63
Tabiiy vegetativ ko’payish bilan birga sun’iy vegetativ ko’payishning ham bir necha usullari
ma’lum: 1. Parxish yordamida ko’paytirish. 2. Tuplarga ajratish bilan ko’paytirish. 3. Qalamchalar
yordamida ko’paytirish. Qalamcha o’simlikdan ajratib olingan barg, novda yoki ildizning bir
bo’lagidir. Mevachalik, manzarali bog’dorchilik va gulchilik sohalarida o’simliklarni qalamchalar
yordamida ko’paytirish usuli keng qo’llaniladi. Ularning xilma – xil usullari mavjud. Eng keng
tarqalgan usullardan biri o’simlikni poya qalamchalari bilan ko’paytirish hisoblanadi. Poya
qalamchalari yozgi (yashil) va qishqi bo’ladi.
Payvandlash. O’simliklarni payvandlash usuli kishilik jamiyatining rivojlanishi va dehqonchilik
tarixi bilan bog’liq. Inson payvandlashni tabiatdan o’rgangan. Bir o’simlik kurtagini yoki
qalamchasini ikkinchi bir o’simlikka o’tkazish payvandlash deb ataladi. Boshqa o’simlik uchun
payvandlashga olingan o’simlik (kurtak yoki qalamcha) payvandust deb nomlanadi. Payvandust
payvandlanishi kerak bo’lgan
o’simlik payvandtag deb ataladi. Payvandlash usuli asosan qalamcha
va parxish yo’llari bilan ko’paya olmaydigan, qo’shimcha ildiz otishi qiyin bo’lgan mevali
o’simliklarda qo’llaniladi. Olma, nok va ba’zi shaftolilar bir necha ming yillardan beri payvandlash
yo’li bilan ko’paytirib kelinmoqda. Payvandlash usuli qimmatli mevali daraxtlarni payvandlashda,
manzarali o’simlik formalarini saqlab qolishida muhim rol yo’naydi.
Payvandlashning metod va usullari juda ham xilma – xildir. Ulardan keng tarqalgani va amalda
qo’planilayotganlari quyidagilardir:
1.
Kurtaklar yordamida payvandlash. Bunda kurtak payvandtagning po’stlog’i ostiga o’tkaziladi.
Kurtak payvand usulida payvandlash yozning o’rtalarida (iyul oyning oxirlari va avgustning
boshlarida) o’tkaziladi.
2.
Qalamchalar yordamida payvandlash. Qalamchalar yordamida payvandlashning yuzdan ortiq
usullari ma’lum. Payvandlash uchun kurtak o’rnida qalamcha olinsa, uni qalamcha payvand deb
ataladi. Payvandtagga qalamchalarni har xil ko’rinishida o’tkazish mumkin. Agarda payvandust va
payvandtaglar yosh davida (1- 3 yoshlik) olinsa, ularning yo’g’onlagi bir xil bo’lishi kerak. Bunday
payvandlash kopulirovka deb ataladi. Buning uchun payvandust va payvandustlar quyidagicha
tayyorlanadi. Payvandust 2 – 4 kurtaklar bilan birga olinib, u pastki kurtak ostidan qiya qilib
kesiladi. Payvandtagni ham oxirgi kurtagi tepasidan qiya qilib kesilib, qirqilgan joylar bir – biriga
biriktirib maxsus mumsimon modda surkalib, bog’lab qo’yiladi. Kopulirovkaning murakkabroq
ko’rinishlari ham uchraydi. Uni til yoki egar Payvand dab ataladi. Bunda ko’ndalang yoriqlar
qirqilib, ular bir – iriga to’g’rilab payvandlanadi. Payvandtag payvandustan yo’g’on bo’lsa, yorma
yoki iskana payvand usullaridan, ya’ni po’stloq ostiga qalamchani kirgizib qo’yish va boshqa
usullardan foydalaniladi.
3.
Yaqinlashtirish yordamida payvandlash. Bunda yonma – yon ikki daraxt shoxlari
yaqilashitirilib, ularning birikkan joylari kesiladi, bir – birlariga mustahkam biriktirib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: