O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/260
Sana31.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#200446
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   260
Bog'liq
botanika

O’tsimon  monokarplar-  hayot  jarayoni  1,2  yoki  bir  qancha  yil  davom  etishi  hamda  bir  marta 
gullab  meva  berishi,  undan  keyin  esa  vegetativ  qismining  qayta  tiklanish  qobiliyati  yo’qolishi 
hisobiga hosil bo’ladigan o’simliklardir. Ko’pgina madaniy va begona o’tlar kiradi. Shimoliy yarim 
shar  mo’’tadil  xududlarning  adir  va  subarid  mintaqalarida  keng  tarqalgan.  Geobotanika 
biogeotsenologiyaning bir bo’lagi va tarkibiy qismi bo’lganligi  uchun biz faqat o’simliklar jamoasi 
haqida to’xtalamiz. 
Ma’lumki,  o’simliklar  hech  qachon  tashqi  muhitdan  ajralgan  holda  hayot  kechira  olmaydi.Ular 
hayotning turli bosqichlarida individlararo va turlararo munosabatda bo’ladilar. Geobotanika  oldida 
turgan  muhim  vazifalardan  biri  o’simliklar  qoplamining  ahamiyatini  aniqlash,  tabiiy    resurslarni 
o’rganish,  ularni  geobotanik  kartaga  tushirish  va  bu  resurslardan  oqilona  foydalanib,  o’zgartirish 
yo’llarini ilmiy asosda o’rganishdan iboratdir. Geobotanika botanika fanining eng muhim tarkibiy 
qismlaridan biri hisoblanadi. U ayniqsa keyingi  yillarda shiddat bilan rivojlanmoqda. Geobotanika 
o’simliklar  qoplamini,  uning  tarkibiga  kiruvchi  o’simlik  jamoalarini,  ularning  kelib  chiqishi 
(genezisi)  va  shakllanish  qonuniyatlarini  hamda  ana  shu  jamoalarda  borayotgan  ekologik 
populyatsion  va  fitotsenotik  jarayonlarni  o’rganadi.  Ushbu  fanning  yana  bir  muhim  vazifalaridan 
biri  o’simliklar  qoplamini  klassifikatsiya  qilishdir,  ya’ni  uning  prodromusini  yaratishdir. 
Prodromusni shakllantirish uchun eng asosiy sintaksonomik birliklardan foydalaniladi. 
I.G.Serebryakov bo’yicha yopiq urug’li o’simliklar 
 hayot shaklining ( 1964) tizimi 
VI-tip.Monokarp o’tlar 

V-tip. Polikarp o’tlar 
V.Bo’lim. Quruqlikdagi o’tlar 
!             ! 
IV-tip.Chala butalar va chala butachalar 
B.Bo’lim.Chala daraxtsimon o’simliklar 

III-tip.Butachalar 

II-tip. Butalar 

I-tip.Daraxtlar 
A.Bo’lim.Daraxtsimon o’simliklar 
 
 
Hozirga  kelib  o’simliklar  qoplamini  klassifikatsiya  qilishning  o’nga  yaqin  metodlari  mavjud. 
Ammo ularning hammasini ikkita katta guruhlarga birlashtirish mumkin: 
Dominantlik metodi 
Ekologo floristik metod 
      Sobiq  Ittifoq  respublika  olimlari  asosan  birinchi  metod  bilan  ishlaganlar  va  hozirgacha  ham 
ko’pchilik aynan shu metoddan foydalanadilar. Ammo chet el olimlari, ayniqsa Yevropa olimlari bu 
metoddan  umuman  foydalanmaydilar.  Ularning  fikriga  ko’ra,  ushbu  metod  juda  ham  sun’iy 
natijalarga olib keladi. 


 
87 
Dominantlik  metodining  asosiy  mohiyati  shundaki,  o’rganilayotgan  hududda  geobotanik  tavsif 
berilayotgan  paytda  edifikator  va  dominant  turlarga  asosiy  e’tibor  qaratiladi,  ya’ni  o’simliklar 
qoplamida hukmronlik qilayotgan asosiy turlar aniqlanadi va ularning nomlariga asosan o’simliklar 
jamoasi  (assotsiatsiya)  ga  nom  beriladi.  Bir  qancha  birga  o’sayotgan  turlar  ham  ko’rsatiladi. 
Hududning ekologik va geografik tavsifiga ham e’tibor beriladi. Assotsiatsiya aniqlangandan keyin 
dominantlari  umumiy  bo’lgan  assotsiatsiyalar  formatsiyaga  (yirikroq  sintaksonga)  biriktiriladi. 
Ikkinchi,  ya’ni  ekologo  floristik  metod  bilan  klassifikatsiya  qilinganda  ham  eng  asosiy  sintakson 
assotsiatsiya  bo’lib  qolaveradi.  Ammo  assotsiatsiyani  aniqlash  juda  murakkab  tahliliy  jarayonlar 
orqali  amalga  oshiriladi.  Buning  uchun  tadqiqotchi  juda  kuchli  florist  bo’lishi  kerak.  Ana  shu 
hududdagi  barcha  (!)  turlar  to’liq  aniqlanishi  shart.  Juda  ko’p  jadvallarga  solish  va  maxsus 
dasturlardan  foydalanish  natijasida  assotsiatsiyaga  nom  beriladi.  Bunda  uning  nomini  aniqlash 
uchun  dominant  turlar  emas,  balki  ana  shu  muhit  uchun  xarakterli  bo’lgan  turlarning  nomlaridan 
foydalaniladi. Ya’ni, ikkinchi metod orqali aniqlangan assotsiatsiya nomi tilga olinishi bilan, uning 
ekologik  sharoiti  ham  ko’z  oldiga  keladi.  Ammo  ikkinchi  metodning  murakkabligi  va  yuksak 
kvalifikatsiya  talab  qilinishi  munosabati  bilan  ko’pchilik  haligacha  dominantlik  (fizionomik) 
metoddan foydalanib kelishmoqda. foydalanib kelishmoqda.  
Geobotanik birliklar sxemasi: 
O’simlik tipi   -    Cho’l, dasht,o’rmon,tundra va boshqa zona o’simliklari 
Formatsiya sinfi  -  Psammofil, galofil, gipsofil kabi o’simliklar 
Formatsiya gruppasi     -Daraxt-butali psammofillar, yarim butali psammofitlar, o’tsimon efemer 
psammofitlar va boshqalar 
Formatsiya   -   Oq saksovulli, aralash saksovulli. Qandimli, juzg’unli, cherkezli, quyonsuyakli, 
shuvoqli va boshqa formatsiyalar 
Assotsiatsiya gruppasi   -Barxanli qumlarda o’suvchi butali oq saksovullar, butali-iloqli oq 
saksovullar va boshqalar 
Assotsiatsiya  - Butali oq saksovullar 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish