O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   202
subyekti jamiyatda ma'lum 
ijtimoiy-iqtisodiy mavqyeiga ega bo'lgan, mulk obyektini o'zlashtirishda qatnashuvchilar
mulkiy munosabatlar ishtirokchilaridir, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy 
guruhlarga birlashgan bo'ladi. 
Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik subyektlari bo'lib 
chiqadi. 
Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil bo'lishini talab qiladi, chunki tovar 
muayyan 
mulk 
obyekgi 
bo'lgandagina 
oldi-sotdi 
qilinadi. 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasida ham: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston 
iqtisodiyotining negizini xil-ma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi», deb ta'kidlanadi. 
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulk davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, 
xizmat ko'rsatshp va matlubot sohalaridaga jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar 
mulkini, mehnatkashlarning uy xo'jalish va shaxsiy tomorqa xo'jaligi xamda yakka tartibdagi 
mehnat faoliyati bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi 
aralash mulk va xususiy mulk shakllarini o'z ichiga oladi. 
Shu sababli «O'zbekiston Respublikasining mulkchilik to'g'risida»gi qonunida mulkning 
turli-tuman shakllari sanab o'tilgan: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash 


mulk. 
 
Davlat mulki — 
Mulk 
davlatga tegishli bo'lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va 
uni tasarruf etish davlat ixtiyorida bo'ladi.
Davlat mulki asosan ikki yo'l bilan hosil bo'ladi: 
1. Xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo'liga olish; 
2. Davlat mablag'lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va 
tashkilotlarda investitsiyani amalga oshirish yo'li bilan. 
O'zbekistonda Fuqarolik kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va 
ma'muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulkidan) iboratdir. Yer-suv, yer osti 
boyliklari, havo bo'shlig'i, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika 
hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va taryusiy boyliklar, 
budjet mablag'lari, oltin zahirasi, valuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki 
hisoblanadi. 
Ma'muriy-hududiy tuzilmalar mulkida (munitsipal mulk) davlat xokimiyati mahalliy 
organlari mol-mulki, mahalliy budjet mablag'lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo'jaligi 
korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalh ta'limi, madaniyat, sog'liqni saqlash muassasalari 
kabilarning mol-mulki bo'ladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni erkinlashtirish vazifasi davlat 
mulki monopoliyalash qisqartirishni taqozo qiladi. Chunki sog'lom bozor iqtisodiyoti davlat 
monopoliyasi bilan chiqishmaydi, monopoliya raqobatga to'sqinlik qiladi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish oqibatida iqtisodiyotda davlat mulkining ulushi 
kamayib u asosan jamoa mulkiga, ayrim hollarda fuqarolar mulkiga va xususiy mulkka aylanadi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish