126
15-
MA'RUZA
MAVZU: BOLALAR SALOMATLIGI XOLATI VA UNI HIMOYALASh.
Rеja:
1.
Sog`lom organizm haqida tushuncha.
2.
Kasal organizm haqida tushuncha.
3.
Yuqumli kasalliklar.
4.
Organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish.
5.
Kasalliklarni yoshga qarab tarqalishi.
6.
Infеktsiyaning tarqalish yo`l
lari.
7.
Organizmning o`zini-o`zi ximoya qilishi.
Sog'liq va salomatlik haqida tushuncha.
Sog'liq va salomatlik holati
deganda organizmning tashqi muhit bilan turg'un munosabat holati va bu
jarayonda kasalliksiz, og'riqsiz va o'zgarishlarsiz kechadigan holati tushuniladi.
Keng ma'noda olganda salomatlik-insonning ruhiy, biologik (fiziologik)
vazifalarini, uning aktiv hayot faoliyatining davomiyligini mumkin qadar saqlab
qolgan holda eng ko'p mehnat qobilyatini, ijtimoiy jihatdan faolligini saqlash va
rivojlantirish jarayonidir. Katta va kichik yoshdagi insonlarning sog'ligi-jamiyat
boyligidir.Insoniyat paydo bo'lganidan beri sog'lom, baquvat bo'lishga, uzoq
umr ko'rishga intilib, bosh qotirib kelmoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda tug'ilgan har 1000 odamdan 1 tasi 100 yil yashar ekan.
Toshbaqa, timsoh-100-200 yil, Qarg'a 100-120 yil, Lochin 160-170 yil, Meksika savri
15000 yilgacha yashaydi. Inson umri esa 70-100 yil bo'lib kelmoqda, vengriyalik er-
xotin: Djon-172 yil, Sarra 120 yil, daniyalik Drakenberg 146 yil, angliyalik Djenkins
196 yil, Tomas par 153 yil yashagan va hakazo.
Salomatlikning
antropometrik, kilinik, fiziologik va bioximik ko'rsatkichlari mavjud-ki,
bu ko'rsatkichlar yoshga bog'liq ravishda, jinsga, ta'lim-tarbiya sharoitlariga, iqlimiy va
geografik muhit sharoitlariga bog'liq ravishda o'ziga xos aniqlanadi.
Individual salomatlik tushunchasidan tashqari aholi sog'ligi tushunchasi ham mavjud
bo'lib, bu tushuncha statistik ko'rsatkich sifatida muhimdir. Bu ko'rsatkichlar: tug'ilish,
o'lish, bolalar o'limi, jismoniy rivojlanish darajasi, kasalliklarga chalinish, o'rtacha umr
ko'rish ko'rsatkichlari sifatida aniqlanadi.
Bolalar va o'smirlar jmoasining salomatligi tahlilida bir qacha ko'rsatkichlar: umumiy
kasallanish, yuqumli kasalliklarga chalinish; salomatlik indeksi, uzoq muddatli
va tez-
tez kasalga chalinishi;
127
Sog'lom va nosog'lom (ruhiy, jismoniy) shaxslar nisbati; salomatlik guruhlaridagi
taqsimlanish va boshqa ko'rsatkichlar muhim ahamiyatga ega. Umumiy kasallanish
(barcha kasaliklarning tarqalishi)-asosan aholining tibbiy yordamga murojat
qilganliklari to'g'risidagi ma'lumotlarni yoki yoppasiga o'tkazilgan tibbiy ko'riklar
natijalarini tahlil qilib aniqlanadi. Umumiy kasallanish yoshga bog'liq holda va tarbiya
sharoitlariga bog'liq holda ko'zga ko'rinarli darajada o'zgarib turadi. 2-3 yoshdagi
bolalar o'rtasida bu ko'rsatkich yuqori bo'lib, so'ngra
susayadi, maktab davri
boshlarida
va jinsiy balog'at davrida bir muncha o'sish kuzatiladi va yana susayadi. Bu davrlarda
bolalar va o'smirlar bir muhitdan ikkinchi muhitga tushib qoladi, moslashish qiyinroq
kechishi kuzatiladi, organizmda nmmun sistema va imumiy reaksiya faoliyati susayadi,
jinsiy balog'at yoshida bunday o'zgarishlar neyrodokrinologik jihatdan o'zgarishlar
natijasi hisoblanadi.
Kasalliklar yoshga xos ravishda o'zgarib ham turishi mumkin, shu sababli
kasalliklar ba'zan toifalarga ajratiladi. Quyida ba'zi toifalarga ajratilgan kasalliklarning
yoshga xos tarqalishi ko'rsatilgan.
Toifa
o'rni. 1-6 yosh
7-10 yosh
11-14 yosh
15-17 yosh
I
Nafas
olish
organlari
kasalliklari
Nfas olish
organlari
kasalliklari
Nafas olish
organlari
kasalliklari
Nafas olish
organlari
kasalliklari
II
Yuqumli
kasalliklar
Travma
(jarohatlanish)
zaharlanish
III
Allergik
kasalliklar
Ovqat hazm
qilish
organlari
kasalliklari
Nerv tuzilish va
sezgi
organlariga
oid kasalliklar
IV
Ovqat hazm
qilish organlari
kasalliklari
Travma
(jarohatlanish)
va zaharlanish)
Teri va teri osti
kletchatkasi
kasalliklari
ruhiy buzilishlar
V
Travma
(shikastlanish)
va zaharlanish.
Nerv tuzilish
va sezgi
organlari
kasalliklari
Ovqat hazm
qilish organlari
kasalliklari
Yuqumli
kasalliklar
Bunday ko'rinish asosan yoshga bog'liq holda morofunksional jihatdan asosiy
fiziologik tizimlarning
yetilishi va rivojlanishi, immun sistemasi xususiyatlari,
gigiyenaga amal qilish, rejimga, mashq qilishga ko'nikish va boshqa xususiyatlarga
128
bog'liq holda yuzaga keladi. Bundan tashqari o'quvchilarda yosh o'zgargan sari
yaqindan ko'rish, qaddi-qomatning buzilishi, quloq, tomoq, va burunning surunkali
kasalliklari miqdori oshib boradi.
Hozirgi davrda tibbiy tadqiqotlar natijasida bolalar va o'smirlar sog'ligining
holatiga ko'ra ularning salomatligi ko'rsatkichlari, mezonlari qabul qilingan. Ular
quyidagicha: tekshirish davridagi surunkali kasalliklar mavjudligi yoki
uchramasligi; 2 Organizmning asosiy organlar tizimi funksional
holati darajasi; 3.
Organizmning noqulay ta'sirlarga qarshilik ko'rsata olish darajasi.
Yuqoridagi mezonlarga ko'ra bolalar va o'smirlar sog'ligining holatiga
ko'ra V guruhga bo'linadi. I va II guruh-sog'lom va amalda sog'lom bolalar. III va
IV kasallik darajalariga ko'ra turli xil bemor bolalar. V-guruh maktabga
qatnamaydigan va maxsus maktablarda o'qiydigan butunlay bemor bolalar
kiritiladi.
Demak I guruhdagi bolalarning funksiyalari normal rivojlanganlik
darajasiga ega;
II guruh-sog'lom, lekin o'tkir va surunkali kasalliklarga qarshilik ko'rsatish
qobilyati pasaygan hamda ba'zi morfofiziologik o'zgarishlarga ega bolalar va
o'smirlar.
III guruh- surunkali
kasalliklarga chalingan, lekin funksional imkoniyatlari
darajasi saqlanib qolgan bola va o'smirlar.
IV guruh-funksional holati pasaygan va surunkali kasalliklarga chalingan
bolalar va o'smirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: