O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti a. Sh. Xurramov umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm. Jigar qurti - Fasciola hepatica ning tuzilishi



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/122
Sana12.07.2021
Hajmi6,67 Mb.
#116913
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   122
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari (A.Xurramov)

28-rasm. Jigar qurti - Fasciola hepatica ning tuzilishi
A-jinsiy  organlar  sistemasi,  B-ovqat  hazm  qilish  sistemasi,  1-og’iz 
so’rg’ichi;  2-qorin  so’rg’ichi;  3-shoxlangan  ichak;  4-qo’shiIish  organi; 
5-tuxumdon;  6-sariqIik bezlari;  7-sariqIik bezlarining kanallari;  8-urug’don; 
9-urug’ yo’li;  10-bachadon.
Tegument  ostida  bazal  membrana  va  uning  tagida  turli 
xil  muskullar joylashgan.  Ichki  organlar  atrofini  fiziologik 
jihatdan  muhim  rolni  o’ynaydigan  parenxima  hujayralari 
to’ldirib  turadi.  Shu  sababli  ham  ularda  tana  bo’shlig'i 
bo’lmaydi.
s s
www.ziyouz.com kutubxonasi


Jigar  qurtining  ovqat  hazm  qilish  sistemasi  tananing 
oldingi  qismidagi  so’rg’ichining  markazida joylashgan  og’iz 
teshigidan  boshlanadi.  Og’izdan  keyin  tomoq  oldi  bo’sh!ig'i 
va 
muskulii 
tomoq 
joylashgan. 
Tomoq 
qisqagina 
qiziIo’ngachga ochiladi.  Qizilo’ngach qorin  so’rg’ichi oldida 
o’rta  ichak  bilan  tutashadi.  0 ’rta  ichak  ikkita  asosiy 
shoxchaga  bo’linib,  ular  bir  necha yon  ko’r o’simtalar  hosil 
qiladi.  Bu o ’simtalar tananing eng chetki qismlarigacha yetib 
boradi.  Jigar  qurtida  anal  teshigi  mavjud  boMmaganligi 
uchun  hazm  boMmagan  ovqat  qoldiqlari  yana  qayta  og’iz 
orqali tashqariga chiqariladi.
Ayiruv  sistemasi  protonefridiylardan  iborat.  Paren- 
ximada joylashgan  miitillab turuvchi  hujayralar bosim orqali 
modda  almashinuvida  hosil  boMgan  ayirish  mahsulotlami 
shimib  olib,  kiprikchalari  yordamida  naychalar  sistemasiga 
haydaydi.  Naychalaming  oqimi  bitta  yo’g’onroq  nayga 
ochilib,  bu  nay  tananing  oxirgi  uchida  ayirish  teshigi  bilan 
tashqariga ochiladi.
Nerv  sistemasi  ikkita tomoq  usti  nerv tugunchasidan va 
ulardan  chiqib  tananing  oldingi  va  orqa  uchiga  qarab 
ketuvchi  uch juft  nervlardan  iborat.  Bu  nerv  tolalari  o'zaro 
komissuralar bilan bogMangan.
Jigar  qurti  germafrodit  (ikki  jinsli)  jinsiy  organlari 
sistemasi  murakkab  tuzilgan  boMib,  juda  ko’p  organlardan 
iborat.
Erkaklik  jinsiy  organi  qorin  so’rg’ichidan  orqaroqda 
joylashgan  bir  juft  urug’dondan  boshlanadi.  Har  bir 
urug’dondan  bittadan  urug’  yoMi  chiqadi.  Qorin  so’rg’ichi- 
dan  keyinroqda  urug’  yoMlari  qo’shilib,  sirrus  xaltachasi 
ichiga kiradi  va kengayib,  urug’  pufagini  hosil  qiladi.  Umg’ 
pufagining  old  tomoni  torayib,  urug’  to’kuvchi  nayga 
ochiladi va erkaklik jinsiy teshigi bilan yakunlanadi.
Urg'ochilik  jinsiy  sistemasi  bitta  tuxumdon,  qisqa 
tuxum  yoMi  sariqlik  bezi  va  uning  chiqarish  yoMlari,  umg’ 
qabul qiluvchi xalta melis tanachasi, ootin,  laurerov kanali va
86
www.ziyouz.com kutubxonasi


bachadondan tashkil topgan.
Ishning  bajarilishi:  jigar  qurtini  soat  yoki  buyum 
oynasi  ustiga  qo’yib  (bir  varaq  oq  qog’ozdan  ham 
foydalanilsa  bo’ladi)  qo’l  lupasi  yoki  binokulyar  yordamida 
kuzating.  Uning  yassi,  ikki  tomonlama  simmetrik  tana 
tuzilishiga  e'tibor  bering.  Og’iz  va  qorin  so’rg’ichlarini  va 
ulaming  o ’rta  qismida  joylashgan  jinsiy  kloakani  toping. 
So’ng jigar qurtidan tayyorlangan preparatlami mikroskopda 
qo’yib,  parazitning  ichki  organlari:  tomoq,  qizilo’ngach, 
tuxumdon,  tuxum  yo’li,  bachadon,  sariqdon,  sariqlik  bezi 
yo’llari, qin, ootip xaltachasi, tuxumdon uchining kengaygan 
qismi, urug’don, urug’ yo’llari, otalantiruvchi organ-sirrus va 
ichaklarini  ko’rish  mumkin.  Jigar  qurtining  umumiy 
ko’rinishini  ovqat  hazm  qilish,  ayiruv,  jinsiy  organlar 
sistemalarini o’rganing.

Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish