O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 2,42 Mb.
bet39/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Lombard krediti – kreditning bir turi bo‘lib, u fuqarolardan shaxsiy iste‘molga mo‘ljallangan ko‘char mol–mulkni qisqa muddatli kreditlarni ta‘minlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar – litsenziyasi bo‘lgan lombardlar tomonidan tadbipkoplik faoliyati sifatida amalga oshiriladi. Lombardda ashyolarni garovga qo‘yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Garovga qo‘yilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi. Lombard garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash va shunday sifatli ashyolarning napxlapiga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi foydasiga sug‘urtalashi shart. Ayni vaqtda shuni aytish kerakki, lombard garovga qo‘yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas. Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan ta‘minlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o‘tganidan keyin garovga qo‘yilgan mol–mulkni sotish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda ushbu mol–mulkni sotishga haqli. Shundan keyin hatto garovga qo‘yilgan mol–mulkni sotishdan tushgan summa talablarni to‘liq qanoatlantirish uchun etarli bo‘lmasa ham, lombardning garovga qo‘yuvchiga (qarzdorga) talablari bekor bo‘ladi (Fk, 289-modda).
Lombard krediti — Markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini garovga olgan holda, o‘zgarmas yoki kimoshdi savdosi orqali shakllanadigan foiz stavkasida banklarga beriladigan kredit.
Banklarga lombard krediti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan shartnoma asosida beriladi.
Bank lombard kreditini olish uchun amaliyot kuni soat 10:30 gacha Markaziy bankka o‘zgarmas foiz stavka bo‘yicha lombard kreditini olish to‘g‘risidagi arizani ko‘rsatilgan shaklda taqdim etadi va bu arizalar ko‘rsatilgan shakldagi qayd etish daftarida ro‘yxatga olinadi.
Arizani qabul qilish jarayonida Markaziy bank tomonidan quyidagilar tekshiriladi: arizaning to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi;
arizada ko‘rsatilgan bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvarag‘ining «Garovga olingan» bo‘limiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlar tarkibi va soni to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning to‘g‘riligi;
so‘ralgan lombard krediti, shu jumladan foizlarning bankning depozitariydagi operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvarag‘ining «Garovga olingan» tegishli bo‘limiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlarining zarur summasi bilan ta‘minlanganligi va boshqalar.
Markaziy bank amaliyot kuni davomida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, tekshiradi va lombard kreditini berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
So‘ralgan lombard krediti summasining etarli darajada ta‘minlanganligini tekshirish uchun kreditni ta‘minlashga berilgan davlat qimmatli qog‘ozlarining bozor narxi to‘g‘risidagi birja ma‘lumotlaridan foydalaniladi.
Agarda bankning garovga olingan davlat qimmatli qog‘ozlari bozor narxi (Markaziy bank belgilagan tuzatish koeffitsientiga ko‘paytirilgan) lombard krediti bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni ta‘minlash uchun etarli yoki undan ko‘p bo‘lsa, lombard krediti etarli darajada ta‘minlangan hisoblanadi.
Etarli darajada ta‘minlanmaslik bankka so‘ralgan miqdordan kam hajmda lombard krediti berishga asos bo‘ladi.
Qarz oluvchi bankka qo‘yilgan talablar bajarilmasa, Markaziy bank joriy amaliyot kuni davomida bankning arizasini rad etadi va unga lombard krediti berish to‘g‘risidagi arizani qondirmaslik to‘g‘risida ko‘rsatilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
Lombard krediti berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda Markaziy bank amaliyot kuni davomida ariza bergan bankka kredit berish borasidagi shartlar ko‘rsatilgan holda berilgan shakldagi xabarnomani hamda lombard krediti to‘g‘risidagi shartnomani to‘ldirish va imzolash uchun taqdim etadi.
Markaziy bank lombard kreditini qaytarishga doir majburiyatlar bank tomonidan bajarilmagan (qisman) kunning ertasiga garovga olingan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotadi.
Agarda qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan summa Markaziy bankning lombard krediti bo‘yicha talablari hajmidan oshsa, ushbu summa qoldig‘i Markaziy bank talablari qondirilganidan so‘ng, davlat qimmatli qog‘ozlari sotilgan kundan keyingi ish kunida qarzdor bankning vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazilishi lozim.
Agarda davlat qimmatli qog‘ozlarini sotishdan olingan summa Markaziy bankning lombard krediti bo‘yicha barcha talablarini qondirishga etarli bo‘lmasa, ko‘rsatilgan qarzni qoplash debet memorial orderiga asosan qarzdor bankning vakillik hisobvarag‘idan undirib olinadi. Markaziy bankka lombard kreditiga doir qarzlarni qaytarish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Bunda, birinchi navbatda Markaziy bankning garovga olingan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish bilan bog‘liq xarajatlari qoplanadi, so‘ngra hisoblangan foizlar summalari, asosiy qarz summasi va eng oxirida tegishli jarima summasi undirib olinadi.
Markaziy bank qarzdor bankdan uning garovga qo‘yilgan davlat qimmatli qog‘ozlarini kelishilgan narxda sotib olish huquqiga ega.

    1. Download 2,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish