Changchilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Ko’pchilik olimlar, changchilar ochiq
urug’lilarning mikrosporofillaridan reduktsiya natijasida kelib chiqqan deydilar. Barg tuzilishiga
o’xshashroq changchilar ibtidoi hisoblanadi, u ko’pmevali o’simlik degeneria vitiensis ga xos bo’lib
magnoliya gullilar tartibiga xosdir.
Degeneriya yirik daraxt bo’lib, faqat Fidji orolida o’sadi. Uning gulida androtsey 30-40 tekis
changchilardan iborat bo’lib, changchilarning ostki tomonida ikkitadan mikrosporangiya
joylashgan. Changchilarda: chang iplari, changdon, bog’logich yaxshi rivojlanmagan. Evolyutsiya
natijasida yopiq urug’li o’simliklarda changchilarning barcha qismlari to’liq rivojlangan. Ibtidoiy
oila vakillarida changchilar spiral joylashgan, ko’pchilik yopiq urug’lilarda esa siklik joylashib,
soni ham aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |