2-mutaxasislar uchun 2-soatlik dars
Tuzuvchi: Nizametdinov Ali
1-amaliy mashgulot - Biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni.
- Biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari.
Tadbirkorlikni turlari va shakllari Barcha ko‘rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo‘yicha. Bulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Turi yoki qo‘llanilishi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bo‘linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Konsultativ tadbirkorlik - Konsultativ xizmat mohiyati va bosqichlari.
- «Konsultant» lotincha so‘z bo‘lib, maslahat beruvchi ma’nosini anglatadi. Bu so‘z orqali ma’lum soha bo‘yicha maslaxat beruvchi mutaxassis tushuniladi.
- Chet el amaliyotida boshqaruv masalalari
bo‘yicha pulli maslahat berish konsalting deb nomlanadi. Konsalting xizmati bir marotabalik og‘zaki maslahatlar ko‘rinishida berilishi mumkin. Lekin ko‘p hollarda bu maslahatlar konsalting loyihalari ko‘rinishida berilib, o‘zida quyidagi bosqichlarni aks ettiradi:
muammolarni
aniqlash
(diagnostika)
qaror va loyihalar
ishlab chiqish;
qaror va loyihalarni
amalga oshirish.
Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari - Konsalting xizmati bozorining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tadbirkorlikning bu turi bilan shug‘ullanuvchi firma «o‘z tovarining namunasini», «xizmat namunasini» ko‘rsatish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bunday firmalar oldida turgan, mijozlarni jalb etish masalasi, o‘ta muhimdir.
- Mijozlarni jalb etish usullari turlichadir. Bularga: o‘z imkoniyatlarini reklama qilish, mijozlarni vositachilar orqali jalb etish, oldingi buyurtmachilar tavsiyasidan foydalanish kabilar kirishi mumkin.
- Tijorat banklari. Yuqorida biz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar tijorat banklari va fond birjalari bilan bog‘liq holda ish olib boradilar degan edik.
- Bozorning bu institutlarining mohiyati nimada?
- Tijorat banki — pul omonatlarini (depozit) qabul qilish va mijozlar topshirigiga ko‘ra boshqa hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish ishlari bilan shug‘ullanuvchi, asosan tijorat tashkilotlariga haq to‘lash asosida kredit beruvchi aksiyadorlik ko‘rinishidagi moliya-kredit muassasadir.
- Tijorat bankining daromad manbai - depozit va qarz mablag‘larning foiz stavkalari o‘rtasidagi farqdir.
Tijorat tadbirkorligi - Tijorat tadbirkorligining faoliyat maydoni bo‘lib tovar birjalari va savdo tashkilotlari xizmat qiladilar. Tovar birjasi – bu ulgurji tovar bozorining xaridor tovarlarining namunalarini oldindan qo‘rqmaydigan va tovarlarning minimal partiyalari oldindan belgilanmaydigan ko‘rinishidir.
- Tovarlar va xizmatlarni xarid qilish, sotish bo‘yicha amallar
Bozor sharoitida tadbirkorlikni boshqarishda quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish kerak: - tadbirkor har doim bozordagi talab va taklini e’tiborga olib ish ko'radi;
- tadbirkor samaradorlikni ta'minlovchi sa’y-harakatlar qilib, ishlab chiqarish xarajatlarni kamaytirish yollarini qidiradi;
- biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, o'z bizneslarini erkin shart-sharoitlarda olib borishiga yetarli imkomyatlar yaratadilar;
- kichik korxonaning pirovard natijalari, ya’ni uning oladigan foyda yoki zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma’lum bo'ladi;
- kichik biznes bilan shug ullanuvchi tadbirkor o'z mablag'larini harakatga solib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija qanday bo'lishini aniq bilmaydi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish masalasi mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur’atlar bilan ravnaq topib, aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda yetakchi kuchga aylandi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. - Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish masalasi mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur’atlar bilan ravnaq topib, aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda yetakchi kuchga aylandi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mikrofirma va kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlari joriy qilinmoqda - Bugungi kunda O‘zbekistonda mikrofirma va kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida ko‘plab soliq imtiyozlari berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 159-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi yosh oilalar a’zolari tomonidan uy-joy olish uchun olingan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |