raqami

Me’yoriy xujjatlar nomi

8.04.2004 y. №1336

―Er uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatini baholash tartibi to‘g‘risida‖gi NIZOM

16.04.2004y №1337

―Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga bo‘lgusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi to‘g‘risida‖gi NIZOM.

10.04.2004y № 1345

―Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini er uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi to‘g‘risida‖gi NIZOM.

14.04.2004 y № 1675

―Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risida‖gi NIZOM.

11.04.2014y.1675/1
02.2015y.1675/2

―Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadi- gan paxta va g‘alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risida‖gi NIZOMga kiritilgan o‘zgartirish lar va qo‘shimchalar.

27.12.2013y. № 2546

Qishloq xo‘jalik korxonalarini milliy valyutada kreditlash tartibi.

Amaldagi tashkiliy tuzilmaga muvofiq, davlat ehtiyojiga mahsulot etishtirish xarajatlarini qoplash uchun kredit resurslari Moliya vazirligi huzuridagi ―Davlat ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga hisob-kitob qilish jamg‘armasi‖ tomonidan Respublika Markaziy banki orqali tijorat banklariga va ularning viloyat, tuman bo‘limlari orqali fermer xo‘jaliklariga beriladi.
Bugungi kunda fermer xo‘jaliklarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.



79 I.A.Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir// Xalq so’zi. 16.01.2016.
80 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki internet sayti asosida tayyorlangan.

Birinchi yo‘nalish, bevosita fermer xo‘jaliklarini davlat ehtiyojlari uchun mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha asosiy xarajatlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq. Bunda fermer xo‘jaliklarining mahsulot etishtirish xarajatlarini, xususan, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, biologik mahsulotlar, kimyoviy vositalar, texnika xizmatlari, urug‘lik, ish haqi va boshqa xajaratlarni moliyalashtirish nazarda tutiladi.
Fermer xo‘jaliklarining hosil etishtirishga ketadigan xarajatlarini moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan 3 foizli kredit mablag‘lari ajratilmoqda.
Shuningdek, davlat ehtiyojlaridan tashqari boshqa mahsulot turlarini, jumladan, meva, uzum, sabzavot, poliz, kartoshka etishtirish, shuningdek, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ham etarli miqdorda kredit resurslari ajratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, fermer xo‘jaliklarini zaruriy aylanma mablag‘lar bilan ta‘minlash maqsadida qo‘shimcha bank kreditlarini jalb qilish yuzasidan Markaziy bank va tegishli vazirlik hamda idoralar tomonidan qator tartib va nizomlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.







Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish