Nuqta harakat traektoriyasi va siljishi.
Boshning fazodagi harakatlari (tezlanish bilan ѐki sust) paytida, inersiya tufayli endolimfa labirintining suyakli devorlari harakatlaridan orqada qoladi va oqibatda, ularga nisbatan qarama–qarshi yo‘nalishda siljiydi. Endolimfaning siljishi asab hujayralari tuklari–ning egilishini chaqiradi, bunda ularda, endolimfa siljishining yo‘nalishi va tezlanishining kattaligi to‘g‘risida markaziy asab tizimiga signal beruvchi impulslar hosil bo‘ladi. Ushbu hodisalar, boshning aylanma harakatlari paytida, ushbu yarimaylana kanalda ѐrqin namoѐn bo‘ladi. To‘g‘ri chiziq bo‘ylab amalga oshiriladigan harakatlarda anologik hodisalar dahlizda ѐrqin namoѐn bo‘ladi, shu bilan birga, ushbu holatda suyuqlikning siljish harakatlari u bilan birga otolit massaning siljishi tufayli kuchaydi.
Vestibulyator apparat, boshqa har qanday biofizik tizim kabi, og‘irlik kuchi va inersiya kuchini farqlamaydi, balki ushbu kuchlarning teng ta’sir qilishiga reaksiya qiladi. Agarinersiyakuchlari vestibulyator apparatga vaqti–vaqti bilan ta’sir ko‘rsatsa, masalan, qayiqning chayqali–shi paytida, unda bu ta’sir dengiz kasalligiga olib kelishi mumkin.
Vestibulyar apparat holatiga odamning fazoda orientirlanish qobiliyati hamda gavda muvozanatini saqlash qobiliyati bog‘liqdir. Vestibulyar apparat funksiyasi buzilganda ko‘rsatkich barmoqni burun uchiga olib kelib tekkizishda xatolikka yo‘l qo‘yiladi.
Tezlik. Harakatlarni vaqt bo‘yicha tavsiflari.
Fazoda harakatlanuvchi jismning holati qanchalik tez o‘zgarishini tavsiflash uchun tezlik deb nomlangan maxsus tushuncha ishlatiladi.
Jismni ma’lum bir uchastkadagi traektoriyasining o‘rtacha tezligi deb, uning bosib o‘tgan yo‘lini harakatlanish vaqtiga nisbatiga aytiladi:
Agar, traektoriyaning barcha uchastkalarida o‘rtacha tezlik bir xil bo‘lsa, unda bu harakatlanish bir tekis deb ataladi.
Sport biomexanikasida tezlik to‘g‘risidagi masala muhim hisoblanadi. Ma’lumki, biron bir masofaga yugurish tezligi ushbu masofaning uzunligiga bog‘liq. Sportchi chegaralangan vaqt ichidagina maksimal tezlikda yugurishi mumkin. Stayer yuguruvchilarning o‘rtacha tezligi, odatda sprinter yuguruvchilarnikidan past bo‘ladi.
Hisoblashni qulay amalga oshirish uchun, o‘rtacha tezlikni jismning koordinatalari orqali ham ѐzib olsa bo‘ladi. To‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanishda, bosib o‘tilgan yo‘l oxirgi va dastlabki nuqtalar koordinatlarining farqiga teng. Agar, t0 vaqt momentida, jism koordinatasi x0 nuqtada bo‘lsa, t1 vaqt momentida esa, koordinatasi x1 nuqtada bo‘lsa, unda bosib o‘tilgan yo‘l x = x1 – x0, harakatlanish vaqti t = t1 – t0 bo‘ladi. Bu holda
Fizika va matematikada belgisini ishlatish bir xil tipdagi kattaliklarning farqini belgilash uchun ѐki juda kichik intervallarni belgilash uchun foydalaniladi.
Umumiy holatlarda, yo‘lning turli uchastkalaridagi o‘rtacha tezliklar har xil bo‘lishi mumkin.
O‘rtacha tezlik o‘zgarib turadigan harakatlanish notekis harakat deb ataladi.
Hisoblashlar amalga oshirilaѐtgan intervalning kamayishi bilan o‘rtacha tezlik ma’lum bir chegaraga intiladi. Ushbu chegara – lahzadagi tezlik ѐki traektoriyaning ushbu nuqtasidagi tezlik deyiladi.
Harakatlanishning oniy tezligi, ѐki traektoriyaning ushbu nuqtasidagi tezlik deb, shunday chegaraga aytiladiki, unga qarab interval cheksiz kichraygan paytda jismni ushbu nuqta atrofida siljishi vaqtga nisbatan intiladi:
Tezlikning kattaligi SI tizimida – m/s.
Ko‘pincha tezlikni boshqa birliklarda belgilashadi (masalan, km/soat da). Zarurati bo‘lganda bunday kattaliklarni SI tizimiga o‘tkazish mumkin. Masalan, 54 km/soat = 54000 m / 3600 s =15 m/s.
Bir o‘lchamli holat uchun lahzadagi tezlik jism koordinatasidan vaqt bo‘yicha hosilaga teng:
Bir tekis harakatlanishda o‘rtacha va oniy tezliklarning kattaliklari bir–biriga to‘g‘ri keladi va o‘zgarmas bo‘ladi. Oniy tezlik – vektorli kattalikdir. Yugurish paytida sportchining oniy tezligi o‘zgaradi. Bunday o‘zgarishlar, ayniqsa sprint yugurishlarida sezilarlidir.
Yuguruvchi sportchi o‘z harakatini tinch holatdan boshlaydi va maksimal tezlikka erishguniga qadar tezlikni oshiraveradi. Yuguruvchi erkaklar uchun tezlanish vaqti tahminan 2 s, maksimal tezlik esa 10,5 m/s ga yaqinlashadi. Barcha masofadagi o‘rtacha tezlik ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |