O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/260
Sana31.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#200446
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   260
Bog'liq
botanika

 
 
-rasm. Mevalar: 
 
Pista  (qoqio’t);  qanotcha  (ilm-2,  shumtol-  3,  zarang-  10);  bir  danakli  (gilos-  4,  achchiq  bodom-  19,  shirin 
bodom-  20);  dukkak  (qarag’an-  5,  gledichiya-  15);  birbargchali  (isfarak-  6);  ko’pbargchali  (magnoliya-  7); 
ko’pyong’oqchali xo’l meva (zemlyanika-8, na’matak- 9); ikki chanoqli qo’zoq (yovvoyi turp- 11); yong’oq 
(o’rmon  yong’og’i-  12);  jelud  (eman-13);  ko’sak  (ochilmaydigan  meva  va  urug’,  soxta  kashtan-14);  bir 
urug’li  dukkak  (amorfa-  16);    olma  (ryabina-17,  olma-  18);  ko’pdanakli  (maymunjon-  21);  rizovor  meva  
(marvaridgul- 22).  
 
Cho’ldagi ayrim o’simliklar urug’lari pishgach ildizdan uzilib sharga yaqin shaklga kiradi. Shamol 
bilan  uzoq-uzoqlarga  dumalab,  o’z  urug’ini  tarqatib  chiqadi.  Sho’ra,  yantoq,  boyalich  kabi  cho’l 
o’simliklari bunga misol bo’ladi. 
Hayvonlar  yoki  odam  yordamida  ham  juda  ko’p  o’simlik  urug’lari  tarqaladi.  Ularning  tashqi 
tuzilishi  juda  xilma-xil.  Ular  orasida  ham  quruq,  ham  ho’l  mevalar  mavjud.  Quruq  mevalarda 
hayvonlarga  yopishib  olish  uchun  turli  ilgaklar  mavjud  (qo’ytikan,  qariqiz).  Oqparra  va 
kelinsupurgidagi  ilgaklar  juda  baquvvat  bo’lib,  bir  ilashgancha  butun  boshli  meva  birdaniga 
ilashadi. Meva qati seret bo’lgan juda ko’p o’simliklar urug’ini qushlar tarqatadi. Qushlar iste’mol 
qilganda, odatda ularni urug’i ajralib qoladi, chunki bunday urug’lar qattiq qobiq bilan qoplangan. 
O’rmondagi  ayrim  o’simliklar  urug’ini,  hatto  chumolilar  (mirmekoxoriya)  tarqatadi.  Bularga 
gunafsha, burmaqora, g’ozpiyoz misol bo’ladi. 


 
85 
Meva  va  urug’lar  odam  tomonidan  ham  keng  tarqatiladi.  Shaftoli,  o’rik,  tut,  mosh,  no’xat 
yurtimizga Xitoydan Buyuk Ipak  yo’li orqali keltirilgan. Gultojixo’roz, elodeya, tamaki, kartoshka 
singari  ko’pdan-ko’p  o’simliklar  Shimoliy  Amerikadan  keltirilgan.  Bugungi  kunda  O’zbekiston 
Fanlar  akademiyasining  Botanika  bog’ida  5  mingga  yaqin  o’simlik  turlari  iqlimlashtirilib 
o’stirilayotganini eslatish o’rinlidir. 
Uzoq  taraqqiyot  bosqichi  davomida  o’simliklar  hayotiga  ta’sir  qilgan  bir  necha  ekologik  faktorlar 
ta’sirida  hozirgi  kenda  mavjud  bo’lgan  o’simliklar  shu  faktorlarga  moslashib  borgan.  Bunday 
moslanishlar  A.Gumbold,  Krasnov,  Raunker,  Pachoskiy.  Braun-Blanke,  Lyundergard,  Keller, 
Serebryakov kabi olimlar tomonidan o’rganilgan. 
     I.G.Serebryakov  gulli  o’simliklarning  hayot  formalariga  doir  quyidagi  klassifikatsiyani  tavsiya 
qilgan  va  bu  klassifikatsiyaga  o’simliklarning  yashash  muddati  va  tashqi  ko’rinishini  asos  qilib 
olgan:  Hayot  formasi  tushunchasi  ko’pincha  o’simliklar  shakllarining  umumiy  ekologik  sharoitlar 
ta’sirida o’zgarishi bilan bog’liq holda o’rganiladi. 
Daniyalik botanik Raunker barcha o’simliklarni quyidagi 5 ta guruhga bo’lib ko’rsatadi 
1.Fanerofitlar (Ph)- “faneros” yunoncha yaqqol ko’rinib turuvchi degan ma’noni bildiradi. Asosan, 
daraxt  va  butalardan  tashkil  topgan  bo’lib,  ularning  kurtaklari  yerdan  ancha  baland  (yuqori)  da 
joylashgan. Yilning ob-havo sharoiti noqulay bo’lgan paytlarida barglari to’kiladi, shox-shabbalari 
esa tinim davrini o’taydi. 
2.  Xamefitlar  (Ch)-  “xame”-past,  yer  bag’irlovchi  ma’nosini  beradi.  Kurtaklari  yerdan  uncha 
yuqorida  joylashmagan  chala  buta  va  butachalarni  o’z  ichiga  oladi.  Qishda  bunday  kurtaklar  qor 
ustida  va  ostida  qishlaydi.  Masalan,  chernika,  brusnika  va  shunga  o’xshash  shimolda  o’sadigan 
ko’pchilik o’simliklar shu guruhga kiradi.  

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish