7
I. BOB. KOLXAMINNI PROPARGIL SPIRTI BILAN HOSILASINI
SINTEZI VA TADQIQOTI.
1.1 Alkaloidlarning umumiy tavsifi
Markaziy Osiyoda o`suvchi Colchicum turiga kiruvchi o`simliklarda
tropolon alkaloidlar kolxamin, kolxitsin bilan bir qatorda izoxinolin alkaloidlari
ham uchraydi. Ushbu turga kiruvchi o`simliklardan alkaloidlarni ajratish va
ularning tadqiqoti muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
ularning tuzilishi va
fiziologik aktivligini o`rganish nazariy organik kimyoning va tibbiyot
amaliyotining rivojlanishiga o`z hissasini qo`shadi. Ulardagi alkaloidlarning xilma-
xil tuzilishligi, muhim fiziologik xossalari va ulardan yangi alkaloidlarni izlash
dolzarbligicha qoladi.
Azot saqlagan asos xossasiga ega bo`lgan organik moddalar alkaloidlar deb
ataladi. Alkaloid so`zining ma’nosi arabcha so`z bo`lib-alkali-ishqor-ishqorsimon
birikma degan ma’noni bildiradi. Alkaloidlar o`simlik organizmida uchraydi va
hayvon organizmiga kuchli fiziologik ta’sir ko`rsatadi, asosan asab sistemasiga.
Ularning ko`pchiligi
kuchli zahar, lekin juda kichik dozada ko`pgina alkaloidlar
juda muhim dorivor preparatlar hisoblanadi. Ularning asos xarakterda ekanligi va
tuz hosil qilishi XVIIII asrning boshlarida ko`pgina alkaloidlarni individual holda
ajratib olish imkonini berdi
2
.
Morfin Sertyurner, 1806 yilda xinin va kolxitsin
Pellte va Kavantu 1820 yil, nikotin Bosselt va Reyman 1828 yil, atronin-Meyn
1831 yil, teobromin 1842 yil Voskresenskiy tomonidan ajratib olindi. Ilgari
alkaloidlar individual ajratib olingunga qadar o`simliklarning ekstrakti ishlatilgan.
Juda oldin alkaloid saqlaydigan o`simliklarning soni zahar sifatida
qo`llanilgan. Masalan strixning alkaloidi nayza uchiga surtilib ishlatilgan.
Alkaloidlar xilma-xil kimyoviy tuzilishi va fiziologik
aktivligi tufayli
oragnik birikmalarning juda katta sinfini tashkil etadi. Ularning tuzilishini va
fiziologik aktivligi o`rganish nazariy organik kimyoni va tibbiyot amaliyotiga juda
8
katta hissa qo`shdi, ularni hozirgi kunda o`rganish fanga va amaliyotga
aaaaaayangi natijalar bermoqda. Juda ko`p alkaloidlar XIX asrda individual holda
ajratildi, lekin ularning tuzilishi XX asrda isbotlandi, hamda ularning sintezi
alkaloidlar murakkab bo`lganligi tufayli XX asrning
ikkinchi yarmida amalga
oshirildi.
Alkaloid saqlaydigan o`simliklar asosan bir necha tur oilalar hisoblanadi.
Lolaguldoshlar, Lolaguldoshlar, murakkabgullilar, oilalar hisoblanadi. Alkaloidlar
o`simliklarda hamma organlarida uchramaydi.
Ular o`simlikning aniq bir qismida bo`ladi. Masalan nikotin tamakining
bargida, xinin-xin daraxtining ildizida uchraydi. Bir turga kiruvchi o`simliklar bir
necha alkaloidlarni saqlaydi. Alkaloidlar o`simliklarda tuz holida uchraydi.
O`simliklardan alkaloidlar ajratib olishning bir necha usullari bor. Alkaldoid
saqlagan o`simliklar yig`ilgandan keyin soya
joyda quritiladi va ezib
maydalangandan keyin ishqor yoki ammiak bilan ishlanadi, keyin erkin alkaloid
suvli eritmadan efir, xloroform yoki boshqa organik erituvchi bilan ajratib olinadi,
undan keyin alkaloid kislotali muhit bo`lgan suvli eritmaga o`tkaziladi. Ko`pgina
alkaloidlar pikrin va fosformolibdat kislotalar kam eruvchan tuzlar hosil qiladi va
tipin va HgJ
3
bilan cho`ktiriladi.
Markaziy
Osiyoda,
xususan,
Surxondaryo
viloyatida
ushbu
oila
o`simliklarining oq va sariq savrinjonlari uchraydi. Ushbu oila o`simliklarining
alkaloidlarini tuzilishi turli-tumanligi, muhim fiziologik faollikka ega bo`lishi
hamda yangidan-yangi vakillarining kashf etilishi hozirgi
kunda ham ushbu oila
o`simliklarining mahalliy sharoitlarda o`rganilishi dolzarb vazifalardan biri
ekanligini ko`rsatadi. Ishning ahamiyatli tomoni Markaziy osiyoda o`sadigan
dorivor o`simlik bo`lgan kolxikumdan tibbiyot uchun muhim bo`lgan alkaloidlar
kolxamin va kolxitsinni ajratib olinadi. Biroq bu alkaloidlarning zaharlilik darajasi
yuqori bo`lgani uchun tibbiyotda kam ishlatiladi. Shuning uchun ushbu
alkaloidlarning asosida fiziologik faollikka ega bo`lgan, ammo zaharlilik darajasi
kam bo`lgan hosilalarni sintez qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
9
Tabiiy o`simliklardan fiziologik faollikka ega bo`lgan
dorivor moddalarni ajratib
olish va ularning xossalarini o`rganish borasida Respublikamizda amalga
oshirilayotgan ishlar jahon miqyosida qilinayotgan ishlar orasida o`ziga xos
muhim o`rinni egallaydi. Ushbu loyihaning muvaffaqiyatli bajarilishi nafaqat
Respublikamizda, balki butun jahonda echilishini kutib yotgan muammolarni hal
etishda, shuningdek nazariy ma’lumotlarni boyitishda g`oyatda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: