O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 2,42 Mb.
bet45/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Nazorat uchun savollar.


  1. Kreditlar muddatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

  2. Kreditlar ta‘minlanganligiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

  3. Kreditlar foiz stavkasining turiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

  4. Kreditlar tarmoq xususiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

  5. Kreditning kreditlash ob‘ektlariga ko‘ra qanday turlari mavjud?

  6. Kreditning maqsadi yo‘nalishi va kredit munosbatlarida ishtirok etuvchi sub‘ektlarga ko‘ra qanday turlari mavjud?

  7. Kreditlashning qanday zamonaviy usullarini bilasiz?

  8. Overdraft shaklida kreditlash qay tartibda amalga oshiriladi?

  9. Kreditlashning kontokorrent shakli nima va u overdraftdan qaysi jihatlari bilan farq

qiladi?

  1. Kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlashning afzallliklari nimada?



Reja


MAVZU. TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QIShLOQ XO’JALIK SUB’EKTLARINI KREDITLASH

    1. Respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligini tutgan o‘rni

    1. Tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jaligini kreditlash tartibi.

    2. Davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘allani etishtirishni imtiyozli kreditlash.

    3. Erga egalik qilish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi.



Tayanch iboralar


Qishloq xo‘jaligi, imtiyozli kredit, davlat ehtiyoji uchun kredit, garov, davlat xaridi, er garovi asosida kreditlash, imtiyoz, foiz, xarajat, mablag‘, nazorat.


    1. Respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligini tutgan o’rni va tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jaligini kreditlash tartibi.


Qishloq xo‘jaligi dunyo mamlakatlarining asosiy qismida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov: ―Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ham chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o‘tgan yili mo‘l hosil etishtirildi – 7 million 500 ming tonnadan ziyod g‘alla, 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi.
Ta‘kidlash kerakki, bunday mo‘l hosil asosan qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish, selektsiya ishlarini yaxshilash, g‘o‘za va boshoqli don ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini joriy qilish, zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘zlashtirish evaziga ta‘minlandi.
Mamlakatimizda bug‘doydan gektaridan o‘rtacha 55 tsentner hosil olingani, ayrim tumanlarda bu ko‘rsatkich 60-77 tsentnerni tashkil etgani, hech shubhasiz, fermerlarimizning ulkan yutug‘idir.‖75-deb bejiz ta‘kidlamaganlar.
Agrosanoat majmui O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Sohada olib borilayotgan islohotlar o‘zining bir qator ijobiy natijalarini berdi: ekinlar strukturasi yaxshilandi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash kafolatlandi.
Yurtimizda ekin maydonlarini optimallashtirish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini rayonlashtirish borasida har tomonlama puxta o‘ylangan siyosat olib borilayotgani eng muhim xomashyo va eksportbop mahsulot bo‘lmish paxta etishtirishning nisbatan barqaror hajmini saqlagan holda, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishni bir necha barobar ko‘paytirish imkonini berdi. Eng muhimi, xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta‘minlashga zamin tug‘dirdi, kerak bo‘lsa, ularni chet mamlakatlarga eksport qilishga imkon bermoqda. Xususan, qishloq xo‘jaligining meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik va chorvachilik kabi tarmoqlari ham jadal sur‘atlarda rivojlandi. O‘tgan yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva etishtirildi.
Qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, etishtirilgan mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga ham alohida e‘tibor qaratilmoqda. O‘tgan yili qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta korxona, 77 ming 800 tonna sig‘imga ega bo‘lgan 114 ta yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va modernizatsiya qilindi. Mamlakatimizda meva- sabzavotlarni saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga etkazildi. Bu esa, yil davomida narxlarning mavsumiy keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloq





75 I.A.Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir// Xalq so’zi. 16.01.2016.
xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta‘minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish, narx-navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda. 76
Shu sababli davlatimiz tomonidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida qishloq xo‘jaligini isloh qilish va uni bozor munosabatlari talablariga mos ravishda rivojlantirish borasida quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:

  • qishloqda xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini keng ko‘lamda rivojlantirish, dehqonlar o‘zlari ishlayotgan erning, etishtirilayotgan mahsulotning to‘la huquqli xo‘jayinlari deb aniq xis qilishlariga imkon beradigan iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish;

  • paxtadan va boshqa ekinlardan bo‘shatib olinayotgan er maydonlarini fermer (dehqon) xo‘jaliklari tashkil etishga berish, shaxsiy tomorqa erlarini kengaytirish, qishloq mehnatkashlariga er maydonlarini meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanishga berib qo‘yish yo‘lini izchil olib borish;

  • qayta ishlovchi korxonalarni qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi etishtiriladigan joyga mumkin qadar yaqinroq qurish, qishloqda ixcham sanoat korxonalari va tsexlar bunyod etish, mexnatning klassik shakllarini, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatadigan firmalar tarmog‘ini keng rivojlantirish;

Respublikamizda so‘ngi ma‘lumotlarga ko‘ra 2015 yil boshiga sanoat ishlab chiqarishida, qurilishda, chakana savdo aylanmasida va aholiga pullik xizmatlarda kichik tadbirkorlikning barqaror rivojlanishi ta‘minlandi.
Sanoatda kichik tadbirkorlik va mikrofirmalar tomonidan 23967,2 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 2013 yilga nisbatan 117,6%ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlikning umumiy respublika sanoat mahsulotidagi ulushi 31,9%ni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 7,1 foizga o‘sdi.
Hududlar kesimida, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha respublika ko‘rsatkichidan yuqori ko‘rsatkichlar namangan (55,9%), Samarqand (45,3%), Jizzax (42,9%) viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (34,6%) hamda Toshkent shahrida (68,9%) qayd etildi.
2014 yilda kichik tadbirkorar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining hajmi 13896,9 mlrd.so‘mni, o‘sish sur‘ati esa 115,5%ni tashkil etib, respublika qurilish ishlari umumiy hajmidagi ulushi 70,3%ni tashkil etdi.
      1. javdal



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish