O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   202
navbatdagi bosqich 
1998 
yilda boshlandi. Bu bosqichda xususiylashgirish yakka tartibda va ko'proq xorijiy sarmoyalarni jalb 
etish asosida amalga oshirish mo'ljallangan. Bunda o'rta va katta korxonalarni xususiylashtirish 
jarayonining 
asosiy 
shartlari Respublika Vazirlar Mahkamasining «Davlat mulkini 
xususiylashtirishida xorijiy sarmoyalarni jalb qilish choralari to'g'risida» (1998 yil 18 noyabr 477 
sonli) farmoyishida qayd qilingan. 
Farmoyishda, birinchidan, 1999-2000 yillar davomida xorijiy sarmoyalarga yakka tartibda 
xususiylashtirish uchun taklif etilgan (30 ta), ikkinchidan, 100% xorijiy sarmoyador mulkchiligiga 
o'tkaziladigan (69 ta) va uchinchidan, 25% daya 75 foizgacha aksiyalari xorijiy investrlarga 
sotiladigan (159 ta) korxonalyar ro'yxati ko'rsatilgan. 
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishning 
uchinchi bosqichiga 
kirdi. Bu bosqich yakunlovchi xarakterga ega bo'lib, bu 
davrda xususiylashtirilmaydigan obyektlar ro'yxatiga kirmagan barcha obyekt va korxonalar davlat 
tasarrufidan chiqarildi. 
Respublikada xususiylashtirishning adresli yo'naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. 
Bu esa aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashish imkonini 


beradi.
Xususiylashtirishning adresli yo'naltirilganligi uy-joylarning o'z egalariga imtiyozli yoki 
bepul berilishida, aholining ko'proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo'llab-quvvatlashning turli xil 
dasturlari budjet mablag'lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o'z yordamchi xo'jaliga uchun 
chek yerlar olishi kabilarda o'z ifodasini topadi. 
O'zbekistonda xususiylashtirishning to'lovliligi uniig navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni 
to'laga orqali davlat tasarrufidagi korxona va obyektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul 
taqsimlash bilan bog'liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish 
imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni 
davlat tomonidan qo'llab, quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo'ladi, bozor infratuzilmasini 
barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro'yobga 
chiqarish uchun mablag'lar jamlanadi. 
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo'li orqali ularning mulkchilikning boshqa 
shakllariga aylantirilish bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag'lar shu korxonaning 
o'zini qo'llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi. 
Navbatdagi muhim xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog'ida 
aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta'minlaydi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun 
imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga 
aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy 
infratuzilma obyektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog'lar va 
shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to'lashda ayrim imtiyozlar 
berish kabilardir. 
Ijtimoiy kafolatlar iste'mol savatining eng kam miqdorini kuzatib borish, eng kam ish 
haqini, daromad solig'ini tartibga solish kabilarni ham o'z ichiga oladi. 
Ijtimoiy muhofazalash davlatning barcha mulkdorlar hissadorlar, xususiylashtirilgan uy-
joylarning, sotib olingan texnika va avtotransport vositalarining, yer maydonlari, xususiylashtirilgan 
fermalar va boshqa vositalarning egalarining huquqlarini himoya qilishda o'z ifodasini topadi. 
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o'ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz 
I.A. Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy 
qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar: 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish