O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Ipoteka krediti va undan foydalanish imkoniyatlari



Download 2,42 Mb.
bet41/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Ipoteka krediti va undan foydalanish imkoniyatlari.


Hozir O‘zbekistonda aholiga ipoteka kreditlari berish sxemasini amaliyotga joriy etayotgan kredit tashkilotlarining soni kundan-kunga ko‘payib bormokda. Odatda, uy-joyni tanlash uchun vaqt cheklangan bo‘ladi. Shunday ekan, qarz oluvchi bank ipoteka krediti berish chogida k.anday talablarni qo‘yishini oldindan aniqlab oladi. Umuman olganda, ipoteka krediti olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘plash va rasmiylashtirishning to‘rt bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi bosqich - bankka takdim etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘plash bosqichi bo‘lib, bu hujjatlar: qarz oluvchining pasporti; jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi; oilasining tarkibi haqida, yashash joyidan ma‘lumotnoma; barcha voyaga etgan va etmagan oila a‘zolarining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar; qarz oluvchining mehnat daftarchasi; hozirgi ish joyidan olingan mehnat kontrakti (ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi); asosiy ish joyidan oxirgi 12 oyda olingan daromadlar va ushlab kolingan pullar miqdori haqidagi bank belgilagan shakldagi ma‘lumotnoma; qo‘shimcha daromadlar bo‘lgan taqdirda - qarz oluvchining yashash joyi bo‘yicha oxirgi bir yildagi daromad to‘g‘risida soliq organlari tomonidan tasdiqdangan deklaratsiya nusxasi (ish joyidan ma‘lumotnoma bo‘lmagan taqdirda); sotib olinayotgan uy-joyning bahosi to‘g‘risida mustaqil baholovchining hisobotidan iborat.
Ikkinchi bosqich-ariza to‘ldirish, hujjatlarni kredit xodimlarining o‘rganib chiqishi, kredit komissiyasining qaror qabul qilishi; ipoteka krediti olish uchun bank belgilagan shakldagi ariza; qarz oluvchini dastlabki tarzda malakalash bo‘yicha bank belgilagan shakldagi, qarz oluvchi tomonidan imzolangan anketa; garovga qo‘yilgan uy-joy bahosini bank bilan kelishish bosqichi.
Uchinchi bosqich - kredit shartnomasi tuzish, kvartirani rasmiylashtirish (kredit komissiyasi ijobiy qaror qabul kilgan taqdirda): sotuvchidan yoki kuruvchidan bank krediti hisobidan sotib olinayotgan va qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgan uy-joyni olish-sotish shartnomasi; er (xotin)ning va boshqa voyaga etgan oila a‘zolarining, shuningdek vasiylik va xomiylik organlarining voyaga etmagan oila a‘zolarini kuzlab kredit hisobidan sotib olingan uy-joyni garovga qo‘yishga, shuningdek, undirish uy-joyga karatilgan taqdirda, uy-joyni bushatib berishga notarial tasdiqlangan roziligi; bank muassasasida birlamchi omonat pul mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlar; sotib olinayotgan uy-joyni sugurtalash shartnomasi; qarz oluvchining xayotini va mehnat qobiliyatini cyg‘yptalash shartnomasi; kredit hisobidan sotib olinayotgan uy-joyni garovga qo‘yish (ipoteka) haqida davlat ruyxatidan o‘tkazilganligini bildiruvchi belgi qo‘yilgan shartnoma.
To‘rtinchi bosqich - pul mablag‘larini sotuvchi hisobvaragiga o‘tkazish va sotuvchining pulni olishi.
Kredit tashkilotlari ipoteka yordamida sotib olinadigan uy-joyga kuyadigan muayyan talablar mavjud. Eng avvalo, bu uy-joy likvidli mol-mulk bo‘lishi, ya‘ni boeorda makbul
muddatlarda va narxidan ko‘p yutkazmagan holda sotish mumkin bo‘ladigan ob‘ekt bo‘lmogi kerak.
Bu shaxsan mijozga ham kerak, bank tomonidan ham ipoteka kreditini kurib chiqish chogida hisobga olinadi.
Garov tarikasida sotib olinayotgan uy-joy rasmiylashtirilganida, bu uy-joy qonun hujjatlariga muvofiq sotuvchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lishi kerak. Afsuski, oila a‘zolari va ularni ko‘chirib chikarish mumkinligi muammosi xar kanday, xatto yuridik jihatdan puxta tayyorlangan shartnomada ham dolzarb bo‘lishi mumkin.
Xaridor bilan sotuvchi va rieltorlik agentligi o‘rtasidagi shartnomalar shartlarni batafsil bayon kilgan holda fakat yozma shaklda tuzilishi kerak. Garov egasining undiruvni garovga qo‘yilgan uy-joy yoki kvartiraga karatishi va bu mol-mulkning sotilishi uy-joy yoki kvartirani sotib oluvchi tomonidan ushbu binoda birga yashaydigan garov beruvchi va uning oila a‘zolarini ko‘chirib chikarish uchun asos bula olmaydi, basharti bu uy-joy ular uchun doimiy yashashga yarokli birdan-bir bino bo‘lsa. Boshqa barcha hollarda bevosita sudning ko‘chirib chikarish haqidagi hal kiluvchi qarorida sanitariya me‘yorlariga javob beradigan va ko‘chirib chikarilayotgan shaxs kuchib o‘tishi kerak bo‘lgan aholi punkti doirasidagi boshqa uy-joy binosi ko‘rsatilishi kerakligini nazarda to‘tish mumkin. (1-chizma)

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish