O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 2,42 Mb.
bet30/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Nazorat uchun savollar.


  1. Tijorat banklari kredit siyosati.

  2. Tijorat banklari kredit siyosatining zarurligi va ahamiyati.

  3. Tijorat banklari kredit siyosatini tuzulmasi.

  4. Kredit ta‘minoti va unga qo‘yilgan talablar.

  5. Kredit siyosati va kreditlash mexanizmi.

  6. Tijorat banklari kreditlash muammolarini bartaraf etish yo‘llari


MAVZU. TIJORAT BANKLARINING FOIZ SIYOSATI


Reja

    1. Tijorat banklari foiz siyosati haqida umumiy tushuncha.

    2. Foiz stavkalarining turlari. Kredit bahosini o‘rnatish tartibi.

    3. Kredit bahosi va unga ta‘sir etuvchi omillar. Marja va uning hisoblanishi.



Tayanch iboralar


Bazaviy stavka, depozit, kredit, murakkab foiz, nominal foiz stavkasi, omonat, oddiy foiz, pul bozori stavkalari, real foiz stavkasi, foiz siyosati, suzuvchi foiz stavkasi, foiz stavkasi, qayta moliyalash stavkasi, qat‘iy belgilangan stavka.


    1. Tijorat banklari foiz siyosati haqida umumiy tushuncha.


Foiz siyosati nafaqat pul-kredit boshqaruvida asosiy komponent vazifasini bajaradi, balki kredit munosabatlarini boshqarishda iqtisodda ustuvor ham hisoblanadi.
Bank foizidan foydalanish mexanizmi bir nechta elementlarni o‘zida mujassamlashtiradi va uning yordamida bank foiz siyosati vujudga keladi hamda uning amaldagi ko‘rinishi ssuda foizi hisoblanadi. Bank foiz stavkasiga olimlar turlicha ta‘riflar berganlar62. Masalan I.O. Lavrushin bank foizini kredit munosabatlarida qatnashuvchi sub‘ektlardan biri bank bo‘lgan holda vujudga kelishini ta‘kidlaydi. Ssuda foizi esa ssudan vaqtinchalik foydalanishga ssudalashtiriladigan o‘ziga xos narx hisoblanadi. Shunga o‘xshash ta‘rifni yana bir olim I.Tavasiev berib u shunday deydi: "banklar uchun pullar o‘zida "oldi-sotdi" predmetini ifodalab o‘zining narxi bo‘lgan bank foiziga ega"63. Nazariy nuqtai nazardan uni to‘lash manbai bo‘lib kreditdan foydalanish natijasida olinadigan qarz oluvchi foydasining bir qismi hisoblanadi.
Bank foizining turli xil shakllari mavjud bo‘lib ular: depozit foizi ko‘rinishida, ssuda foizi, shu bilan birlikda banklararo kreditlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha investitsiya foizlari va boshqalardir.
Bank foizi mazmunida shuni nazarda tutish kerakki, bank muassasalari o‘zining mablag‘larini emas, balki chetdan keladigan mablag‘larni ssudaga joylashtiradi. Bank faoliyatida bajarilmaydigan majburiyatlar riski, aktiv tomondan pul qo‘yuvchilarning ham passiv tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi riskini oshiradi.
Bank foizi 2 xil ma‘noda foydalaniladi:

  1. Bank jalb qilgan mablag‘lar (boshqa kredit tashkilotlaridan olingan banklararo kreditlar, jismoniy va yuridik shaxslarning omonotlari va depozitlariga foiz, mijozlarning hisobvaraqlaridagi qoldiqlarga foiz) ga to‘laydigan qiymatni ifodalashda;

  2. Bank joylashtiradigan mablag‘larga olinadigan qiymatni ifodalash uchun . Boshqacha qilib aytganda bank foizi turli shakllarda :

Depozit foizi;
Ssudalar bo‘yicha foiz; Banklararo kreditlar bo‘yicha foiz;
Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar bo‘yicha foizlar shaklida namoyon bo‘ladi.
Foizning mutloq miqdori hech narsani anglatmaydi. Shu sababdan kredit kelishuvining samaradorligini oydinlashtirish kredit qiymatining u yoki bu ma‘qul qiymatni aniqlash uchun nisbiy ko‘rsatkich - foiz normasi ko‘rsatkichidan foydalaniladi:
Ssuda kapitali bozorining turli sektorlari xususiyatlaridan kelib chiqib bir turdagi foiz stavkalari (bank va nobank) ning bir necha guruhini ajratish mumkin:

  • Kredit muassasalari o‘rtasidagi qisqa muddatli kredit operatsiyalarida qo‘llaniladigan pul bozori stavkasi;




62 Лаврушин О.И. Банковское дело: учебник. 2-е изд. Перераб. и доп. / О.И. Лаврушина. - Москва: Финансы и статистика, 2005. -672 с.
63 Тавасиев А.М. (ред.) Банковское дело. Управление и технологии Учебник для студентов вузов, обучающихся по экономическим специальностям. — 2-е изд., перераб. и доп. — М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2005 г. — 671с.

  • Qayta moliyalashtirish stavkasi;

  • Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi (birlamchi va ikkilamchi bozor) stavkalar;

  • Bank va boshqa kredit muassasalarining nobank tashkilotlariga va jismoniy shaxslar uchun foiz stavkalari.

O‘z navbatida yuqoridagi guruhlarning har biri doirasida foiz stavkalarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
Bitim muddatlari bo‘yicha:

  • Qisqa muddatli;

  • Uzoq muddatli.

Foiz stavkalarining tuzilishi bo‘yicha:

  • asosiy(bazaviy);

  • qo‘shimcha, ya‘ni asosiy qarz o‘zgarishi natijasida o‘zgaradigan foiz stavkalar.

Shakllanish xarakteri bo‘yicha- bozor va tartiblanadigan to‘g‘ri yoki egri (Markaziy bank va boshqa sub‘ektlar stavkalari) stavklariga bo‘linadi. Tartiblanadigan stavkalarga qayta moliyalashtirish stavkasi va Markaziy bank shtraf stavkalari kiradi.
Foydalanish ko‘lamiga bo‘yicha- hududiy, milliy va halqaro kredit bozorlarida qo‘llaniladigan stavkalar.
Kreditdan foydalanish davrida o‘zgarish xarakteriga qarab -fiksirlangan (o‘zgarmas) va suzuvchi (o‘zgaruvchi) stavkalarga ajratiladi.
Lavrushin I.O. ssuda foizini belgilar bo‘yicha quyidagicha turga ajratadi64:
Kredit shakllari bo‘yicha - tijorat foizi, bank foizi, iste‘mol foizi, lizing bitimlari bo‘yicha foiz, davlat krediti bo‘yicha foiz.
Kredit muassasalari turi bo‘yicha-Markaziy bank hisob stavkasi, bank foizi, lombard foizi.
Investitsiya turi bo‘yicha-oborot mablag‘lariga kredit bo‘yicha foiz, asosiy fondlarga investitsiya bo‘yicha foiz, qimmatli qog‘ozlarga investitsiya bo‘yicha foiz.
Kreditlash muddatlari bo‘yicha foiz.
Kredit muassasalarining operatsiya turlari bo‘yicha foiz.
Bank foizdan foydalanish mexanizmi o‘zida banklar amalga oshiradigan foiz stavkasi siyosatining elementlari majmuini ifodalaydi. Mexanizmning alohida elementlari sifatida quyidagilar ajratiladi:
Foiz darajasini shakllantirish usullari;
Foiz stavkalarining differentsiyalash mezonlari bo‘yicha;
Markaziy bank tomonidan foiz normasini tartiblash metodlari bo‘yicha; Foizlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘tkazish va undirish tartibi bo‘yicha; Foizning qarz oluvchilar moddiy manfaatlar tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligi;
Kredit muassasalarinng daromadlari va xarajatlarini shakllantirishda foizning o‘rni. Bank foizidan foydalanishning zamonaviy mexanizmi quyidagilar bilan xarakterlanadi:
Foiz darajasi kredit bitimi tomonlari o‘rtasidagi kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda shartnoma orqali aniqlanadi.
Markaziy bank doimiy ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ssuda foiz normasini ma‘muriy boshqaruvidan uning darajasini qayta moliyalashtirish foiz stavkasini o‘zgartirish va majburiy rezervlar normasini manevrlash orqali tartibga solishning iqtisodiy usullaridan foydalanadi.
Ssudalar bo‘yicha foiz stavkalari tijorat banklari tomonidan kredit kelishuvining aniq shartlarini hisobga olib o‘rnatilmoqda, ya‘ni ssuda hajmi va uni tugash muddati, ta‘minot mavjudligi, mablag‘larni jalb qilishdagi xarajatlar, kreditni rasmiylashtirish va nazorat bo‘yicha xarajatlar, qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va boshqalar.
Bank passiv operatsiyalari bo‘yicha foiz bo‘sh pul mablag‘larini vaqtincha omonatlarga jalb qilish stimuli sifatida oshib bormoqda.
Foizlarning o‘tkazilishi va undirilish tartibi shartnomada belgilanadi. Amaliyotda ssuda kunlari sanasi yaqinlashishi bilan oddiy foizlar hisoblash usulidan foydalaniladi.



64 Лаврушин О.И., Мамонова И.Д., Валенцева Н.И. Банковское дело// Учебник. -М.: КНОРУС, 2009. — 768 с.
Xozirgi vaqtda foizlarni to‘lash manbasi kredit qo‘yilmalarining yo‘nalishidan kelib chiqib turlichadir. Qisqa muddatli ssudalar bo‘yicha to‘lovlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi, uzoq muddatli va muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha xarajatlar korxona soliqqa tortilgan foydasiga olib boriladi.
Zamonaviy foiz mexanizmining xususiyati bevosita foizlar bo‘yicha daromad va xarajatlarning bank yakuniy moddiy manfaatlari bilan bevosita bog‘liqligi hisoblanadi.
Bank xarajatlari 2 asosiy elementlardan tarkib topadi:
Resurslarni shakllantirish bo‘yicha xarajatlar; Bank faoliyatini ta‘minlovchi xarajatlar.
Bazaviy foiz stavkasining darajasi, bu ma‘lum davrga ta‘minlangan ssudalar bo‘yicha bankning eng kreditga layoqatli mijozlari uchun o‘rnatiladi;
Alohida har bitim sharoitidan kelib chiqib riskni qo‘shish. Bazaviy foiz stavkasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bazaviy foiz stavka=B1+ B2+ Fd ; Bu erda:
B1 - rejalashtirilayotgan davrga barcha kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi;
B2 - bank faoliyatini ta‘minlash bo‘yicha rejalashtirilayotgan xarajatlarning joylashtirilayotgan mablag‘lar hajmiga nisbati;
P- bank ssuda operatsiyalarining rejalashtirilgan foydalilik darajasi.
Kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi (S1) o‘rtacha tortilgan formula bo‘yicha hisoblanib alohida resurs turi bahosi va uning bank umumiy jalb qilingan resurslar summasidagi ulushidan kelib chiqib hisoblanadi.
O‘z navbatida alohida bank jalb qilgan resursning o‘rtacha haqiqiy bahosi mazkur resurs bozoridagi nominal bahosi va majburiy zahira normasiga korrektirovka asosida aniqlanadi:

Bunda:
Bd -jalb qilingan muddatli depozitlarning o‘rtacha haqiqiy bahosi; Pd- depozit foizining o‘rtacha bozor bahosi.
Riskni hisobga olgan holatda quyidagi mezonlardan kelib chiqib guruhlanadi: Qarz oluvchining kreditga layoqatliligi;
Ssuda bo‘yicha ta‘minot va uning xarakteri; Mijozning bank bilan mustahkam aloqasi; Foizlarni hisoblash usullari;
Qarz oluvchining kredit muddatiga rioya qilishligi.
Ma‘lumki ssuda foizi bank daromadini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi va jalb qilingan mablag‘larga to‘lovlar uning xarajatlari tarkibida muhim o‘rin egallaydi. Bank foiz marjasi bank aktiv va passiv operatsiyalarpi bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari o‘rtasidagi farq muhim ma‘no kasb etadi.
Foiz marjasi quyidagicha aniqlanadi:
Ff -Xf * 100 %
Mh =
Ad
Bunda:
Mh - foiz marjasining amaldagi hajmi; Ff - foizli daromadlar;
Xf -Foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar;
Ad- foiz ko‘rinishida daromad keltiruvchi aktivlar.
Foiz marjasining tahlili quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
Amaldagi foiz marjasini bazaviy bilan solishtirish, foizlar bo‘yicha daromadlarning oshishi yoki kamayishi sur‘atlarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi;
Foiz marjasi komponentlarini o‘zgarishining tahlili daromad(xarajatlarning)larning qaysi kategoriyasi uning umumiy o‘zgarishiga olib kelishini aniqlash imkonini beradi.
Foiz marjasining hajmiga ta‘sir qiluvchi asosiy omillar bo‘lib kredit qo‘yilmalari va ularning manbalari hajmi va tarkibi, to‘lovlar muddati qo‘llaniladigan foiz stavkalar xarakteri va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.
Bozor mexanizmi rivojlanishi sharoitida g‘arb mamlakatlarining tajribasini hisobga olish muhimdir. G‘arb mamlakatlarida bir vaqtning o‘zida bir qator foiz stavkalarini - fiksirlangan va suzib yuruvchi foiz stavkalarini qo‘llashadi. Bu odatda bozor kon‘yukturasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.



    1. Download 2,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish