O’zbеkiston Rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Tеrmiz davlat univеrsitеti Texnika fakulteti



Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/99
Sana15.02.2022
Hajmi6,77 Mb.
#450024
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Bog'liq
avtomobillarning maxsus kursi

Qurilish konstruksiyalari
, og’ir va uzun o’lchamli yuklarni avtopoezdlarda tashish. 
Avtopoezdlar bilan uzun o’lchamli yuklar tashiladi: yog’och, quvurlar, temir-beton qurilish 
detallari. Bu yuklarni xavfsiz manzilga etkazish uchun ixtisoslashtirilgan avtopoezdlar 
ishlatiladi. Tashiluvchi yuk qattiq sahnga qotirilmaydi, balki ikki uchidan biri tyagach 
avtomobilga, ikkinchisi, tirkamaga mahkamlanadi, ba’zan yukning o’zi avtomobil bilan 
tirkamani bog’lovchi qism bo’lib xizmat qiladi. Uzun o’lchamli yuklarni tashuvchi avtopoezdlar 
turli ob-havo va yo’lsharoitida ishlashga to’g’ri keladi. Shuning uchun ularning o’tag’onligi 
yuqori va o’tuvchanligi qulay bo’lishi kerak. Bunday avtopoezdlarning o’tag’onligini oshirish 
maqsadida yuqori o’tag’onli tyagach avtomobillar qo’llaniladi. Bu avtomobillar keng panjali 
(profilli) shinalar va faol o’qli tirkamalarga ega. Tirkama va yarim tirkama uzaytirgich 
g’ildiraklarini boshqaradigan moslamalar yordamida avtopoezdlarning harakatlanishidagi 
qulayligi oshiriladi (uzunligi 15 m dan ortiq bo’lgan yuklarni tashishda). 
Yog’och va metall tashish uchun ixtisoslashtirilganavtopoezdlar. Yog’och tashishda o’tag’onligi 
yuqori bo’lgan МАЗ-509, КрАЗ-225Б, Урал-377, Зилл-131 avtomobil va tyagach 
avtomobillaridan foydalanib, yuk ko’tarish uchun ularga ixtisoslashtirilgan yarim tirama 
uzaytirgichlaridan tuzilgan avtopoezdlar qo’llaniladi. Bu avtomobillarda takomillashgan ilashish 
muftasi, uzatmalar qutisi, mustahkam orqa ko’prik, gidrokuchaytirgichli rul boshqarmasi, 
takomillashgan pnevmatik yuritmali tormoz qo’llaniladi. 


84 
МАЗ-509 avtomobilida kabinaning dvigatel ustida joylashganligi og’irlikni boshqaruvchi 
ko’prikka bir xil me’yorda taqsimlanishini ta’minlaydi va avtomobilning o’tuvchanligini 
oshiradi. Bu avtomobil ikkila ko’prik uchun asosiy uzatma, ikki diskli ishqalanish muftasi, 
uzatishlar sonini o’zgaruvchi (kamaytirish tamonga) uzatmalar qutisi, ikki bosqichli taqsimlash 
qutisi, nomutanosib o’qlararo differensialga ega. Taqsimlash qutisi pnevmatik ravishda 
haydovchi kabinasidan boshqariladi. Oldingi boshqarish ko’prigi tarqalgan asosiy uzatmaga va 
maxsus karterga o’rnatilgan markaziy konussimon shesternyali reduktor va g’ildiraklariga 
tarqalgan silindrik shesternyali uzatmaga ega. Oldingi boshqarish ko’prigining uzatishlar soni 
8,28. Burovchi moment markaziy reduktor orqali yarim o’qlardan g’ildirakka o’rnatilhgan 
silindrik shesternyali uzatmaga uzatiladi. Shkvoren konussimon rolikli podshipnikka 
o’rnatilgan. Orqa ko’prikning asosiy uzatmasi oldingi ko’priknikiga o’xshash. Lebedka 
avtomobil ramasining orqa qismiga o’rnatilgan, u tyagach avtomobildan tirkama uzaytirgichini 
bo’shatish va o’rnatish uchun mo’’ljallangan. Lebedka taqsimlash qutisining karterida 
joylashgan quvvat olish qutisi orqali boshqariladi. Lebedkaning eng yuqori torta olish kuchi 50 
kH. 
Quvur tashish
uchun ixtisoslashtirilgan avtopoezdlar. Mamlakatimizda gaz neft sanoati keng 
suratlar bilan rivojlanmoqda. Ular asosan quvurlar orqali kerakli joylarga uzatiladi. Shu sababli 
avtomobil transporti uzunligi 12…48 m, diametri 530…1420 mm li quvurlarni tashish lozim 
bo’lmoqda (quvurlarning qalinligi 7…12 mm). quvurlar tayyorlovchi zavoddan qurilishga yaqin 
bekatlarga temir yo’l transporti bilan tashiladi. Keyinchalik esa bu quvurlarni bevosita kerakli 
joylarga avtopoezdlarda etkazib beriladi. Bunday quvurlarning uzunligi muvofiqlashgan bo’lib, 
ular 6 yoki 12 m li qilib tayorlanadi. 

Download 6,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish