O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/260
Sana31.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#200446
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   260
Bog'liq
botanika

Og’izchalar. Epiderma to’qimasi tarkibiga murakkab tuzilishga ega bo’lgan og’izchalar ham kiradi, 
og’izchalar  ikki  loviyasimon  hujayralarning  tutashuvidan  va  ular  orasidagi  hujayralar  aro 
bo’shliqdan iborat. Hujayra aro bo’shlig’i vaqti-vaqti bilan kengayib, torayib transpiratsiya va gaz 
almashinuvini  tartibga  solib  turadi.  Og’izchalar  atrofidagi  hujayralar  epidermaning  boshqa 
hujayralaridan farq qilib, og’izchalar bilan birgalikda, og’izchalar apparatini tashkil etadi. Og’izcha 
atrofidagi  hujayralarning  soniga  va  tuzilishiga  qarab,  og’izcha  apparati  bir  necha  guruhlarga 
bo’linadi: anomotsit, diatsit, paratsit, gemiparatsit, anizotsit, tetratsit, entsiklotsit va boshqalar. Bu 
tiplar  o’simliklarni  aniqlashda,  tavsiflashda  katta  diagnostik  belgi  bo’lib  ahamiyatga  ega. 
Og’izchalar apparatining tuzilishi, og’izchalarning soni o’simliklarning turiga, tarixiy taraqqiyotiga, 
yashash  muhitiga,  turli  ekologik  sharoitning  ta’siriga  ko’p  jihatdan  bog’liq  bo’ladi.  Madaniy 
holatda,  o’tloq  va  o’rmonlarda  yashagan  o’simliklarning  barg  yuzasining  1  mm
2
  maydonchasida 
100 tadan 700 tagacha og’izchalar bo’lsa, yovvoiy cho’l sharoitida yashaydigan o’simliklarda ikki, 
uch  hatto  o’n  baravar  kam  og’izchalar  uchrashi  mumkin  (Cherkezda  69  tadan  72  tagacha,  Shirin 
miyada 100 tadan 125 tagacha). 
Trixomalar.  Bir  xil  epiderma  hujayralarning  tashqariga  qaragan  tomoni  o’simtalar  hosil  qilib 
trixomalar (yunon. trixos - tuk) deb nomlanadi. Trixomalarning tuzilishi va shakli har bir o’simlik 
turi,  turkumi,  oilasi  uchun  xos  bo’lib,  o’simliklar  sistematikasida  diagnostik  belgilar  sifatida 
qo’llaniladi.  Trixomalar  bajaradigan  vazifasiga  qarab:  bezsimon  va  qoplovchi  turlarga  bo’linadi. 
Bezsimon  trixomalar  turli  organik  moddalarni  to’plashga  moslashgan.  Qoplovchi  trixomalar  bir 
hujayrali, ko’p hujayrali, shoxlangan, yulduzsimon va boshqa shakllarda uchrab, tirik hujayralardan 
tashkil  topgan,  o’lgan  trixomalarning  ichi  havo  bilan  to’ladi.  Qurg’oqchil  mintaqalarda  o’sgan 
o’simliklarni  yer ustki qismini epiderma hujayralarini qalin tuklar hosil  qilishi o’simliklarni qizib 
ketishidan  saqlaydi  va  transpiratsiyani  pasaytiradi.  Agar  tuklar  hosil  bo’lishida  epiderma 
hujayralaridan  tashqari  ichkarida  yotgan  to’qimalar  ham  qatnashsa  ularni  emergentslar  deb 
nomlanadi (chiyono’t tuklari).  


 
36 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish