60
Kosachabarglarning hajmi uncha katta bo’lmasdan yashil rangda bo’lib gulqo’rg’oning tashqi
doirasida joylashadi. Kosacha barglar ayrim-ayrim yoki qo’shilgan bo’ladi. Qo’shilib o’sgan
kosachabarglarda tishlari aniq ko’rinadi. Kosachabarglar gul g’uncha vaqtida ichki qismlarini turli
tashqi ta’sirlardan saqlaydi. Ba’zi usimliklarda gul ochilganda kosachabarglar to’kilib ketadi (lola
qizg’oldoq). Labguldoshlarda gul ochilgandan keyin ham saqlanib qoladi. Ba’zi o’simliklarda
bajaradigan vazifasiga qarab kosacha turli ranglarda bo’ladi (oq, qizil). Ba’zi o’simliklarda qisqarib
ketgan (soyabon, guldoshlar). Murakkab guldoshlarda kosachabarglar mevalarning tarqalishiga
yordam beradi.
Tojbarg. Tojbarg gulqo’rg’oning ichki aylanasini tashkil etib, kosachadan ochiq rangi va kattaligi
bilan farq qiladi. Gulning o’lchami tojbarglarning o’lchamiga to’g’ri keladi. Tojbarglar ayrim yoki
qo’shilgan bo’ladi. Qo’shilgan tojbarglarda tishchalar mavjud bo’lib, tishchalar tojbarglar soniga
teng bo’ladi.
Qo’shilgan tojbarglar naysimon bo’lib, uzunligiga qarab, dolixomorf, mezomorf, braximorf
tiplarida bo’ladi (Dolixomorf – naycha uzun, mezomorf - o’rta, braximorf - qisqa). Naychaning
uzunligi, changlanish bilan bog’liq. Gulning simmetriyaligi tojbarglarning tuzilishiga qarab
aniqlanadi, masalan, aktinomorf, zigomorf gullar.
Gullarda pixlarning paydo bo’lishi. Pix – gultojbarg asosidagi cho’ziq o’simtadir. Ba’zi o’simliklar
oilalari vakillarini gullarida pixlarning hosil bo’lishi changlanishga moslanish xususiyatlaridan
biridir (ko’knoridoshlar, ayiqtavondoshlar va boshqalar). Pixning paydo bo’lishi asalshira ajralish
bilan bog’liq. Gulning ichki tamoni bo’sh bo’lib, asalshira pixning devorlaridan yoki ichki
tamonidagi asalshira bezlaridan ajraladi.
Guldagi changchilar to’plami androtsey deyiladi. Changchilar gulda bittadan bir necha yuz bo’lishi
mumkin. Masalan, gulsapsarda – uchta, murakkabguldoshlarda beshta; piyozguldoshlarda oltita,
kapalakguldoshlarda o’nta, itgunafshada ikkita, tolda bitta. Changchilarning soni shu usimlik
uchun, shu turkum uchun doimiydir. Chang iplarining uzunligi va holati bitta gulda turlicha bo’lishi
mumkin. Masalan, karamguldoshlarda to’rttasi uzun, ikkitasi kalta; labguldoshlarda ikkita uzun,
ikkita kalta; kapalakguldoshlarda to’qqiztasi asosi bilan qo’shilgan, bittasi ayrim.
Changchilar – changchi ipidan va changdondan tashkil etgan. Changdon ikkiga bo’lingan bo’lib,
bir-bir bilan bog’lovchi orqali ajratilgan. Bog’lagich changchi ipining davomi bo’lib hisoblanadi.
Har bir bo’lak (teka) ikkita chang uyasidan tashkil topib, ichida mikrosporalar yetiladi. Chang ipi
juda uzun bo’lishi va juda kalta bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: