O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakul’teti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy tarbiyа gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari



Download 2,34 Mb.
bet24/118
Sana19.02.2022
Hajmi2,34 Mb.
#457526
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118
Bog'liq
МАЖМУА ГИГИЕНА 4-КУРС 2021-2022

2. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat.
Tekis harakat paytida, jism ixtiѐriy bir xil vaqt oralig‘ida bir xil yo‘lni bosib o‘tadi. Bu holatda tezlikning kattaligi o‘zgarmas bo‘ladi (agar harakat egri chiziqli bo‘lsa tezlik yo‘nalish bo‘yicha o‘zgarishi mumkin).
To‘g‘ri chiziqli harakat paytida traektoriya to‘g‘ri chiziq hisoblanadi. Bu holatda tezlikning yo‘nalishi o‘zgarmaydi (tezlikning kattaligi harakat bir tekis o‘tmasa o‘zgarishi mumkin).
To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda harakat bir tekis va to‘g‘ri chiziq bo‘yicha sodir bo‘ladi. Bu holatda, tezlikning kattaligi ham, yo‘nalishi ham o‘zgarmaydi. To‘g‘ri chiziqli harakatni ifodalash uchun X o‘qini, odatda harakat chizig‘i bo‘ylab yo‘naltirishadi, jismning holati esa uning koordinatalari ѐrdamida ko‘rsatiladi. Bu holatda, siljish kattaligi koordinatalarning farqiga teng. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda tezlikni aniqlashni ѐzaylik:

x0 – t = 0 ga teng bo‘lgandagi koordinata
x – joriy (t) vaqt momentidagi koordinata
t – harakat vaqti
Bundan, koordinatalarni harakat vaqtiga bog‘liqligini olamiz:
x = x0 + · t
Tezlanish. Erkin tushish va uning tezlanishi
Jismning umumiy holatdagi harakatida tezlik vektorining kattaligi ham yo‘nalishi ham o‘zgaradi. Ushbu o‘zgarishlar qanchalik tez o‘tishini tavsiflash uchun maxsus kattalik, ya’ni tezlanish qo‘llaniladi.
Jismning lahzadagi tezlanishi ѐki traektoriyaning berilgan nuqtasida tezlanishi vektor kattalik bo‘ladi. Ushbu vektor kattalik tezlik vektorining o‘zgarishlarini ushbu o‘zgarishlar sodir bo‘lish vaqtiga nisbatini vaqt intervalining cheksiz kamayishi paytidagi intiladigan chegaraga teng:

Tezlanishning SI birliklar tizimidagi o‘lchov birligi – m/s2.
To‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatlanishda, barcha nuqtalardagi tezlik vektori jism harakatlanaѐtgan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Tezlanish vektori ham ushbu to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi.
To‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatlanish, agar vaqtning har qanday oralig‘ida, jismning tezligi bir xil kattalikda o‘zgarsa tekis o‘zgaruvchan deyiladi.
To‘g‘ri chiziqli harakat uchun tezlanish vektori harakatlanish chizig‘i bo‘yicha yo‘nalgan. Agar, tezlanishning yo‘nalishi tezlik vektorining yo‘nalishi bilan to‘g‘ri kelsa, unda tezlikning kattaligi ortadi. Bu holatdagi harakatni tekis tezlanuvchan deb atashadi. Agar, tezlanishning yo‘nalishi tezlik vektorining yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lsa, tezlikning kattaligi kamayadi. Bu holatdagi harakatni tekis sekinlanuvchan deb atashadi.
Tabiatda tabiiy teng tezlanishli harakat mavjud – bu erkin tushish.
Erkin tushish deb, jismga yagona kuch – og‘irlik kuchi ta’sir qilgan paytda uni tushishiga aytiladi.
Galiley tomonidan o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, erkin tushish paytida barcha jismlar bir xil tezlanish bilan harakatlanadi va uni erkin tushish tezlanishi deb atashadi hamda g harfi bilan belgilashadi. Yerning yuzasiga yaqin joyda g = 9,8 m/s2. Erkin tushishning tezlanishi Yerning tortish kuchi bilan belgilanadi va yuqoridan pastga qarab yo‘nalgan. Qat’iy aytganda, bunday harakatlanish faqat vakuumda bo‘lishi mumkin. Havoda pastga tushishni taxminan erkin deb hisoblash mumkin, agar harakatlanishga havo tomonidan qarshilik ko‘rsatuvchi kuch og‘irlik kuchidan kichkina bo‘lsa.
Erkin tushaѐtgan jismning harakatlanish traektoriyasi dastlabki tezlik vektorining yo‘nalishiga bog‘liq. Agar jism vertikal ravishda pastga tashlansa, unda traektoriya – vertikal bo‘lak hisoblanadi, harakatlanish esa teng o‘zgaruvchan hisoblanadi. Agar, jism vertikal ravishda yuqoriga otilsa, unda traektoriya ikkita vertikal bo‘laklardan iborat bo‘ladi. Avvaliga, jism teng susaygan holatda harakatlanib ko‘tariladi. Eng yuqori ko‘tarilgan nuqtasida tezlik nolga teng bo‘lib qoladi, undan so‘ng jism teng tezlanish bilan pastga tushadi. Agar, dastlabki tezlik vektori gorizontga nisbatan burchak ostida yo‘naltirilgan bo‘lsa, unda jismning harakatlanishi parabola bo‘yicha sodir bo‘ladi. Havoning qarshiligi bo‘lmagan paytda uloqtirilgan koptok, disk, yadro, uzunlikka sakraѐtgan sportchi, uchib ketaѐtgan o‘q va boshqalar aynan shunday harakatlanadi.
Faraz qilaylik, gorizontga burchak ostida otilgan jism (Ø0) dastlabki tezlikka ega. Harakatlanish, dastlabki tezlik vektori orqali o‘tuvchi vertikal yuzada sodir bo‘ladi. Koordinatalarning boshlanishini sanoq nuqtasiga joylashtiramiz, koordinata o‘qlarini esa gorizontal (X) va vertikal (Y) ravishda yuqoriga yo‘naltiramiz. Jismning uchish davridagi har qanday nuqtasidagi tezlanishi, uning erkin tushish tezlanishiga (g) teng.
Vektor g ning X o‘qqa proeksiyasi nolga teng. Shuning uchun ushbu o‘q bo‘ylab harakatlanish tezlikdagi bir tekis hisoblanadi. g vektorning Y o‘qqa proeksiyasi – g ga teng. Shuning uchun, ushbu o‘q bo‘ylab harakatlanish g – tezlanishli va dastlabki tezligi bo‘lgan teng o‘zgaruvchan hisoblanadi. Shunday qilib, gorizontga nisbat burchak ostida otilgan jism bir vaqtning o‘zida ikkita mustaqil harakatlanishda ishtirok etadi: gorizont bo‘ylab bir tekis harakatlanishda va vertikal bo‘ylab teng o‘zgaruvchan harakatlanishda. Ø0=45º bo‘lganda uchish uzoqligi maksimal bo‘ladi. Shuni nazarda tutish lozimki, parabolaning simmetrik nuqtalaridagi tezlik modul bo‘yicha bir xil, lekin vertikal proeksiyalarning yo‘nalishi qarama-qarshi.
Jism ballistik harakatlanganda X o‘qni kesib o‘tishi mumkin, agar otishning dastlabki nuqtasi jismning kelib tushadigan nuqtasidan yuqorida joylashgan bo‘lsa.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish